|
MULTISIM simulyatori ma’lumotlar bazasi
|
bet | 5/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #255777 |
Bog'liq 2MUMULTISIM simulyatori ma’lumotlar bazasi Master Database – Asosiy ma’lumotlar bazasi, barcha komponentlarni o’z ichiga oladi; User Database – Foydalanuvchi ma’lumotlar bazasi, foydalanuvchining komponnentlarini saqlash uchun ishlatiladi; Corporate Database – Korporativ ma’lumotlar bazasi, tarmoqning barcha foydalanuvchilari uchun ochiq bo’lgan komponentlar.
1. Multimetr- o’zgarmas, o’zgaruvchi tok yoki kuchlanishni o’lchash uchun mo’ljallangan.
2. Function generator – signallar generatori bo’lib, sinusoidal kuchlanish, arrasimon va to’g’ri to’rtburchakli impulslarni ishlab chiqaradi.
VIRTUAL QURILMALAR
Ossilograf – haqiqiy ossilograf kabi kuchlanishni har xil qiymatlarini o’rnatish va jarayonni vaqt bo’yicha yoyilmasini o’rnatish imkonini beradi. Kuzatuvlardan keyin View/Grapher menyusida ma’lumotlarni Grapher yordamida ko’rish mumkin.
Bode Plotter – chastota tavsiflarini qurish. Chiziqli zanjirlarning amplituda chastota va faza chastota tavsiflarini qurish uchun ishlatiladi.
Spectrum analyzer – davriy bo’lmagan nosinusoidal tebranishlarni spektrini tahlil etish va garmonikalarini amplitudalarini o’lchash imkonini beradi.
Vattmetr – quvvatni va zanjirdagi sinusoidal tokning quvvati koeffitsiyentini aniqlash uchun ishlatiladi.
NAZORAT SAVOLLARI 1. Sxema va uning mo’ljallanishi 2. Elektron sxema simulyatorlari va ularning turlari. 3. Multisim simulyatori. 4. Virtual qurilmalar.
|
| |