|
1-mustaqil ish reja
|
bet | 1/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 22,44 Kb. | | #141228 |
Bog'liq 1-mustaqil ish reja-fayllar.org
1-mustaqil ish reja
1-MUSTAQIL ISH
REJA:
Giroskoplar
O’zgaruvchan massali jismning harakati
Reaktiv harakat
Noinersial sanoq tizimlari
Nisbiylik nazariyasi elementlari
Giroskoplar
Giroskop (giro... va ...skop) — aylanish oʻqi fazoda oʻz yoʻnalishini oʻzgartira oladigan tez aylanuvchi qattiq jism. Aylanish oʻqi fazoda erkin aylana olishi uchun G.ni kardanli osmaga mahkamlab qoʻyish kerak (q. Kardanli mexanizm). Osma markaziga nisbatan G. istalgan yoʻnalishda burilishi, uning aylanish oʻqi doiraviy konussimon sirt yasab harakatlanishi (q. Presessiya) mumkin. Keyingi xususiyati navigatsiya asboblari — girokompas, girovertikal va b.ga asbob qilib olingan.
Giroskopning har qanday holda ham fazoda oʻz oʻqi yoʻnalishini oʻzgarishsiz saqlay olishi xossasidan samolyot, raketa, dengiz kemalari, torpedolar va b. harakatini avtomatik tarzda saqlash uchun foydalaniladi (mas, avtopilot). Kemalarda matroslarning osma toʻrkrovatlari G. xossasiga asoslangan (kema qanchalik chayqalmasin matroslar bemalol uxlab ketishaveradi).
Samolyotning kursdan ogʻganligini aniqlaydigan asbob yoʻnalish Giroskopi, yaʼni giropolukompas deb ataladi. U avtopilotlarda qoʻllaniladi.
Giroskop (qad. yun. γῦρος — „xalqa“, qad. yun. σκοπός — „kuzataman“), deb impuls momenti prinsiplariga asosan moʻljal olish uchun xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi. Mexanik jihatdan, giroskop oʻqi erkin harakatlanuvchi aylanuvchi gʻildirak yoki diskdan iborat. Ushbu moʻljal oʻzgarmas boʻlmasa-da, u katta aylanish tezligi va inersiya momenti tufayli tashqi kuch momenti taʼsiridan deyarli oʻzgarmaydi.
Tashqi kuch momentini yanada kamaytirish uchun giroskop muvozanat xalqasiga oʻrnatiladi, natijada unga oʻzi joylashgan platforma harakati taʼsir qilmaydi.
Boshqacha prinsiplarga asoslangan giroskoplar ham mavjud, masalan, elektron giroskop, lazerli giroskop, optik tolali giroskop, va oʻta sezgir kvant giroskopi
Giroskoplar inersiyali navigatsiyada, ayniqsa kompas ishlamaydigan sohalarda qoʻllaniladi. Bularga qitʼalararo ballistik raketalar, fazoviy kemalar parvozlari, yerosti tunnel kavlash va boshqalar kiradi.
|
| |