• Bronxial astma kasalligi xurujida tibbiy yordam. Bronxial astma
  • Tibbiy yordam.
  • O'pkadan qon ketganda tibbiy yordam




    Download 24.82 Kb.
    bet4/5
    Sana01.03.2024
    Hajmi24.82 Kb.
    #165209
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-1A-1
    Doc11, 2222, 2 5384348246975978259 7777, yakuniy nazorat, Taqdimot, 2-kurs ish rejalari, 2 sinflar uchuntasviriy sanat fanidan (2), A.Nasibaning san\'at tarixidan slaydi, ASQAR SAN\'AT TARIXI, 2v, 6, 4, TEKISLASH SHAKL BERISH VA SHIBBALASH ISHLARI, 4 Суд ҳокимиятининг мустақиллигини мустаҳкамлаш масалалари, Akkumulator
    O'pkadan qon ketganda tibbiy yordam
    O'pkadan qon tupirish va qon ketishi - o'pka sili, o'pka gangrenasi, o'pka saratoni (raki), bronxoektaziya kasalliklarida va o'pka jarohatlanganda sodir bo'ladi.
    Belgilari.Qon tupurganda balg'am qon aralash chiqadi, o'pkadan qon ketishida bemorning og'zi-burnidan qon oqadi.
    Tibbiy yordam.
    1. Bemor qulay vaziyatda boshini baland qilib yotqiziladi.
    2. Qattiq yo'tal tutganda libeksin tabletkasi ichiriladi.
    3. Kalsiy glyukonat tabletkasi yoki 10% kalsiy xlor 1 osh qoshiq ichishga.
    4. Ko'krak sohasiga muzli xaltacha qo'yiladi.Vikasol 1 tabletka ichiriladi yoki 1 ml muskul orasiga yuboriladi.Aminakapron kislota 2-3 gr kukuni 100 ml issiq shirin choyga eritib 1 osh qoshiqdan kuniga 2-3 mahal ichiriladi.
    5. Qon oqishi to'xtamasa vrach maslahati bilan 10 % kalsiy xlor yoki 10 % kalsiy glyukonat -5-10 ml eritmasi vena tomiriga yuboriladi. Aminakapron kislota 5 %-100 ml 0,9 %-natriy xloridda eritilib vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi (kuniga 1-2-3 martagacha 4-5 kun davomida).
    Bronxial astma kasalligi xurujida tibbiy yordam.
    Bronxial astma –har xil allergik moddalar (oziq-ovqat, dori, o`simlik, chang, somon, jun, infeksiyalar) asosida yuzaga keladi.
    Bronxial astma kasalligi (yunoncha - halloslash, bo`g`ilish) allergik xususiyatga ega bo`lib, insonlarning 0,5-1 % i ushbu kasallikdan jabr tortmoqda.
    Organizmda allergiya paydo qilib nafas yo`llarining maxsus kasalligiga allergiyaga olib boruvchi omillar (allergenlar tashqi muhitdan tushishi ekzogen allergenlar) yoki organizmning o`zida bo`lishi mumkin. (endogen shakli).
    Belgilari. Kasallik nafas bo`g`ilishi xurujlari bilan kechadi, xuruj ko'pincha kechasi boshlanib, bolalar nafas olishning qiyinlashganini sezib qo`rquvdan uyg`onib ketadilar. Bemorning ko`zlari katta-katta ochilib, lab-burun uchburchagi ko'karadi, u shovqinli nafas oladi. Xuruj oxirida yo'tal tutadi va yopishqoq, shilimshiq balg'am ajraladi. Xuruj yarim soatdan 2-3 soatgacha davom etishi mumkin, ba'zida xuruj kuniga bir necha marta takrorlanadi.
    Kasallikni davolashda bemorning umumiy ahvoli, kasalligining og`ir yengilligiga qarab allergolog vrach batafsil davo ishlari olib boradi.
    Tibbiy yordam.
    Iloji boricha allergen mahsulotlarni bartaraf etish, bemorning oyoqlariga vanna qilish, burun bo`shlig`iga efedrin tomizish, bronxlarni kengaytiruvchi eufillin, antiastman va organizm sezuvchanligini pasaytirish uchun dimedrol, suprastin, pipolfen dorilaridan buyuriladi.

    Download 24.82 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 24.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'pkadan qon ketganda tibbiy yordam

    Download 24.82 Kb.