|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 8/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajara olish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Qog`ozdan turli buyumlar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applekasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni, gilamdagi naqsh elementlarni hosil qila olish; pape-mashe usulida kosa yasay olish; oddiy xamir tayyorlay olish; yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikish ko`nikmalarini egallash; to`qish usullaridan foydalanib, kichik hajmda buyumlar to`qiy olish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlay olish; ipdan o`yinchoq yasay olish; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasay olish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasay olish; maktab yer uchastkasida ishlash va gullarni parvarish qilish ko`nikmalarini egallash.
|
| |