Malakalar:
- dastlabki holat asosiy turish, ikki marta oldinga o`mboloq oshishni, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish, shu holatda oyoqlarni bukish, birdaniga «Ko`prik» hosil qilish va bir qo`lda tayanib yondan orqaga burilish, cho`qqayib tayanishga o`tish hamda gavdani to`g`irlab yuqoriga sakrab, yumshoq qo`nish mashqlarini bajara olish;
- baland turnikda tortilish (o`g`il bolalar), gimnastika o`rindig`ida tayanib qo`llarni bukish va yozish (qiz bolalar) mashqlarini bajara olish;
- balandligi 90 sm «Xari»(kozyol) ustiga sakrab chiqish va yuqoriga kerilib oyoqlarni yozib yumshoq sakrab tushish (o`g`il bolalar);
- balandligi 80 sm «Ot» (kon) tutqichini ushlab ustiga chiqish va yuqoriga kerilib sakrab tushish (qiz bolalar);
- yugurib kelib handak chetidan uzunlikka sakrashni bajara olish;
- joyida turib va qadam tashlab to`p bilan to`g`riga harakatlanish, to`p bilan ikki qadam yurib to`xtash, to`pni 2-3 metr masofadan ikki qo`llab ko`krakdan basketbol savatiga tashlash mashqlarini bajara olish;
- «To`plarni qatordan uzatish», «Man etilgan mashq», «Doira bo`ylab to`p uzatish», «Hamma o`z bayroqchasiga», «Bolalarda tartib kat`iy», «Kun va tun», «Oq ayiqlar» kabi harakatli o`yinlarni bajara olish;
- turgan to`pni oyoq yuzasining ichki yoni bilan tepish, dumalab kelayotgan to`pni oyoqning ichki yoni bilan to`xtatish mashqlarini bajara olish.
4-sinf
|