|
1–ma’ruza. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
|
bet | 2/4 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #157571 |
Bog'liq 13-Mavzu Meh Klinik o‘lim holati
Bu hayot bilan o‘lim orasidagi ma’lum oraliq bo‘lib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bo‘lmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz bo‘ladi, og‘riq sezmaydi, ko‘z qorachug‘i kengaygan va yorug‘likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so‘nmagan, hujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishga etarli bo‘ladi, buning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo‘qotgan organizmning bazi bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bor.
🠶 Klinik o‘lim Holati 6-8 min davom etadi. Hech qanday yordam bo‘lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig‘idagi hujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologik o‘lim holatiga o‘tadi.
Biologik o‘lim
Qaytarib bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek organizmdagi oqsil strukturalari parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi.
🠶 Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomiyligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko‘p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek tokning turi va chastotasi katta rol o‘ynaydi.
🠶 Inson organizmining tok ta’siriga malum qarshiligi, shuningdek tokning kuchlanishi ma’lum ta’sir darajasini belgilaydi, chunki inson organizmining qarshiligi o‘zgarmagan holda, kuchlanish ko‘payishi natijasida organizmdan oqib o‘tgan tok miqdori oshib ketadi.
🠶 Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshililari yig‘indisi sifatida olinadi.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
🠶Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:
🠶 Tok ta’siridan qutqarish;
🠶Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
🠶 Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Hammadan oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir.
🠶Agar buni iloji bo‘lmasa (masalan o‘chirgich qurilmasi uzoqda bo‘lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog‘ochli bo‘lgan bolg‘alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish
|
| |