• TARMOQLAR IQTISODIYOTI” KAFEDRASI “MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT” fanidan
  • TOSHKENT – 2024
  • KIRISH
  • O‘zbekiston respublikasi oliy




    Download 311,17 Kb.
    bet1/7
    Sana29.05.2024
    Hajmi311,17 Kb.
    #256607
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mignarova 2


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI

    Kunduzgi bo`lim

    “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi

    Ro'yxatga olindi №


    « » 20 й

    Ro'yxatga olindi №


    « » 20 й

    TARMOQLAR IQTISODIYOTI” KAFEDRASI “MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT”
    fanidan





    Mavzu: XUSUSIY KORXONALARNING TASHKILI IQTISODIY ASOSLARI


    Ilmiy rahbar:
    Bajardi:

    Komissiya a’zolari:





    Himoya natijasi: « » baho « » 20 й.


    TOSHKENT 2024

    MUNDARIJA


    I .BOB. XUSUSIY KORXONALARNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 6
    1.1. Xususiy korxonalarning o’ziga xos xususiyatlari va ularning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni 6
    1.2. Xususiy korxonalarni tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy jihatlari 12
    II BOB. XUSUSIY KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING HOZIRGI HOLATI VA EKSPERT SALOHIYATINI OSHIRISH. 17
    2.1 . Xususiy korxonalar faoliyatini rivojlanishining hozirgi holati tahlili 17
    2.2. Xususiy korxonalarda eksport salohiyati va uni rivojlantirish yo’llari 20
    XULOSA 25
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 27

    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi
    nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam ravishda oshib bormoqda. Bunda
    mamlakatimiz birinchi rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsad va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratadi.
    Bu borada birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Faoliyat ko’rsatayotgan
    Xususiy korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosatini yuritishga alohida e’tibor qaratildi. 2011 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati milliard 800 million dollardan ortiq kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi” deb ta’kidlagan edilar.
    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori Xususiy korxonallarning qo’llab quvvatlash, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga
    ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutadi.
    Milliy iqtisodiyotimizni rivojlanishida Xususiy korxonaning o’rni va zarurligi kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, Xususiy korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo’jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanishlarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar berilmoqda.
    Mamlakatimizning iqtisodiy islohotlar bosqichlarida iqtisodiyotimizning
    tarkibiy tuzilmasida tub o’zgarishlarga asos solishdan iborat g’oyat muhim masala bu Xususiy korxonani tashkil etish va rivojlantirish.
    Mamlakat iqtisodiyotning rivojlanishi, jahon xo’jaligida salmoqli o’rin egallashida real sektorning ahamiyati va ro’li yuksak ekanligi hech kimga sir emas. Lekin, bozor munosabatlari mexanizmlarining mustaqil, tashqi omillarning ta'sir doirasidan holi ravishda ishlashi, tovar va xizmatlar bozoridagi raqobatning shiddatli tus olishiga zamin yaratdi.
    Ana shunday globallashuv sharoitlarida Xususiy korxona menejmenti muntazam ishlab chiqarish jarayonida yangi tenologiya, innovatsion dasturlardan foydalanishi talab qilinadi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitlari real sektor Xususiy korxonalarining nafaqat joriy muddatda olinayotgan foyda, balki uzoq muddatli, puxta o’ylangan strategiya
    asosida faoliyat yuritishini talab qilib, Xususiy korxonada doimiy ravishda moliyaviy tahlil olib borilishi, zaif jihatlari aniqlanishi, zaruriyat bo’lganda rentabellik, to’lovga layoqat, o’z mablag’lari bilan ta'minlanganlik va boshqa bir qator koeffitsentlar bilan hamkorlikda faoliyat yutirishi darkor.
    Xususiy korxonalarga soliq, bojxona, tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa sohalarda turli imtiyozlar berish orqali ularning har tomonlama rivojlanishiga imkoniyatlar yaratildi. Ular faoliyatiga davlat boshqaruv va nazorat organlarining noqonuniy aralashuviga chek qo’yilmoqda, hokimiyat organlaridan tadbirkorlik subyekti ro’yhatdan o’tish tartibi keskin soddalashtirildi, ularga xizmat ko’rsatishda rahbar va mas'ul hodimlar javobgarligini oshirish bo’yicha tegishli me'yoriy huquqiy baza kundan-kunga takomillashib bormoqda.
    Shuning uchun yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish
    kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida Xususiy korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
    Muammoning o’rganilganlik darajasi.
    Xususiy korxona faoliyatini rivojlantirishning alohida masalalari, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, xalq xo’jaligi tarmoqlarining u yoki bu jihatlaridagi ishlab chiqarish Xususiy korxonalari ma'lum darajada o’rganilgan.
    Mamlakatimiz olimlari, chet el olimlari, yashab ijod etgan allomalarimiz
    kabi yirik iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida ham Xususiy korxona iqtisodiyoti mavzulari o’rganilgan.
    Keng miqyosda o’rgangan bo’lib, ular o’zlarining ilmiy ishlarida avvalo Xususiy korxonalarning iqtisodiyotdagi mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari va ularning tashkil etishning iqtisodiy jihatlarining amaliy va nazariy ahamiyati, uning zaruriyati, tamoyillari va qonuniyatlariga oydinlik kiritilgan.Kurs ishida o’zbek, rus tadqiqotchilar bilan birga, ushbu sohaning rivojiga salmoqli hissalarini qo’shib kelayotgan ingliz, nemis, fransuz va boshqa tadqiqotchi, professorlarning ilmiy faoliyatlari natijalaridan ham foydalanilgan, u o’z navbatida rivojlangan davlatlarda yo’lga qo’yilgan Xususiy korxonalarning boshqaruv taomillarini taqqoslashga va afzal tomonlarini o’rganishga imkoniyat yaratadi.

    Download 311,17 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 311,17 Kb.