|
Xususiy korxonalarni tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy jihatlari
|
bet | 3/7 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 311,17 Kb. | | #256607 |
Bog'liq Mignarova 2 1.2. Xususiy korxonalarni tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy jihatlari
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi
faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin. Korxonani tashkil qilish tamoyillari ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasining qonunchiliga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoa yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
- iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
- ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
- ishlab chiqarishga mavjud qo’shimcha resurslarni jalb qilish;
- fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
- ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosiy maqsadlar belgilangandan keyin ta’sis hujjatlari tuziladi. Ta’sis hujjatlarni tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta’sis hujjatlar faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan: korxona Nizomi va ta’sis shartnomasi. Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o’zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud. Shuni qayd qilib o’tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi
tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona Nizomi asosiy
ta’sis hujjati bo’lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi va
manzilgohi, Nizom jamg’armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va
taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani
tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko’rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda,
korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab
beradi.
Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko’rsatuvchi soha va tarmoq, atrofmuhit va odamlar sog’lig’ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim. Korxona to’g’ri va to’liq
tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat organlarida ro’yxatga olinadi,
keyin esa o’z muhriga ega bo’lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qo’lga
kiritadi. O’z muhri va hisob raqamiga ega bo’lmagan korxona, huquqiy shaxs
hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi. Ta’sis shartnomasi
korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning
boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir.
U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to’ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi.
Ta’sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o’rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo’yiladi.
Ta’sis shartnomasi asosida ko’pincha kichik korxonalar, xo’jalik
o’rtoqliklari va shu kabi subyektlar faoliyat yuritadi. Masalan, o’rtoqlik yoki
korxonaning ta’sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning
roziligi bilangina emas, balki qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinishi
mumkinligi ham belgilab qo’yilishi mumkin. To’liq o’rtoqchilik korxonalarining
daromad va xarajatlari agar shartnomada boshqa tartib ko’rsatilmagan bo’lsa,
ishtirokchilar o’rtasida ularning umumiy kapitaldagi ulushiga mos ravishda
taqsimlanadi. Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta’sis shartnomasining muhim qismi hisoblanadi. Davlat korxonalarning mulkiy huquqlarini kafolatlaydi.
“Xususiy korxonalar to’g’risida” gi qonunga asosan korxona mulkini 7ta xil manbadan shakllantirish mumkin.3 Korxona mulkini shakllantirish manbalari:
1) Muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari;
2) Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan
daromadlar;
3) Qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar;
4) Banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;
5) Byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar;
6) Korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari, shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk;
7) Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Biz kurs ishimizda korxonalarning davlat tomonidan ro’yxatga
olinishini ko’rib chiqamiz. Korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha davlat
organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Bu
vazifani asosan hokimiyatlar bajarib, ular korxonani ro’yxatga olish to’g’risidagi
ma’lumotlarni 12 kun mobaynida Moliya Vazirligiga yagona davlat reestriga
kiritish uchun taqdim etishlari shart.
Korxonani davlat tomonidan ro’yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshirilish lozim. Davlat ro’yxatidan o’tish uchun korxonani tashkil qilish to’g’risidagi qaror, korxona Nizomi (ta’sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriluvchi ro’yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Korxonalarni ro’yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq emas, degan sabab bilan bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi. Agar korxonani ro’yxatga olish o’z vaqtida amalga oshirilmasa yoki ta’sischi ro’yxatga olinmaslik sabablarini asossiz deb hisoblagan taqdirda ta’sischi sudga murojaat qilishi mumkin. Korxonani ro’yxatga olishdan asossiz ravishda bosh tortish mahalliy hokimiyat organlarining moddiy javobgarlikka tortilishiga olib kelishi mumkin.
Korxonani ro’yxatga olish uchun kerak bo’ladigan hujjatlarni 3 rasmda ko’rishimiz mumkin.
Ro’yxatga olish korxonaga kelib tushuvchi hujjatlarni qayd qilish kitobida
tartib raqami berish orqali amalga oshiriladi. Ko’rsatilgan jarayonlar amalga
oshirilgach, korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha soliq idoralarida hisobda
turishi va buni tasdiqlovchi hujjat olishi hamda bankda hisob raqami ochishi
mumkin.
Endi korxonani tugatish va qayta tashkil qilishni ko’rib chiqamiz. Korxona
faoliyatini to’xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida amalga
oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy
qiyinchiliklar, surunkali zarar ko’rish va to’lov qobiliyatining yo’qolishini korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko’rsatish mumkin.
Korxonani qayta tashkil qilish – uning birlashib ketishi, qo’shilishi,
bo’linishi, ajralib chiqish va shaklini o’zgartirishidir. Korxonani qayta tashkil
qilish ta’sischi (ta’sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga
oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko’rsatkichlari,
moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat
qilishi lozim.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo’lib, ishlab chiqarish va
xo’jalik yuritish faoliyatining to’xtatilishini anglatadi. Korxona tugatilganda u
davlat ro’yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr,
shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)ga bo’lgan talabning pasayib
ketishi yoki umuman yo’qolishi;
- ishlab chiqarishning zarar keltirishi;
- ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi hayotiga xavf tug’dirishi;
- korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan
iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar talabiga javob
beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga
kelishi.
Korxonani tugatishda tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga
korxona tugatilganini xabar qilish, kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini
undirish choralarini ko’rish, shuningdek, korxonaning tugatilishi sababli ishsiz
qolgan xodimlar ish bilan ta’minlanishiga yordamlashish vazifasi yuklanadi.
Korxonani tugatish jarayonida oraliq tugatish balansi tuzilib, unga tugatilayotgan
korxonaning mulki, kreditorlarning talablari va ularni ko’rib chiqish natijalari
ro’yxati kiritilishi lozim. Ushbu balans korxonaning ta’sischisi (ta’sischilari) yoki
korxonani tugatish to’g’risida qaror chiqargan idora tomonidan tasdiqlanadi.
II BOB. XUSUSIY KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING HOZIRGI HOLATI VA EKSPERT SALOHIYATINI OSHIRISH.
|
| |