|
1–ma’ruza. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
|
bet | 1/4 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #157571 |
Bog'liq 13-Mavzu Meh 1–ma’ruza. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri.
🠶Reja:
I.
|
Elektr tokining inson organizmiga ta’siri.
|
II.
|
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
|
III.
|
Umumiy talablar.
|
IV.
|
Xodimlarga talablar.
|
V.
|
Sinov savollari.
|
Elektr tokining inson organizmiga ta’siri.
🠶Elektr toki ta’siridan inson organizmida termik (issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi.
🠶Elektr tokining issiqlik ta’siri inson tanasining ba’zi uchastkalarida kuyish, qon tomirlari, asab va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik vv ximik xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak tizimini kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir uchastkalarigagina ta’sir ko‘rsatishda ro‘y beradi.
🠶I - muskullar keskin qisqarilishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi;
🠶II - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi;
🠶III - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.
🠶IV - klinik o‘lim holati, bunga insonga hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi.
🠶 Elektr tokining biologik ta’siri bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida inson organizmidagi tirik hujayralar muskullarning keskin qisqarishi natijasida to‘lqinlashadi, bu asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlarning buzilishi natijasida ro‘y beradi. YA’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunga tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri, bu biotoklar rejimini buzib yuboradi va buning natijasi sifatida inson organizmida tok urish hodisasi vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir vazifalari bajarilmay qoladi, nafas olish tizimlari ishlarining buzilishi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k.

| |