• Kalit so’zlar
  • Multimediali taqdimot
  • 2- ma’ruza. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qoʻllanilishi reja




    Download 22.58 Kb.
    bet1/6
    Sana22.11.2023
    Hajmi22.58 Kb.
    #103283
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2 ma’ruza. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim -fayllar.org
    Imomning maneken qizi, HFX 030-19-guruh Mamatazimov Doston Topshiriq 2, Bosh miyya yarimsharlari, Ruziyev Raup Axmadovich, 1-курс Адабиётшунослик 2022-2023 yil

    2 ma’ruza. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qoʻllanilishi reja





    2- MA’RUZA. TAQDIMOT YARATISHNING ZAMONAVIY VOSITALARI VA TA’LIM 

    JARAYONIDA QOʻLLANILISHI

    Reja:
    1. Taqdimot mohiyati va turlari. 
    2.
    Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ularning imkoniyatlari. 

    3.
    Interfaol multimedia taqdimoti. 


    4. Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro‘yxatdan o‘tish. Prezi dasturida yangi
    taqdimot yaratish. Taqdimotga ob’yektlarni joylashtirish 
    5.
    Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi 

    6.
    Prezi taqdimoti muharriri oynasi 


    7.
    Taqdimotni saqlash muloqot oynasi 
    Kalit so’zlar: Taqdimot, Prezi dasturi, ZUI, taqdimot, Prezi public, Prezi pro, Prezi enjoy, 

    canvas, maydon, New Prezi, shablon, elementlarni, sarlavha, matn, rasm, menyu, Frames and Arrows, 

    Insert, Theme, hujjatni saqlash.

    Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual vositalardan foydalanib
    ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan 
    kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot
    ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi. 
    Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi,
    axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va 
    faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi.

    Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy
    shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan 
    boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi
    mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning 
    mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va
    foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. 
    Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari
    orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali 
    foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga
    yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish 
    etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali
    texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. 
    Multimediali taqdimot
    ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. 
    Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan
    foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim 
    etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn,
    minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch 
    o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va
    saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi. 



    Download 22.58 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 22.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2- ma’ruza. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qoʻllanilishi reja

    Download 22.58 Kb.