• Diecimila
  • Mega
  • Arduino Uno platasi.
  • Arduino Mega platasi.
  • 2 bob. Kirish to‘siqlarini masofaviy boshqaruvchi qurilma uchun elementlar tanlash




    Download 0,5 Mb.
    bet3/7
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #255525
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2 BOB

    Arduino oilasining platalari
    Arduino platasining asosiy versiyalari quyidagi modellardan iborat:
    Due – ARM SAM3U4E 32- bitli ARM Cortex-M3 mikroprotsessor asosidagi plata;
    Leonardo – Atmega32U4 mikrokontrollerdagi plata;
    UNO - Arduino ning asos platformasi, eng ko‘p tanilgan versiyasi;
    Duemilanove – Atmega168 yoki Atmega328 mikrokontrollerdagi plata;
    Diecimila – Arduino USB platforma asosidagi versiyasi;
    Nano – maket sifatida ishlatiluvchi, ixcham platforma. Nano kompyuterga USB Mini – V kabeli yordamida ulanadi;
    Mega ADK – Android li telefonlar va USB interfeysli boshqa qurilmalar bilan aloqa uchun USB - host interfeysni quvvatlovchi Mega 2560 plata versiyasi;
    Mega 2560 – USB-portiga ketma-ket ulanish uchun ATMega8U2 chipi ishlatilgan Atmega2560 mikrokontrolleri asosidagi plata;
    Mega – Atmega1280 mikrokontrolleri asosidagi Mega seriya versiyasi;
    Arduino BT – simsiz aloqa va dasturlash uchun Bluetooth modulli platforma;
    LilyPad – matoga qo‘shib tikilishi mumkun bo‘lgan platformasi;
    Fio – simsiz tatbiqlar uchun yaratilgan platforma. Fio ning tarkibi: XBee radio uchun raz’em, LiPo batareka uchun raz’em va zarayadlash uchun joylashtirilgan sxema;
    Mini – Arduino ning eng kichik platformasi;
    Pro – tajribali foydalanuvchilar uchun yaratilgan platforma, katta loyihaning qismi bo‘lishi mumkun;
    Pro Mini – Pro platformasi kabi tajribali foydalanuvchilar uchun yaratilgan, arzon narx, kichik o‘lcham va qo‘shimcha imkoniyatlar kerak bo‘lgan vaziyatlarga mo‘ljallangan.
    Arduino Yun - Arduino Leonardo asosidagi plata, loyihalarda Internetni ishlatish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
    Yuqorida sanab o‘tilgan platalarning bazilarini ko‘rib chiqamiz.
    Arduino Uno platasi. Arduino Uno kontrolleri (1-chizma) ATmega328 mikrokontrollerida yaratilgan. Aloqa uchun USB ishlatilgan FTDI USB mikrokontrollerili barcha oldingi platalardan farqli yangi Arduino Uno da Atmega8U2 mikrokontrolleri ishlatilgan.

    1-chizma. Arduino Uno platasi.
    Arduino Uno platasining texnik ko‘rsatgichlari 1 jadvalda batafsil keltirilgan.
    1 jadval. Arduino Uno platasining texnik ko‘rsatgichlari

    Mikrokontroller

    ATmega328

    Ishchi kuchlanishi

    5 V

    Kirish kuchlanishi (tavsiya etiladigan)

    7 -12 V

    Kirish kuchlanishi (chegaraviy)

    6 – 20 V

    Raqamli kirish/chiqishlari

    14 (ulardan 6 tasi KIM chiqishi sifatida ishlatilishi mumkun)

    Analog chiqishlari

    6

    Kirish/chiqishi orqali o‘zgarmas tok

    40 mA

    3,3 V li oyoqcha uchun o‘zgarmas tok

    50 mA

    Flesh - hotira

    32 Kbayt, shundan 0,5 Kbayti yuklash uchun ishlatiladi

    OXQ

    2 Kbayt

    EEPOM

    1 Kbayt

    Takt chastotasi

    16 MGs

    Arduino Uno platasi USB-port orqali manbaga ulanishi mumku va shuningdek tashqi qurilmadan ham manbaga ulash mumkun (AC/DC-adapter yoki batareka). Arduino Uno da bir necha tashqi kommutatsiya usullari inobatga olingan. Kompyuter bilan aloqa o‘rnatish uchun USB orqali ( virtual SOM-port) RS-232 kanali ishlatiladi, qo‘shimcha mikrokontroller ATmega16U2 yordamida. Axborotlarni uzatish jarayonini mahsus yorug‘lik diodlari aks ettirib turadi. Ketma-ket asinxron UART kanalini to‘g‘ri ikkita mahsus raqamli chiqish orqali joriy etish mumkun.


