• Ma’lumotlar strukturasi tushunchasi
  • Algoritm tushunchasi
  • 2-amaliy topshiriq!




    Download 1.14 Mb.
    bet2/16
    Sana14.11.2022
    Hajmi1.14 Mb.
    #30196
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    modul-1 funcsion, Psixologiya amaliy 3, cry1
    Klassifikatsiyasi:
    Ma’lumotlar tipi asosan skalyar va skalyar emas tiplarga ajraladi. Skalyar emas tip qiymatlari foydalanuvchi uchun ko’rinib turuvchi komponentlar ko’pligiga ega(massiv, ro’yhat), skalyar tipdagi esa foydalanuvchiga ko’rinmaydi(butun, mantiqiy).
    Mantiqiy tip – mantiqiy yoki bul qiymatli tip bo’lib, faqat ikkita qiymatdan birini qabul qiladi. Qiymati true yoki false, 1 yoki 0 bo’lishi mumkin.
    Butun sonli tiplar – Butun sonli qiymatlarni o’z ichiga oladigan tip.
    Haqiqiy sonli tiplar – Haqiqiy son qiymatlarini o’z ichiga oladigan tip.
    Satrli va simvolli tip – bitta simvolni yoki simvollar ketma-ketligini o’zida saqlaydigan tip. Har xil dasturlash tillarida cheklovlar har xil bo’lishi mumkin.
    Ko’rsatkichlar – o’zgaruvchi bo’lib, qiymatlar diapazoni xotira yacheykalari adreslaridan iborat.
    Abstrakt tiplar – bu ma’lumotlar tipining matematik modeli bo’lib, tip foydalanuvchi ma’lumotlari ko’z qarashida semantikani belgilaydi. Abstrakt tipni obyektlar ko’pligi sifatida qarash mumkin. Masalan: ro’yhat, stek, navbat, massiv.
    Jadval-1. C++ tilidagi ma’lumot tiplari

    Tip

    bayt

    Qiymatlar diapazoni







    Mantiqiy

    bool

    1

    0/255







    Simvolli

    char

    1

    0/255







    Butun sonli

    short int

    2

    -32768 / 32767

    unsigned short int

    2

    0 / 65535

    int

    4

    -2147483648 / 2147483647

    unsigned int

    4

    0 / 4294967295

    long int

    4

    -2147483648 / 2147483647

    unsigned long int

    4

    0 / 4294967295







    Haqiqy sonli

    float

    4

    -2147483648.0 / 2147483647.0

    long float

    8

    -9223372036854775808.0 / 9223372036854775807.0

    double

    8

    -9223372036854775808.0 / 9223372036854775807.0

    Ma’lumotlar strukturasi tushunchasi


    Ma’lumotlar strukturasi (data structure) – dasturiy birlik bo’lib, bir tipli yoki mantiqiy bog’langan ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumot qo’shish, qidirish, o’zgartirish va o’chirish uchun funksiyalar to’plamiga ega. Ma’lumotlar strukturasi asosan abstrakt tipdagi qiymatlarni qabul qiladi.
    Har xil turdagi ma’lumotlar strukturasi har xil dasturlar uchun mo’ljallangan. Masalan, Bdaraxt odatda ma’lumotlar bazasini yaratish, yoki har xil ko’rinishdagi lug’atlarni yaratishda qo’llanishi mumkin. (nomlar domeni, internet-adreslar). Dasturiy ta’minot yaratishda dasturning sifati tanlangan ma’lumotlar strukturasi bilan bog’liq.

    Algoritm tushunchasi


    Algoritm bu – buyruqlar ketma-ketligi bo’lib, u biror bir masalani yechish qaratiladi. Algoritm formal tilda tavsiflanishi kerak. Algoritmni bajaruvchi inson yoki mashina bo’lishi mumkin. Bajaruvchi algrotimdagi barcha buyruqlarni bajara olishi kerak. Algoritmni formal tilda yozish dastur deb ataladi.
    Algoritm doimo belgili miqdordagi qadamlar bilan tugashi shart.
    Algoritm biror-bir sinfdagi kiruvchi ma’lumotlarga qo’llaniladi.

    Download 1.14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 1.14 Mb.