|
1980 yildagi Po’lshadagi voqealar va sharqiy Yevropadagi savet tizimining yemirilishi Reja
|
bet | 2/2 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 29,39 Kb. | | #148715 |
Bog'liq 1980 yiyi polshaPolsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) soʻzi emas, balki eski – Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) — Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi. Yevropa Ittifoqi aʼzosi. Maydoni-312,7 ming km². Aholisi- 38,5 mln kishi (2014). Poytaxti – Varshava(warszawa) shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (województwo)ga boʻlinadi.
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tatra togʻlari
Polsha Visla va Odra daryolari havzasida, shimolida Boltiq dengizi va janubida Karpat va Sudet togʻlari oraligʻida joylashgan. Hududining 90% dan koʻprogʻi tekislik va payettekislik, janubida togʻliklar bor. Dengiz boʻylari past, qumloq. Qazilma boyliklari – toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil, okean iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrta-sida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G dan – 6° gacha, iyulniki 10–19°. Yillik yogʻin 500–1800 mm. Yomgʻir va qordan suv oladigan Odra, Visla, Bug, Notets va Var-ta daryolarida kema katnaydi. Polshada 9000 dan ortiq koʻl bor. Eng kattalari: Snyar-dvi (113,8 km²), Mamri (104 km²).
Polsha hududining yarmidan koʻprogʻi haydaladigan yerlar, 28% oʻrmon. Aksariyat joylarda igna bargli, gʻarbi va janubida keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shimoliy va sharqida yaxlit oʻrmon-zorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va boshqalar) saqlangan. Shimoliy va shim,-sharkda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar bilan band. Tekisliklarda aksari chimli-podzolli tuproqlar, sharq va shimoli-sharqda botqoqli tuproqlar, togʻ oldi va togʻ etaklarida qoʻngʻir oʻrmon va qora tuproklar, togʻlarda esa, togʻ qoʻngʻir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Oʻrmonlarda boʻri, silovsin, tulki, boʻrsiq, ayiq; tuyoqlilardan toʻngʻiz, los, bugʻu yashaydi. Kushlardan karqur, kaklik, togʻlarda burgut uchraydi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq koʻp. Polshada Tatra, Penin va boshqa milliy bogʻlar bor.
Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, belaruslar, slovaklar ham yashaydi. Rasmiy til – polyak tili. Dindorlarning koʻpchiligi – katoliklar. Shahar aholisi –62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va boshqa
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Polsha tarixi
Polsha hududida paleolit davridayoq odamlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodiy 1-ming yillikning 1yarmida Polsha hududida slavyan kabilalarining shakllanish jarayoni sodir boʻldi. 8–9asrlarda qabila knyazliklari vujudga keldi. 10-asrda Odra, Visla va Bug daryolari oraligʻida yashovchi polyan (Polsha, polyaklar nomi shundan kelib chiqqan), mazovshan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va yagona Polsha davlati tashkil topdi. Biroq, 12-asrga kelib Polsha davlati yana knyazliklarga boʻlinib ketdi. 13-asr oxirida knyaz Pshemisl II rah-barligida Polsha yerlarini birlashtirish uchun kurash boshlandi. 14–15-asrlarda yagona Polsha davlati paydo boʻldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili shakllandi. 15-asrning 1yarmida Krakovdagi Yagaylo universiteti (1364-yilda asos solingan) polyak fani markaziga aylandi.
Gryunvald jangi, 1410
16-asrning 2yarmidan Polsha davlati ukrain, belarus va rus yerlarini bosib ola boshladi. Polsha bilan Litvaning birlashuvi natijasida Rech Pospolita paydo boʻldi. 1609–12 yillarda Polsha Rossiyaga hujum qildi.
Vena jangi, 1683
Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772, 1793, 1795-yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, Polsha davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807-yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814–15 yillarda Vena kongressida Polsha yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi.
Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz boʻyini oʻzida saklab qoldi. Avstriya (1867-yildan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uchun tinimsiz kurashdi (1794-yil T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon, shuningdek, 1830–31, 1846, 1848, 1863–64 ylardagi qoʻzgʻolonlar). 19-asr oxiri –20-asr boshlarida Polshada sanoat birmuncha rivojlandi, temir yoʻl qurildi. Ozodlik harakati yanada kuchaydi. Birinchi jahon urushida Polshaga anchagina zarar yetdi. Bosqinchi qoʻshinlar olib chiqib ketilgach, Polshani boʻlish toʻgʻrisidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918-yil noyabrda Polsha Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1920-yil aprelda Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921-yil shartnomasiga binoan, Gʻarbiy Ukraina bilan Gʻarbiy Belarus Polshagaoʻtdi va 1939-yilda bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi.
1939-yil 1-sentabrda Olmoniya Polshaga hujum qilib, Ikkinchi jahon urushini boshladi. Polyak xalqi ozodlik uchun qattiq kurash olib bordi. 1945-yil mayda barcha polyak yerlari ozod qilindi. 1952-yildan 1989-yil-gacha mamlakat Polsha Xalq Respublikasi deb ataldi. 80-yillar boshida mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tanglik roʻy berdi. 1981-yildekabrda xdrbiy holat joriy etildi. 1989-yilda "Birdamlik" kasaba uyushma birlashmasi vakillari hokimiyat te-pasiga chikdi va davlatning nomi Polsha Respublikasi deb atala boshladi. 1997-yil 25-mayda oʻtkazilgan referendumda mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Polsha – 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari –3-may – 1791-yilgi Konstitutsiya kuni va 11-noyabr – Mustaqillik kuni (1918).
X asrda Polsha davlati vujudga keldi, xristianlik qabul qilindi (966), 1025dan Polsha – qirollik.
