2 – amaliy mashgʻulot mavzu: nafas va yurak-tomir




Download 24.82 Kb.
bet5/5
Sana01.03.2024
Hajmi24.82 Kb.
#165209
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-1A-1
Doc11, 2222, 2 5384348246975978259 7777, yakuniy nazorat, Taqdimot, 2-kurs ish rejalari, 2 sinflar uchuntasviriy sanat fanidan (2), A.Nasibaning san\'at tarixidan slaydi, ASQAR SAN\'AT TARIXI, 2v, 6, 4, TEKISLASH SHAKL BERISH VA SHIBBALASH ISHLARI, 4 Суд ҳокимиятининг мустақиллигини мустаҳкамлаш масалалари, Akkumulator
OVQAT HAZM QILISH VA SIYDIK-TANOSIL A’ZOLARI KASALLIKLARIDA TIBBIY YORDAM.
I-lsh. Me`dani zondsiz yuvish.
Jihozlar: Iliq suv, dezinfeksiyalovchi eritmalar (1% ichimlik sodasi, 0,1% kaliy permanganat) shpatel yoki temir qoshiq, sochiq, tajriba olib boruvchi manba, ko'rgazmali qurollari.
Ishni bajarish tartibi:
1.Bemor qulay vaziyatda o'tqaziladi.
2.So'ngra bemorga 0,5-1,0 litr suyuqlik (iliq suv yoki dezinfeksiyalovchi eritma) ichiriladi.
3.Barmoq yoki temir qoshiq (shpatel) yordamida til ildizi qitiqlanib, bemor qustiriladi.
4.Bu muolaja 2-3 marta takrorlanishi mumkin.
2-Ish. Me`dani zondli yuvish.
Jihozlar: Yo'g'on zond, etak (fartuk), voronka (idish), tog'ora, iliq suv yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar (1%), ichimlik sodasi, 0,1% kaliy permanganat), sochiq, bint, paxta, stul, tapchan, ko'rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Bemor qulay vaziyatda o'tqaziladi yoki yotqiziladi.
2.Oldiga etak tutiladi.Pastki kurak tishidan to kindikgacha bo'lgan masofa zond bilan o'lchab belgilanadi.
3.Yo'g'on zondning ingichka uchi berk tomoniga vazelin surtiladi.
4.Bemor boshi salgina egiltiriladi. So'ngra bemorga «a-a-a» deb og'zini ochish buyuriladi. O`ng qo'ldagi yo'g'on zondning ingichka tomoni til ildizi orasiga qo'yiladi. Bemor har yutinganda zond asta-sekin itarilib, belgilangan joygacha kiritiladi,
5.Idish (voronka)ni bemor tanasidan pastroqqa qiya qilib ushlab, suyuqlik bilan to'ldiriladi va 0,5 metr tanadan balandga ko'tariladi.Idishdagi suyuqlik tugashiga ozgina qolganda u tariadan pastga (0,5m) tushiriladi. Me'dadagi suv qaytib tushadi. U tog'oraga tukiladi va yana toza suv yoki eritma quyilib me'daga yuboriladi.
6. Yuvish toza suv qaytib tushguncha takrorlanadi.
3-Ish. Tozalovchi klizma qilish
Jihozlar: Tapchan (taxta kravat), iliq suv, chelak, kleyonka, vazelen, shtativ, rezina nay, esmarx krujkasi, qisqich, sochiq, ko'rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Tozalovchi klizma qilish uchun bemor tapchanda tizzalari bukilgan va qorniga tortilgan holda chap tomoni bilan yotadi.
2.Esmarx krujkasiga 1-1,5 litr iliq suv solinib, bir metr balandlikda bo'lgan shtativga mahkamlanadi. Sistemaning krani burab ochiladi va havo chiqariladi.
3.Nay uchiga vazelin surtiladi va chap qo'l bilan bemor dumbalarini kerib, orqa chiqaruv teshigiga nay kiritiladi. Nay uchi (uchlik) avvaliga yuqoriga, so'ngra oldinga 8-10 sm kiritiladi.
4.Kran ochiladi va suv oxirigacha yuboriladi. Nay aylanma harakat bilan chiqarib olinadi.
5.Bemor chalqancha yotishi va chuqur nafas olib, 10 daqiqagacha suvni ushlab turishi lozim.
4-Ish. Sifonli klizma qilish
Jihozlar: Tapchan, iliq suv, chelak, krujka, tog'ora, kleyonka, vazelin, qisqich, sochiq, rezina, nay, uchlik, esmarx krujkasi, bint.
Ishni bajarish tartibi:
1.Sifonli klizma qilish uchun tapchanga kleyonka to'shalib, bemor tizzalari bukilgan va qoringa tortilgan holda chap tomoni bilan yotadi.
2.Voronkani bemor tanasidan pastroqda qiya qilib ushlab suyuqlik bilan toldiriladi va 0,5 metr tanadan balandga ko'tariladi, havosi chiqariladi.
3.Nay uchiga vazelin surtiladi va chap qo'l bilan bemor dumbalarini kerib, orqa chiqaruv teshigiga nay kiritiladi.
4.Voronkadagi suyuqlik tugashiga ozgina qolganda u tanadan pastga (0,5m) tushiriladi. Ichakdagi suv voronkaga qaytib chiqadi va suv tog'oraga tukiladi.
5.Ichakni yuvish toza suv qaytib tushguncha takrorlanadi.
5-Ish. Dorili klizma qilish.
Jihozlar: Tapchan, dorilar, kateter, shprits, rezina balloncha, sochiq, klyonka, uchlik, vazelin, ko'rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Dorili klizma qilish uchun avval tozalovchi klizma qilinadi .
2.40-60 minutdan keyin strillangan kateter bemor to'g'ri ichagiga 8-10 sm kiritiladi. Rezina balloncha (shprits) yordamida 50-100 ml dori eritmasi yuboriladi.
3.Dori qaytib chiqmasligi uchun kateterning tashqi uchi ehtiyotlik bilan ushlanib, rezina balloncha yoki shprits chiqariladi.
4.Shpritsga havo toldirilib kateter nayga qayta ulanadi.
5.Kateterda qolgan dori havo yordamida haydaladi.
Download 24.82 Kb.
1   2   3   4   5




Download 24.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 – amaliy mashgʻulot mavzu: nafas va yurak-tomir

Download 24.82 Kb.