• XULOSA
  • -rasm O'zbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar zaruriyati




    Download 311,17 Kb.
    bet6/7
    Sana29.05.2024
    Hajmi311,17 Kb.
    #256607
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mignarova 2

    2-rasm O'zbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar zaruriyati
    Eksport rejasi biznesni maqsadli va rejali yuritishdagi muhim hal qiluvchi hujjat bo’lib, shuningdek, kreditlar olish va birlamchi kapitalning shakllanishi sari yo’l ochadi. Eksport rejasiga orttitilgan tajriba, erishilgan natijalar, starategiya tanlash va qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda o’zgaruvchi boshqaruvchi qurol deb qarash lozim. Bank va boshqa moliya tizmlari buni yaxshi biladilar va shu sababli yaxshi ishlab chiqilgan eksport rejasi bo’lmagan kompaniyalarning eksport operatsiyalarini moliya bilan ta’minlashdan bosh tortadilar. Hamkor va sarmoyadorlar tadbirkorning tashabbuslarini faqat aniq belgilagan maqsadlarni amalga oshirish mexanizmlariga ega bo’lgan bo’lsa, shuningdek, tegishli texnikaviy va insoniy salohiyatlar mavjud bo’lgan sharoitdagi ko’maklashishga rozi bo’ladilar.
    Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilishi, eksport
    salohiyati va mahsulot eksporti hajmini oshirilishi milliy iqtisodiyotimizni tarkibiy
    o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni ta'minlash borasidagi eng muhim natija
    bo’ldi, tashqi qarzlarning maqbul darajasi saqlangan holda, tashqi savdo
    aylanmasining ijobiy saldosi va oltin-valyuta zahiralarining barqaror o’sishiga
    erishildi.
    2011 yil natijalariga ko'ra O'zbekistn Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 25 537,4 mln. doll. ga teng bo'lib, 2010 yilga qaraganda 115% ni tashkil
    etdi. Shu jumladan, umumiy eksportning hajmi 15 027,4 mln. doll. ga teng bo'lib,
    2010 yilga nisbatan bu ko'rsatkich 115,4% ga o'sdi, import esa 10 510, 0 mln. doll.
    yoki 114.5% teng bo'ldi. 2011 yilda O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 517,4 mln.doll. ga yetib, 2010 yilga nisbatan, 670,0 mln.doll. ga ko'pni tashkil etdi. 2012 yilning birinchi choragi natijalari bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 2011 yilning shu davriga nisbatan qariyb 102 foizni tashkil etib, 5 907, 4 million AQSH dollariga teng bo'ldi. Shu jumladan,umumiy eksport hajmi 2011 yilga nisbatan 92,5 foiz yoki 3 133,4 mln. AQSH dollarini, import esa 115,3 foiz yoki 2774,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi.Ta'kidlash kerakki, 2012 yilning birinchi choragida O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 359,4 million AQSH dollariga teng bo'ldi.
    O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining hajmi va dinamikasi
    siyosatning natijasi sifatida 2005-2011 yillarda qishloq xo’jaligining mamlakatimiz
    yalpi ichqi mahsulotidagi ulushi 30,1 foizdan 17,5 foizga kamayib, sanoatning
    ulushi 14,2 foizdan 24 foizga, xizmatlar ulushi esa 37 foizdan 49 foizga o’sdi. 55
    Investitsion faollik ko’rsatkichlari keyingi yillarda ishchan muhitning
    sezilarli darajada yaxshilangani va yuqori iqtisodiy o’sish sur'atlari barqarorligini
    erkin dalilidir. Masalan, o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar hajmi 9,7 milliard
    AQSH dollarini tashkil etdi.
    Tashqi savdo aylanmasi hajmining YaIMga nisbati 2011 yilda 56,1 foizni
    tashkil etdi. Tashqi savdoning ijobiy saldosi 2011 yilda 4 517,4million dollarni
    tashkil etdi. 2011yilda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 60 foizni tashkil etdi, holbuki, 2000-yilda bu ko’rsatkich qaryib 46 foizni tashkil etgan edi.
    O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo dinamikasi va tarkibini ko’rib
    chiqamiz. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritishiga qadar, asosan
    sobiq ittifoq respublikalarini xom ashyo resurslari bilan ta'minlashga yo’naltirilgan
    edi. Iste'mol mahsulotlarining asosiy qismini respublikamizda ishlab chiqarish
    imkoniyati mavjudligiga qaramasdan, ular chetdan keltirilar edi.
    O’tgan 20 yil mobaynida tashqi savdo aylanmasi 27,1 barobar o’sdi, shu
    jumladan, eksport hajmi - 29,5 barobar, import - 24,2 barobar oshdi. Bu jarayonda
    tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 barobar ortib, oltin-valyuta zahiralarining yuqori
    darajada o’sishi va milliy valyuta barqarorligini ta'minladi.
    Eksport va import tarkibi tubdan o’zgardi. O’zbekiston mustaqillikgacha
    bo’lgan davrdagi chetga xom ashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan
    iste'mol tovarlarini olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo’ shilgan
    qiymati yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va qo’proq ishlab
    chiqarishni texnik hamda texnologik modernizatsiya qilish uchun mo’ljallangan
    yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib
    bormoqda.
    O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo tarkibi aks ettirilgan.
    Paxta tolasining eksportdagi ulushi kamayib, 2011 yilda 11,3 foizga tushdi.
    Hozirgi kunda eksportning umumiy hajmida xom ashyo hisoblanmaydigan tovarlar
    ulushi 70 foizdan ziyoddir.
    Yurtimizda keyingi 10 yil mobaynida yengil avtomobillar eksporti 7,6
    barobar, paxta kalavasi - 4,7 barobar, trikotaj matolar - 156 barobar, mineral
    o’gitlar - 11,7 barobar, neft mahsulotlari - 6,5 barobar, sement - 6,3 barobar,
    sabzavot va mevalar eksporti 14,1 barobar o’sdi. Oziq-ovqat mahsulotalri 9.7
    barobar,kimyoviy mahsulot va undan tayyorlangan mahsulotlar hajmi 5.1 barobar,
    energiya va neft mahsulotlari 24.8 barobar, xizmatlar 9.1 barobar o’sishi kuzatildi.
    Korxonalarining eksport hajmi yuz barobardan ko’proq oshdi.
    O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasining geografiq tarkibi aks ettirilgan. Biz quyidagi jadvaldan 2011 yilda O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasining geografiq tarkibi asosan uzoq xorij mamlakatlari tashkil etgan, bu ko’rsatkich 57.1% tashkil etadi. Bundan eksport ulushi 55.3% va import ulushi 61.3% ni tashkil etdi. Mamlakatimiz iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarining tezkor rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi.
    Hozirgi paytda bug’doy importi nafaqat to’xtatildi, balki O’zbekiston o’z
    bug’doyi va g’allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Go’sht
    mahsulotlarini import qilish 5 barobar, sut mahsulotlari 2,6 barobar, qayta
    ishlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari 3,5 marta, alkogolli va alkogolsiz
    ichimliklar 16 va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 7 barobardan ko’proq, gilam va
    yerga to’shaladigan qoplamalar 10 marta, trikotaj matolar 10 barobar,
    to’qimachiliq-trikotaj liboslari 11 marta, poyafzallar importi 11 barobar kamaydi.
    Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi o’sib, 1990 yildagi 12,1
    foizdan 2000 yilda 35,4 foizga, 2011 yilda esa 44,1 foizga yetdi.
    Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikatsiya qilindi.Hozirgi kunda
    korxonalar tayyorlagan mahsulotlarini tashqi savdoga uzoq xorij mamlakatlariga
    eksport ulushi orta boshladi.
    Davlatimiz tomonidan korxonalar eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan
    islohotlar quyidagilar:
    - eksportni rag’batlantirish, milliy mahsulotlar sifatini yanada oshirish
    asnosida uni jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini yanada oshirish va
    mustahkamlash;
    - salbiy tashqi omillarga nisbatan mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini
    oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni davom ettirish orqali respublika
    iqtisodiyotining muvozanatli rivojlanishi va barqaror iqtisodiy o’sishni ta'minlash;
    - faol investitsion siyosatni olib borish, muhim strategik ahamiyatga molik
    loyihalarni amalga oshirish.


