-sxema.  Hisob-kitob markazi




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/92
Sana27.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#43723
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
3-sxema. 
Hisob-kitob markazi 
Yuqorida keltirilgan sxemaga kuyidagicha tavsif beramiz: 
1. Eng avvalo mol jo’natuvchi va mol oluvchi korxonalar o’rtasida xo’jalik 
shartnomasi tuziladi. 
2. Shartnomaga asosan mol jo’natuvchi korxona mol oluvchi korxonaga mahsulot 
jo’natadi. 
3. Mol oluvchi korxona olgan mahsulotga pul o’tkazish uchun to’lov topshirig’i 
rasmiylashtirib o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka topshiradi.  
4. Bank xodimi tomonidan to’lov topshirig’i asosida mol oluvchi korxona 
hisobvarag’idan pul chegiriladi. 
5. Hisob-kitob markazi orqali elektron to’lov mol sotuvchi korxona bankiga 
jo’natiladi. 
6. Kelib tushgan elektron to’lov mol sotuvchi korxona bankida mol sotuvchi 
korxona hisobvarag’iga o’tkaziladi. 
7. Elektron to’lov topshirig’ining bir nusxasi to’langan hujjatlar sifatida mol 
sotuvchi korxonaga beriladi.  
Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o’tkazilayotgan barcha 
to’lovlarning 65-75 foizi to’lov topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda, 
bu uning afzalliklari bilan bog’liqdir.
Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir: 
-birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya’ni hisob-kitoblarni 
amalga oshirishning texnik jixatdan kulayligi. Bu esa o’z navbatida xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar va bank xodimlarining mexnat sarfini kamaytiradi; 
-ikkinchidan, pul mablag’lari xarakatining tezligi, ya’ni to’lov talabnomasiga 
nisbatan to’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi 
harakati qisqaligi so’zsiz xo’jalik oborot mablag’larining aylanish tezligini oshiradi; 
-uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatini 
oldindan aniqlab olinishi. Hisob-kitoblarning bu shaklida to’lov talabnomasi orqali 
hisob-kitoblarda bo’lgan kabi bankka raddiya arizasi topshirilmaydi, chunki 
to’lovchining o’zi tulovni to’lashga rozi bo’lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;
5. Электрон тўлов 
6 Мол жўнатувчи корхона банки 
4 Мол олувчи корхона банки 
7.Тўлов 
2. Товар 
Мол сотувчи корхона
Мол олувчи корхона 
1. Шартнома


32
-to’rtinchidan, to’lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz operatsiyalarda ko’llanishi, 
bu esa ushbu shakl bo’yicha hisob-kitoblarning axamiyatini yanada yakkol aks 
ettiradi. 
To’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bilan bir 
qatorda kamchiliklari ham mavjud. Kamchiliklar shundan iboratki, mol jo’natuvchi 
yoki xizmat ko’rsatuvchi korxona uchun to’lovning o’z vaqtida o’tkazilishi to’la 
kafolatlanmagan. Chunki to’lovning o’z vaqtida o’tkazilishi to’lovchi korxonaning 
depozit hisob varag’idagi mablag’lar miqdoriga bog’liq. To’lovning to’liq 
o’tkazilishiga etarli pul mablag’larining bo’lmasligi pul aylanishi sekinlashtiradi va 
mahsulot jo’natuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxonaning moliyaviy holatini 
yomonlashtiradi.
Lekin ko’rsatilgan kamchilik to’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-
kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari oldidagi ahamiyatini 
kamaytirmaydi. Aksincha, hozirgi davrda xo’jalik sub’ektlari o’rtasida to’lov 
topshiriqnomalarining ko’llanilish doirasi yanada kengayib bormoqda, chunki oldingi 
yillarda to’lov topshiriqnomalari bo’yicha to’lovlar faqat mahsulot jo’natilgandan va 
xizmatlar ko’rsatilgandan keyingina amalga oshirilar edi. Bunday holat bozor 
munosabatlari sharoitida o’zini oqlamaydi, debetor va kreditor qarzdorliklarning 
oshib ketishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida iqtisodiyotda qarzdorlik zanjirini 
keltirib chiqaradi.
Yuqorida 
ko’rsatilgan 
muammolarning 
oldini olish maqsadida hukumatimiz 
tomonidan bir qator mexanizmlar ishlab chiqildi, qaror va farmoyishlar qabul qilindi. 
Dastlab 1995 yil 5 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Korxona va 
tashkilotlar raxbarlarining xalq xo’jaligidagi hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazishni 
ta’minlash bo’yicha javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 154-sonli 
Farmoni chiqarildi. Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar har bir xo’jalik 
sub’ekti agar mol oluvchi korxona bo’lsa, u albatta o’sha mol qiymatining kamida 15 
foizi summasini oldindan to’lashi talab etiladi. Tabiiyki, bu to’lov topshiriqnomasi 
asosi amalga oshiriladi.
Oldindan to’lov o’tkazish ilgari yoqilg’i-moylash mahsulotlari va boshqa ba’zi 
xollarda Davlat bankining ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Lekin hozirgi paytda 
xo’jaliklar o’zlari o’zaro xo’jalik shartnomalari orqali 100 foizli yoki undan kam 
miqdorda bo’lgan oldindan to’lovlar o’tkazishni kelishib oladilar. Yuqorida 
ko’rsatilgan mexanizm esa tomonlar o’rtasida shartnomada ko’rsatilgan 
majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishga yordam beradi. 15 
foizdandan kam bo’lmagan avanslangan to’lovlarning o’tkazilishning majburiyligi, 
bank bunday to’lovlar ustidan doimo nazorat olib borishi xaqida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining yana bir «Hisob-kitoblar tizimi hamda to’lov intizomini 
mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1996 yil 24 yanvardagi Farmoni 
chiqarildi, Farmonda korxona va tashkilotlar tomonidan bankka topshiriladigan to’lov 
topshiriqnomasida kat’iy ravishda shartnoma nomeri, to’lov tartibi, 15 foizdan kam 
bo’lmagan avans to’lovi miqdori ko’rsatilishi shart qilib belgilandi. Demak, naqd 
pulsiz hisob-kitoblarning qaysi shaklidan foydalanishdan kat’iy nazar, xo’jaliklar 
avvalo to’lov summasining 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorini to’lov oluvchi 
korxona hisobvarag’iga aynan to’lov topshirig’i yordamida o’tkazadilar. Bu esa 


33
to’lov topshirig’ining iqtisodiyotning hamma sohalarini kamrab olayotganidan dalolat 
beradi. Umuman, xalq xo’jaligiida hususiy sektorning o’rni kengayib borgan sari 
kichik va boshqa xususiy korxonalar sonining oshishi to’lov topshiriqnomalari 
bo’yicha hisob-kitoblar hajmining kengayishiga yo’l ochib beradi.

Download 0.64 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish