Bilimlar:
- asta va o`rta tezlikda yugurish, 200 metr masofali bo`limlarni (100-200 metr yurib-yugurib) 2-3 marta bajarishni bilish;
- sakrash chuqurchasiga yugurib kelib uzunlikka depsinib sakrash;
- tepalikdan (50-60 sm) sakrab tushishlar;
- to`pni uzoqqa va aniq nishonga joyidan turib uloqtirish;
- arg`amchida 60-80 marta sakrash; harakatli o`yinlarda qatnashish;
- o`yin qoidalarini bilish;
- erkin holatda 25-30 metrga suzish;
- «Gulnoz», «Sho`x qizlar», «Lazgi», «Yalla» va «Paxtaoy» kabi milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish;
- har-xil nojo`yaa harakatlardan shikastlanishning oldini olish qoidalarini bilish;
- jismoniy mashqlarning inson salomatligini mustahkamlanishida va qomatning to`g`ri shakllanishiga ijobiy ta`sirini bilish;
- saf mashqlari: keng qadamlab yurish, tez va sekin qadamlab yurish, ikki qator bo`lib saflanish, ikki qatordan bir qatorga saflanish, «ilon izi» bo`lib yurishlarni bilish, boshni chap va o`ng tomonlarga aylantirish, gavdani (chapga, oldinga, orqaga, o`ngga) egish mashqlarini bajara olish.
|