2§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi Nizom




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/92
Sana27.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#43723
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
 


23
2§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi Nizom 
 va uning mazmuni. 
Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalar ma’lum bir me’yoriy hujjatlar 
asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishda asosiy me’eriy 
hujjat bu – «naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida»gi Nizomdir. Lekin bu nizom 
doimiy bo’lmay vaqti o’tishi bilan o’zgarib boradi. Iqtisodiy o’zgarishlar, 
shuningdek, bank tizimidagi o’zgarishlar barcha qonun-qoidalarning shunga mos 
ravishda o’zgartirilishiga sabab bo’ladi. Masalan
g
Respublikamiz mustaqillikka 
erishgandan so’ng
g
kredit, hisob-kitob va boshqa operatsiyalarni olib borish tartib 
qoidalari bir necha marotaba o’zgartirildi. Jumladan, naqd pulsiz hisob-kitoblar 
bo’yicha 1993, 1995 va nihoyat 1998 yillarda qonun-qoidalar ishlab chiqilgan 
bo’lib

bir-biridan ma’lum moddalari bilan farq qiladi. Masalan 1993 yilda 
Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan «Naqd pulsiz hisob-kitoblar 
to’g’risida»gi Nizomda to’lov topshiriqnomasi, to’lov talabnomasi
g
to’lov 
talabnoma-topshiriqnomasi, akkreditivlar, limitlashtirilgan va limit-lashtirilmagan 
chek daftarchalarining cheklari va inkasso topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblar 
ko’zda tutilgan edi. Bu Nizomning yangiligi shundan iborat ediki, unda to’lov 
talabnoma-topshiriqnomasi shakli yangilik qilib kiritilgan edi. Naqd pulsiz hisob-
kitoblarning ushbu shaklining mazmunii shundan iborat ediki, mol sotuvchi 
korxona sherigiga mol jo’natish bilan birga tovar transport hujjatlari ham mol sotib 
oluvchini korxonaga jo’natar edi. Bunda bank chetlab o’tilar edi. To’lov 
talabnomasini olgan mol sotuvchi korxona talabnoma-topshiriqnomani talabnoma 
qismida ko’rsatilgan rekvizitlarni ko’rib chiqib, olgan tovari bilan solishtirib agar 
shartnoma shartlari bajarilgan bo’lsa, hujjatning topshiriqnoma qismini to’ldirib 
uni bankka topshirishi lozim edi. 
Shunday qilib, hisob-kitob shakllari yana bitta shakl bilan to’ldirilgan. 1993 
yilda chiqarilgan Nizomda keltirilgan cheklar bo’yicha hisob-kitoblar 
limitlashtirilgan va limitlashtirilmagan chek daftarchalarining cheklari asosida olib 
birishga mo’ljallangan edi. Limitlashtirilgan cheklar bo’yicha hisob-kitoblarning 
mazmuni shundan iborat ediki, mijoz bankdan limitlashtirilgan chek daftarchasini 
arizasiga binoan olib, unga o’z topshirig’iga asosan ma’lum bir summani o’tkazar 
edi. Mana shu summa chegarasida chekni rasmiylashtirib, mahsulot sotuvchi yoki 
xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish 
mumkin edi. Limitlashtirilmagan cheklar bilan hisob-kitoblarning mazmuni 
shundan iborat ediki, bunda chek daftarchasiga pul o’tkazilmas edi
g
hisob-kitoblar 
bank krediti hisobidan amalga oshirilardi. Bunday daftarchalardan asosan savdo
ta’minot tashkilotlari ko’proq foydalanishar edi. 
Lekin bu hisob-kitoblar bo’yicha ko’p noqonuniy operatsiyalar o’tkazilgani 
aniqlangach, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki limitlashgan va 
limitlashmagan chek daftarchalari bo’yicha hisob-kitoblarni bekor qildi. Uning 
o’rniga yangi hisobcheklari deb nomlangan hisob-kitoblarni amaliyotga tadbiq 
etdi. Hisob-cheklari bo’yicha hisob-kitoblarning tartib qoidalari ishlab chiqildi. Bu 
qoidalar avvalgi cheklar bo’yicha hisob-kitoblardan farq qilar edi. Hisob-
cheklarining 5, 10, 25 varaqli ko’rinishda, mijozlarning hohishilariga ko’ra 
kitobcha shakliga keltirib berila boshlandi. Chek daftarchasiga pul qo’yish 


