Malakalar:
- saf yurishlar: turgan joyida qo`llarni saf yurishdagidek harakatlantirish, safda oyoq va qo`l harakatlarini muvofiqlashtirib olib borgan holda mashqlarni bajara olish;
- yakka cho`p ustida ko`llarni har xil holatda tutib, «Qaldirg`och» hosil qilish;
- 200-300 metr 5 martada 100 metrdan yurib yugurish, yugurib kelib «Oyoqni bukish» usulida uzunlikka sakrashni bajara olish;
- yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;
- basketbolda: to`pni ikki qo`l bilan ko`krakdan, bir qo`l bilan ikkinchi qo`l yordamida joydan turib 3 metr masofadan halqaga otishni bajarish, o`rganilgan basketbol elementlarini qo`llab ikki tomonlama mini- basketbol o`ynash;
- pastdan kelgan to`pni ikki qo`lda qaytarish, voleybol to`ri ustidan 4-6 metr masofada turib, pastdan to`g`riga to`pni bir qo`lda ushlab, ikkinchi qo`l bilan urib o`tkazish texnik usullarini bajara olish;
- qo`l to`pida: to`pni darvozaga pastdan, yuqoridan uloqtirishda to`siq hosil qilishni bajara olish;
- harakatli o`yinlarda: o`yinlarni mustaqil ravishda tashkil etish va o`tkazishda ishtirok eta olish;
- futbolda: o`rtacha me`yorda to`g`riga va doira bo`ylab oyoq yuzasining tashqi va ichki tomoni bilan to`pni olib yurish, «Bo`sh o`rinni tanlash» taktik harakatini bajara olish;
- belbog`li kurash usulidagi turish holatlari, siljish va ushlash, kift urish (kiftlashish), himoyalanish, qoqib tashlash (qoqma), qarshi harakat mashqlarini bajara olish.
7-sinf
|