    Shuningdek modulni standart ketma-ket I2C va SPI interfeyslarni ishlatib ham ulash mumkun (ATmega328 mikrokontrolleri quvvatlovchi). Tashqi dasturlovchi uchun SPI orqali raz’em o‘rnatilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishga tushirish uchun platada RESET tugmasi inobatga olingan.
    Demak, biz AVR-mikrokontrolleri asosida minimal yetarli apparat bilan ta’minlangan sodda platani ko‘rib turibmiz.
    Platalar nafaqat form-faktori bilan farqlanadi, mikrokontroller turi bilan ham farqlanadi. Arduino ning asos platalarining imkoniyatlari mikrokontroller turi bilan to‘liq belgilanadi. Arduino platalarini ishlatilishini boshlanish davrida Atmel ning AVR mikrokontrolleri ishlatilgan. Bugungi kunda ARM Coretex yadroli mikrokontroller arxitekturasi juda ham keng ishlatilmoqda. Ularni amaliy jixatdan barcha yetakchi mikrokontroller ishlab chiqaruvchilari bozorga yetkazib bermoqdalar, shu jumladan Atmel ham. Shuning uchun ARM Coretex yadroli mikrokontrollerlar M0+ dan M4 gacha va M7 Arduino platalarida ishlatilishi tabiiy.
    Arduino Mega platasi. Arduino Mega ATmega2560 protsessoriga asoslangan kuchli mikrokontroller platasidir. Bu Arduino qatoridagi yirik platalardan biri boʻlib, keng koʻlamli kiritish/chiqarish imkoniyatlarini taklif qilish uchun moʻljallangan boʻlib, u koʻp sonli sensorlar, aktuatorlar va boshqa tashqi qurilmalarni talab qiluvchi murakkab loyihalar uchun mos keladi. Quyida Arduino Mega haqida batafsil ma'lumot keltirilgan:
    Protsessor: Arduino Mega ATmega2560 mikrokontrolleri tomonidan quvvatlanadi, u quyidagi xususiyatlarga ega:



    • Soat tezligi: 16 MGts

    • Flash xotira: 256 KB (bootloader tomonidan ishlatiladigan 8 KB)

    • SRAM: 8 KB

    • EEPROM: 4 KB

    Shakl: Mega Uno yoki Nano kabi boshqa Arduino platalariga qaraganda kattaroq shakl faktoriga ega. Uning o'lchamlari taxminan 101,52 mm x 53,3 mm.
    I/U pinlari: Arduino Mega-ning asosiy xususiyatlaridan biri uning keng ko'lamli kiritish-chiqarish pinlari bo'lib, ular quyidagilarni o'z ichiga oladi:

    • Raqamli I/U pinlari: 54 ta (shundan 15 tasi PWM chiqishini ta'minlaydi)

    • Analog kirish pinlari: 16

    • UART portlari: 4

    • SPI portlari: 1

    • I2C portlari: 1

    USB interfeysi: Mega dasturlash va kompyuter bilan ketma-ket aloqa qilish uchun USB interfeysiga ega. Odatda u standart Type-B USB ulagichi bilan birga keladi.
    Kuchlanish regulyatori: Mega odatda o'rnatilgan kuchlanish regulyatorini o'z ichiga oladi, bu uni keng quvvat manbalaridan (odatda 5V) quvvatlantirishga imkon beradi.
    Bootloader: Boshqa Arduino platalari singari, Mega yuklovchi bilan oldindan o'rnatilgan bo'lib, USB ulanishi yordamida Arduino IDE orqali dasturlashni osonlashtiradi.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 bob. Kirish to‘siqlarini masofaviy boshqaruvchi qurilma uchun elementlar tanlash

    Download 0,5 Mb.