XIV asrda Gall-Volin knyazligiga qoʻshilib, totor-moʻgʻul bosqinidan kuchsizlangan gʻarbiy rus yerlariga yurish qiladi.
Lyublino birligiga boʻysunib (1569) Polsha Buyuk Litva knyazligi bilan birgalikda yagona davlat – Mushtarak narsani tashkil qiladi.
Polsha 11 asrlarda.Polsha 16-17 asrlarda.
Peterburg konvensiyalariga koʻra 1770 –90-x yillarda Pospolita Nutqi hududi Prussiya, Avstriya va Rossiya oʻrtasida boʻlinib olingan edi (3 boʻlim – 1772, 1793, 1795). Ukrain va belaruslar yashaydigan kattagina yer qismi, rus tarixchilari fikricha Polsha tomonidan XIV–XVI asrlar mobaynida bosib olingan asl rus yerlaridir.
1807da Napoleon I Polsha yerlarining bir qismidan Varshava knyazligini tashkil etdi. Vena kongressi (1814–15) Polshani qaytadan taqsimladi: Varshava knyazligining katta qismidan Polsha Chorligi barpo etildi (Rossiyaga berilgan); Poznanshchina Prussiyaga tegdi hamda oʻzi bilan birga Sileziya va Pomoryeni saqlab qoldi; baʼzi hududlar Avstriyaga oʻtgan.
Polyak milliy-ozodlik harakatlari (1794) (T. Kostyushko boschiligida), 1830–1831, 1846, 1848, 1863–64da bostirilgan.
XX asr[tahrir | manbasini tahrirlash]
1915–18da, Birinchi jahon urushi paytida, Polsha Germaniya va Avstro-Vengriya tomonidan fath etildi.
1918da Polsha mustaqilligi tiklandi.
1919-21 Sovet-polyak urushi Sovet Rossiyasi magʻlubiyati bilan tugaydi va 1921-yilgi Riga tinchlik shartnomasiga koʻra 1921yili Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belarus yerlari Polsha tasarrufiga oʻtadi.
1926da Polshada Yuzef Pilsudskiy boshchiligida avtoritar milliy-separatik sanacion tuzum tuziladi.
1931 yilning 15-iyunida SSSR va Polsha doʻstlik va savdo aloqalari toʻgʻrisidagi Bitimga kelishishadi. 1932 yilning 25-yanvarida SSSR va Polsha oʻzaro hujum qilmaslik haqida Bitimni imzolashadi.
1938da Polsha Germaniya bilan Chexoslovakiyani boʻlib olishadi. Polsha qaramogʻiga koʻmir koni joylashgan Teshin rayoni oʻtadi.
XULOSA
Polsha hududidagi aholi neolit davridayoq naqshinkor sopol idishlar yasagan. Jez va temir davrlarida sopol va jez idishlar, parranda va xayvon rasmi tushirilgan ikki gʻildirakli aravalar ishlangan. 11 – 13-asrlarda roman uslubi hukmron boʻldi (Gneznodagi bibi Mariya kostyolining bronza eshiklari, taxminan 1170-yil, Stshelnodagi kostyolning oʻymakor ravokdari, 12-asr, Tumadagi kostyol naqshlari, taxminan 1161-yil, "Emmeran ko-deksi" miniatyuralari, 1099-yil va boshqalar). 13-asr oxiridan 15-asr boshlarigacha sanʼatda gotika urf boʻldi (Krakovdagi Vavel soborida V. Yagello daxmasi, 1421-yil, "Gnezno bibliyasi" miniatyuralari, 1414-yil). 15-asr oxiri – 16-asrda polyak Uygʻonish davri sanʼati shakllana boshladi, 16-asr oxiridan 18-asr oʻrtalarigacha barokko yoyildi. 18-asr 2yarmi – 19-asr boshlari Polsha sanʼati maʼrifatparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Garchi ayrim moʻyqalam ustalari (M. Bachcharelli) saroybop rasmlarni klassitsizm uslubida yaratsalar ham, koʻpchilik rassomlar hayotni haqqoniy tasvirlashga (B. Bellotto, J. P. Norblin, A. Orlovskiy), polyak xalqining milliy ozodlik kurashini ifodalashga (A. Grotger) intildilar. A. Kotsis, V. Gerson asarlarida tanqidiy realizm nishonalari seziladi. 19-asrda A. va M. Gerimskiylar ijodida bu yoʻnalish yuqori pogʻonaga koʻtarildi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida L. Vichulkovskiy, Ya. Stanislavskiy, Yu. Falat asarlari impressionizm, S. Vispyanskiy, Ya. Malchevskiy asarlari simvolizm ru-hida yaratildi. 1918-yildan keyin polyak sanʼati ziddiyatli rivojlandi. Ayrim rassomlar Gʻarbiy Yevropa madaniyati yutuqlariga ergashsa, boshqalari zamo-naviy milliy uslubni yaratishga institutildi. Tanik^i polyak haykaltaroshi K. Dunikovskiy oʻz faoliyatini shu davrda boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tasviriy sanʼatda rassomlardan V. Veys, F. Kovarskiy, X. Krayevskaya va Yu. Krayevskiy, haykaltarosh S. Gorno-Poplavskiy, grafiklardan T. Kulise-vich, T. Trepkovskiy va boshqa mashhur boʻldi. Mahobatli haykaltaroshlik rivoj topdi. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badiiy hunarmandchilik avj olgan.
Musiqasida boshqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati bilan umumiylik koʻp. 20-asrgacha saqlangan xalq cholgʻu asboblari shaqildoq, buben, hushtaklar joʻrligida marosim qoʻshiqlar (asosan, bir ovozli), raqslar ijro etilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Jaxon tarixi ( Shuxrat ergashev) 1945-2017 yilgacha bo’lgan davr
|
| |