2- ma’ruza. Puxtalik hususiyatlari ko‘rsatkichlari. Ishlamay qolishlar tasnifi

Download 1.21 Mb.
bet6/8
Sana13.11.2023
Hajmi1.21 Mb.
#98005
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- Ma’ruza
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari

Mashinalarning puxtaligi bilan bog’liq bo‘lgan amaliy masalalarni hal qilishda xususiyatlarning miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlab olish zarur. Bu ko‘rsatkichlari foydalanish davrida yig’ilgan yoki stend sinovlarida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish yo‘li bilan, shuningdek nazariy hisoblash usuli bilan olinishi mumkin.

Puxtalikning miqdoriy ko‘rsatkichlari ehtimollik xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli ular tadqiq qilinuvchi kattaliklar bo‘ysunadigan taqsimlanish qonunlari asosida tahlil qilinadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, puxtalikni baholash uchun foydalanish davrida ma’lumotlar to‘plash va puxtalikka sinash hamisha katta mehnat sarfi hamda moddiy xarajatlar bilan bog’iqdir. Puxtalik ko‘rsatkichlarini baholashning nazariy hisoblash usullari hozircha amaliyotda kam qo‘llanilmoqda.

Puxtalik nazariyasi avvalambor mashinaning ishlash qobiliyatini belgilovchi detallarning ishlamay qolish statistikasini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Buning birinchi natijasi ishlamay qolishlarning taqsimlanish qonunini aniqlash bo‘ladi. Ishlamay qolish ehtimolining sonli qiymatlari, xar qanday ehtimollik kabi, 0 dan 1 gacha bo‘lishi mumkin. 2- rasmda ob’yektning buzilmasdan ishlash ehtimolligi P(t) ning ishlash davomliligi t ga bog’liqligini ifodalovchi egri chiziqning umumiy ko‘rinishi keltirilgan.

Ishlamay qolish jadalligi vaqt o‘tishi bilan murakkab qonun bo‘yicha o‘zgaradi: dastlab u kamayadi (dyetallarning siyqalanishi yuz byeradi), kyeyin ma’lum vaqt davomida o‘zgarmas bo‘ladi (me’yorida foydalanish davri) va shundan so‘ng ortib boradi (falokatli yeyilish va eskirishning boshlanishi) (3-rasm). Boshlang’ich davrda ishlamay qolish jadalligi yuqori bo‘ladi. Bunga ishlab chiqarish jarayonida sezilmagan yashirin nuqsonlar sabab bo‘ladi.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa

2- ma’ruza. Puxtalik hususiyatlari ko‘rsatkichlari. Ishlamay qolishlar tasnifi

Download 1.21 Mb.