|
2- ma’ruza Elektron sxema simulyatorlari
|
bet | 1/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #255777 |
Bog'liq 2MU 2- ma’ruza Reja: - Sxemalar
- Elektron sxema simulyatorlari
- Elektron sxema simulyatorlarining turlari
- Qucs-open-source (Spice) elektron sxema simulyatori
- Multisim elektron sxema simulyatori
- Virtual qurilmalar
SXEMALAR - Sxema – bu grafik hujjat bo’lib, unda shartli belgilar va tasvirlar tariqasida qurilmaning asosiy qismlari va o’zaro aloqalari ko’rsatiladi.
- Sxemalar qurilmani loyihalashtirish, yaratish, to’plash, sozlash va foydalanish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
- Sxmalar quyidagilarga mo’ljallanadi:
- Loyihalashtirish bosqichida- bo’lg’usi qurilmaning strukturasini aniqlashda;
- Ishlab chiqarish bosqichida- qurilmaning konstruksiyasi bilan tanishish, texnologik jarayonini yaratish, qurilmani montaj va nazorat qilish;
- Foydalanish jarayonida- nosozliklarini aniqlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish.
SXEMALAR:
Elektr sxemalarni loyihalashtirishda sifatini belgilovchi asosiy omillar, loyihalashning tezkorligi, matematik modellarning aniqligidir. Bu esa loyihalashning avtomatlashtirishni taqozo etadi. Axborot texnologiyasining rivojlanishi avtomatlashtirilgan loyihalash usullarining ko’payishi, urakkab funksiyalarni axborot texnologiyalari yordamida oson usulda yechish imkonini beradi.
Hozirgi kunda loyihalashni avtomatlashtirilgan usullarining bir nechta turlari yaratilgan. Elektr sxemalarini loyihalashda qo’llaniladigan matematik modellar simulyatorlari dasturlarining bir nechta turi ishlatiladi.
SXEMALARNI LOYIHALASHTIRISH
Elektron sxema simulyatorlari – qurilma yoki sxemalarni modellashtirish, o’rganish, tahlil qilish, loyihalashtirish, yaratish va signallar ko’rsatkichlarini o’lchash uchun mo’ljallangan ma’lum bir dasturiy ta’minot. - Elektron sxema simulyatorlari – qurilma yoki sxemalarni modellashtirish, o’rganish, tahlil qilish, loyihalashtirish, yaratish va signallar ko’rsatkichlarini o’lchash uchun mo’ljallangan ma’lum bir dasturiy ta’minot.
|
| |