• Tayanch so‘z va iboralar
  • «aniq muddatda»
  • 2- ma’ruza “logistika” faniga kirish reja




    Download 22.74 Kb.
    bet1/5
    Sana04.03.2024
    Hajmi22.74 Kb.
    #166456
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2- ma’ruza “logistika” faniga kirish-fayllar.org (1)
    Doc3, Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Chizma geometriya va chizmachilik asoslari (U.Abdullayev), Mavzu Aniqlilk, Zamonaviy kontrollerlar va sanoat kompyuterlarning raqamli va mikroprotsessorli qurilmalari, slmvWindows, report, 1-bet Kurs ishi (2), Akobir 1-2laboratoriya (2), Молия асослари фанидан 2-чи мавзуга оид саволлар, handwriting 20240226 212246 via 10015 io, 1476474739 65635, 1-илова (анкета), audi tt

    2- ma’ruza “logistika” faniga kirish

    1,2- MA’RUZA
    LOGISTIKA” FANIGA KIRISH


    Reja:

    1. Logistika fanining ob’ekti va sub’ekti.


    2. Logistika fanining vujudga kelish tarixi


    3. Logistika turlari.




    Tayanch so‘z va iboralar
    Xom-ashyo, mahsulot, xizmat ko‘rsatish, taqsimlash, ombor xo‘jaligi, iste’mol, mikro logistika, saqlash, mahsulot oqimi, yuklash, zamonaviy aloqa tizimi, transport vositasi


    1. Logistika fanining ob’ekti va sub’ekti
    Logistika fanining ob’ekti malkchilik shaklidan va ko‘lamidan qat’iy nazar barcha turdagi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish korxonalari hamda ular ichida va atrofida harakatda bo‘luvchi moddiy va nomoddiy oqimlar hisoblanadi.

    Logistikaning maqsadi - malum tovarni ma’lum vaqtda eng kam(minimal) xarajatlar bilan oldindan tayyorlash. Logistika: ehtiyoj, ishlab chiqarish, transport, mahsulot taqsimlanishi o‘zaro bog‘lanishga asoslangan1.


    Logistika fanining predmeti oqimli jarayonlarni optimallashtirishdir. Logistikaning tamoyillari – sinxonlashtirish, optimallashtirirsh, integratsiyadir. Logistika fani mahsulotlarni tashish, omborga joylashtirish hamda boshqa moddiy va nomoddiy xom ashyo materiallarni sanoat korxonalariga etkazib berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari korxona ichida xom ashyo, material, yarimfabrikatlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotni iste’molchiga talabiga mos darajada qilib etkazib berish hamda ta’minot bilan shug‘ullanadi.
    Logistika grekchadan olingan bo‘lib, “fikr yuritish san’ati” degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik armiya ta’minoti san’ati va uning harakatlanishi, matematik logistika, antik matematikada logistika deb o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan hisoblash va o‘lchash bo‘yicha algoritmlarni tushunilgan.
    Hozirgi davrda bu fan tan olinib, o‘z ichiga ko‘p yo‘nalishlarni qamrab olgan. Logistikaga Evropa, Amerika va SHarqning qarashi farqlanadi.
    Amerikalik injener-logistiklar logistika deganda – rejalashtirish, ta’minot, yuk tashish vositalaridan foydalanish, boshqarish san’ati va fani, texnika va texnik faollik orqali rejani bajarish va qo‘yilgan maqsadga erishishni tushunishadi.Logistika bu yana tabiat va jamiyat haqidagi bilimlardan foydalanish madaniyati bo‘lib, nafaqat tizimli echimlar qabul qilib va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi, balki yirik tashkilotlarda insonlar faoliyatini muvofiqlashtiradigan korxona menedjerlarining faolligini oshirib samarali raqobatbardoshlik ustunligiga erishishga yordam beradi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlik ustunligiga erishish uchun to‘xtovsiz texnik-tashkiliy qayta qurish bilan shug‘ullanib, real ishlab chiqarishni zamonaviy fan, texnika, texnologiya, tashkil etish va boshqarish darajasiga yaqin optimal loyihaga yaqinlashtirish kerak.
    Bozorda mustahkam raqobatbardoshlikka erishish uchun tashkilotni qayta qurish jarayoni amaldagi modelni ideal loyihaga yaqinlashuvi sifatida borishi kerak.
    Logistikaning asosiy maqsadi iste’molchiga kelishilgan vaqtga kerakli mahsulotni (tovarni), mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni minimal harajat qilgan holda etkazib berishdan iborat.
    Material, xom ashyo, tayyor mahsulotni aniq o‘z muddatida etkazib berish butun bir iqtisodiy tizimni ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, moddiy zahiralar, ularni shakllantirish va saqlash bo‘yicha harajatlar, ishlab chiqarish va muomala harajatlarini qisqartiririshga imkon tug‘diradi.
    Logistika ham marketing kabi iste’molchini manfaatidan kelib chiqib quyidagi oltita shart bajarilganda logistika faoliyatining maqsadiga erishildi deb hisoblanadi:
    1) Zarur tovar;
    2) Talabga muvofiq sifatli;
    3) Zaruriy miqdorda etkazib berilgan;
    4) Kelishilgan vaqtda;
    5) Zaruriy joyga;
    6) Minimal harajatlar bilan
    Logistika to‘lik xolda iste’molchi uchun ishlaydi, chunki logistikaning asosiy maqsadi yuklarni «just in time» aniq muddatda eng kam mexnat va moddiy resurslarni sarflagan xolda etkazib berishdan iborat. Xom-ashyo, materiallar va tayyor maxsulotlarni «aniq muddatda» etkazib berish butun iqtisodiy tizimning faoliyat ko‘rsatishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va omborlardagi zaxiralarni sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi.
    Logistika sotish vazifasini bajarilishi «6R» orkali, ya’ni oltita «riching» shartga: yuk, sifat, mikdor, vaqt, xarajatlar va etib kelish joyiga rioya qilgan xolda amaga oshiriladi deb xisoblash o‘rinli2. Logistika tizimning samaradorligi:
    • mahsulotlarni sotish buyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;


    • yuk birliklarini bir shaklga keltirish;


    • omborga joylashtirishning samarali tizimini amalga oshirish;


    • buyurtmalar miqdori va zaxiralar darajasini muvofiqlashtirish,


    • korxonalar, ulgurji - vositachi firmalar omborxonalarida va magistral transportda yuklar xarakatini eng qulay marshrutlarini tanlashning taxlilini talab qiladi.





    Download 22.74 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 22.74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2- ma’ruza “logistika” faniga kirish reja

    Download 22.74 Kb.