2-amaliy ish
Klassik shifrlash algoritmlarini ishlash tartibini o‘rganish
Ishdan maqsad: Klassik shifrlash algoritmlarini
ishlashi haqida nazariy va
amaliy bilim ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nazariy qism
Sezar usuli. Sezar shifri oddiy siljitish shifrining bir qismi hisoblanadi. Bu
shifrni rimlik imperator Gole Yuliy Sezar o‘ylab topgan.
Shifrlashda matnning har bir harfi boshqa harf bilan quyidagi qoida asosida
almashtiriladi. Harflarni almashtirishda kelayotgan yozuv harflarini
k-ga siljitib
almashtiriladi. Bu yerda M –
butun son hisoblanib, ochiq matni belgisini biror
alfavitdagi o‘rni, S – butun son bo‘lib, shifr belgini biror alfavitdagi o‘rni.
C=(M+k)modm, m - alfavit uzunligi. Deshifrlash ifodasi esa M
=(C-k)modm ifoda
bilan ifodalanadi. Yuliy Sezar bevosita
k = 3 bo‘lganda ushbu usuldan foylangan.
Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning o‘z
navbatida, bir xil
harflarga almashishidir.
Masalan, matn sifatida T
0
=KOMPUTER so‘zini va K=3 deb oladigan bo‘lsak
Sezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo‘ladi: T
1
= NRPSXWHU.
Vijiner shifri. Birinchi bo‘lib, Vijiner tizimi 1586-yilda chop etilgan va u ko‘p
alifboli tizimga nisbatan Yuqoriroq o‘rinda turadi. Bleza Vijinera o‘zini XVI asrning
fransuz diplomati deb hisoblaydi. Bunday ko‘p alifboli almashtirish shifrini shifrlash
jadvali orqali ifodalash mumkin. Quyidagi jadvallarda Vijinerning ingliz alifbosi va
kiril alifbolari uchun mos keluvchi qiymatlar ko‘rsatilgan.
2.1-jadval
Vijiner ingliz
alifbosi
Kalit
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z
1
A B C D E F G H I
J K L M N O P Q R S T
U V W X Y Z