24
mijozning topshirig’iga binoan uning talab qilinguncha saqlanadigan depozit 
hisobvarag’idagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilardi. Tijorat banklari hisob-
cheklari bo’yicha operatsiyalarni olib borishlari uchun hisob-kitob markazida 
alohida hisobvaraqlarini ochib, unga mablag’ qo’yishlari lozim edi. 
Hisob cheklari bo’yicha hisob-kitoblar 1995 yildagi Nizomga yangilik bo’lib 
kiritildi. Shu bilan birga ushbu Nizomda veksel muammosi ham ko’zda tutilgan 
edi. 1995 yil may oyidan boshlab O’zbekistonda veksel muomalasini kiritish 
to’g’risida Vazirlar Mahkamasining qarori chiqarildi. Qarordan so’ng Paxtabank, 
Sanoatqurilishbanki, Savdogarbank, Turonbanki kabi bir qator banklar birinchilar 
qatorida veksellar emissiyasini boshlab berdilar. Lekin bu davrda respublikada 
amalda bo’lgan «naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida»gi Nizomda veksel 
muomalasi ko’zda tutilmagan edi. Shu sababli veksellar bo’yicha banklarning 
operatsiyalar o’tkazish tartib qoidasini ishlab chiqish birinchi navbatdagi 
vazifalardan biriga aylandi. Shunday qilib navbatdagi Naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
tashkil qilish qonun-qoidalarini o’z ichiga mujassamlagan yangi Nizom ishlab 
chiqilib 1995 yil 4 sentyabrda Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlandi. 
Ushbu nizomda avvalgi hisob-kitob shakllari bilan bir qatorda yangi hisob 
cheklari va veksellar bo’yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar ko’zda tutildi. To’lov 
talabnomasining o’rni esa ancha pastga tushirildi va Markaziy bankning maxsus 
qarori bilan hisob-kitoblarda ishlatilishi alohida xabar berilishi ko’rsatib o’tildi. 
Bunga sabab, bu davr ichida noto’lovlar uchun amaliyotda ishlatilayotgan 2-
kartoteka bekor qilingan bo’lib, mijozlardan hisob-kitob hujjatlar ularning 
hisobvarag’ida to’lash uchun pul etarli bo’lgan taqdirdagina qabul qilinishi 
mumkinligini belgilab qo’yilgan edi. To’lov talabnomasi esa bunday talabga javob 
bermas edi. 
Vaqt o’tishi bilan Respublika to’lov tizimi takomillashib bordi, buning 
natijasida elektron to’lov tizimi joriy etildi. Barcha banklar o’zaro hisob-kitoblarni 
yangi elektron to’lov tizimi asosida amalga oshira boshladilar. Bu esa hisob-
kitoblar shakllariga, ularning taqdim qilinishi
g
bank tomonidan qabul qilish va 
ishlov berish tartibining o’zgartirilishiga sabab bo’ldi. Bir oz vaqt o’tgach veksel 
muomalasi va cheklar bo’yicha hisob-kitoblar ma’lum sabablarga ko’ra bekor 
qilindi. Natijada hisob-kitoblarni tashkil qilish qonun-qoidalariga o’zgartirishlar 
kiritish zarurati paydo bo’ldi. Shundan so’ng, «O’zbekiston Respublikasida naqd 
pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi 60-sonli Nizom qayta ishlab 
chiqildi. Bu Nizom O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvi 
tomonidan 2002 yilda 15 yanvarda tasdiqlandi. Ushbu Nizom quyidagi bo’limlarni 
o’z ichiga oladi: 
1. Umumiy qoidalar; 
2. Pul hisob-kitoblarini rasmiylashtirish tartibi; 
3. Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar
4. To’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish; 
5. To’lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish; 
6. Akkreditivlar bilan hisob-kitob qilish; 
7. Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar ; 
8. Cheklar bilan hisob-kitob qilish; 


25
9. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar qilish; 
10. 
Yuridik shaxsning qayta tashkil etish, qo’shib yuborish va tugatilishi 
paytida mablag’larni hisobdan chiqarish; 
11. 
Nazorat va ta’sir qilish choralari. 
«O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish 
to’g’risida»gi Nizom fuqorolik kodeksi, «Markaziy bank to’g’risida»gi
g
«Banklar 
va bank faoliyati to’g’risida»gi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Markaziy 
bankning O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi 
boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizomning bir maromda 
qo’llanilishi respublikada butun iqtisodida hisob-kitoblarning uzluksizligini 
ta’minlaydi. 
Nizomda naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining mazmuni, ularning 
qo’llanilish sohalari, xujjatlarni rasmiylashtirish, bankka taqdim etilishi va ularni 
ishlatilishining qonun-qoidalari belgilab berilgan. Keyingi paragraflarda ular bilan 
batafsil tanishib chiqamiz, 

Download 0.64 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi Nizom

Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish