1-sinf
Bilimlar:
- ertalabki oddiy gimnastik mashqlari elementlarini bilish;
- yakkama-yakka, bittadan, juft-juft, ikkitadan bo`lib qisqa masofaga yurish va yugurishlarni bilish;
- kalta arqonlar, arg`amchilardan sakrash, baland bo`lmagan gimnastik to`siqlardan «Chuqurcha»ga sakrash, aniq nishonga uloqtira olish;
- turli to`siqlardan, gimnastik o`rindiqdan va shuningdek, gimnastik devorlarga tirmashish (yuqoriga, pastga) mashq elementlarini bilish;
- qomatni to`g`ri tutib yurish, oyoq uchida yurish, signal bo`yicha to`xtash bilan yurish, sekin va tez yurish mashqlarini bajara olish;
- milliy raqs harakatlarini o`rganish va raqsga tushishni bilish;
- gimnastik narvonda qo`llarda osilib turishni, shu holatda tizzalarni ko`tarib tushirishni, past turnikda bir va ikki qo`lda osilib turishlarni bajarishni bilish;
- quvnoq harakatli o`yinlarni gimnastik gardishlar, to`ldirma to`p va boshqa sport anjomlari bilan bajarishni bilish;
- milliy raqs harakat elementlarini bajarishni bilish;
- «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test sinovlarini topshirish.
Ko`nikmalar:
- buyruq va signal bo`yicha to`xtash, to`xtab oyoq uchida, tovonda yurish mashqlarini bajarish;
- arg`amchidan sakrash, 30-40 sm balandlikdan pastga sakrash bilan yumshoq qo`nish mashqlarini bajarish;
- gimnastik narvon qiya qo`yilgan gimnastik o`rindiq ustidan yuqoriga tirmashib chiqish va pastga tushishni, gimnastik devorga tirmashib chiqish va gimnastik narvonningg 3 ushlagich tayoqchasidan yengil pastga sakrab tushish mashqlarini bajarish;
- 30 metr masofaga juft-juft, guruh bo`lib tez yugurish mashqlarini bajarish;
- turgan joyidan va yugurib kelib uzunlikka sakrashni, 2 daqiqa davomida asta-sekin yugurish, yurishni-yugurish bilan almashlab yugurish hamda yugurish elementlari bilan o`yin mashqlari, «Kim kuchli?», «Kim chaqqon?» quvnoq harakatli o`yinlarni bajarishni bilish;
- harakatli o`yinlar orqali chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, o`yin mazmunini anglab olishni bilish va bajarish.
Malaka:
- shaxsiy gigiena va ovqatlanish tartibiga rioya qilish, kun tartibini talab darajasida bajara olish;
- gimnastika mashqlarini buyumlar bilan mustaqil bajara olish;
- safga ketma-ket qatorga saflanish, asosiy tik turish, doira shaklida saflanish, turgan joyida qo`llarni yon tomonga ochib oraliq masofani saqlash, burilishlar, safda yurish va to`xtash mashqlarini bajara olish;
- saf mashqlari: «Saflaning!», «Tekislaning!», «Rostlanning!», «Erkin turing!», «Buriling!», «Tartib bilan sanang!» buyruqlarini bajarish;
- 150 metrga yurish, 30 metrga juft-juft bo`lib yugurish, 3x10 metrga mokisimon yugurish mashqlarini bajara olish.
|