|
Ishlab chiqarish asoslari
|
bet | 7/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: qog`ozdan turli parrandalarni yasash, mozaika usulida archa bezaklarni yasash; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash. Bayramlarga tabriknomalar tayyorlash. Bezak chok turlarini tikish. To`qishning oddiy usullarini bajarish. Turli harakatli o`yinchoqlar yasash. Plastilin va loydan turli idishlar yasash. Tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasash.
4-sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanishni, turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlashni, duradgorlik, temirchilik asboblari haqidagi ma`lumotni, qog`ozdan turli buyumlar maketi: savat, xo`roz, qaldirg`och, kabutar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applikasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni bilish; gilamdagi naqsh elementlarini, kulolchilik kasbi haqida ma`lumot, pape-mashedan kosa yasashni, oddiy xamir tayyorlashni, yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikishni, to`qish usullarini, kichik hajmda buyumlar to`qish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlashni, ipdan o`yinchoq yasashni, uchuvchi, suzuvchi, harakatlanuvchi modellar, plastilindan ertak qahramonlarini yasashni, oshxona jihozlari haqidagi ma`lumotni, plastilindan oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasashni bilish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasashni bilish; gullarni parvarish qilishni bilish.
|
| |