    XULOSA


    O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu huquqiy shaxs
    maqomiga ega, mustaqil ravishda xo'jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo'lib, o'ziga
    tegishli bo'lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste'molchilar (xaridorlar)
    talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat)
    ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
    Korxonalar mustaqil xo’jalik subyektlari bo’lib, o’z nizomiga muvofiq
    daromad va foyda olish maqsadida asosiy va aylanma mambag’laridan foydalanib
    faoliyat yuritadi.
    Korxonalarni mulk shakliga, xo’jalik yuritish shakllariga, faoliyat
    maqsadlariga, boshqarish tartibiga, faoliyat miqyoslariga, tarmoq tartibiga, bozorda
    tutgan o’rniga ko’ra tasniflash mumkin.
    O'zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik
    shakliga ega bo'lgan 500 mingta xo'jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo'lib,
    ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi.
    Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq
    xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan.
    Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni
    tashkil qiladi
    Bozor munosabatlarining boshlangich bo’g’ini sifatida korxonalarning
    o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, ularga korxonalar mustaqilligi, mulk va
    ishlab chiqarish vositalariga hukmronlik, egalik, kabi xususiyatlari mavjud.
    Boshqaruv ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari va elementlari
    o'rtasida kelishuvni yo'lga qo'yib, yuzaga kelgan munosabatlarning mazmuni va
    me'yorini tartibga soladi hamda resurslardan foydalanishning samarali yo'llarini
    topishga o'z hissasini qo'shadi.
    O'zbekiston bugungi kunda tobora qo'shilgan qiymati yuqori bo'lgan tayyor
    mahsulotlarni eksport qiladigan va qo'proq ishlab chiqarishni texnik hamda
    texnologik modernizatsiya qilish uchun mo'ljallangan yuqori texnologiyalar
    asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
    Korxonalarining eksport hajmi yuz barobardan ko'proq oshdi .Yurtimizda
    keyingi 10 yil mobaynida yengil avtomobillar eksporti 7,6 barobar, paxta kalavasi -
    4,7 barobar, trikotaj matolar - 156 barobar, neft mahsulotlari - 6,5 barobar o'sdi.
    Eksport va import tarkibi tubdan o'zgardi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 2011 yilda O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 517,4 mln.doll. ga yetib, 2010 yilga nisbatan, 670,0 mln.doll. ga ko'pni tashkil etdi. 2012 yilning birinchi choragi natijalari bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 2011 yilning shu davriga nisbatan qariyb 102 foizni tashkil etib, 5 907, 4 million AQSH dollariga teng bo'ldi.
    Bugungi kunga kelib O’zbekiston Respublikasida Xususiy korxonalarini
    moliyalashtirish va korxonalarga investitsion muhitni yaxshilash bo’yicha bir qator
    chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hususan, sanoat korxonada ishlab chiqarishni
    yanada kengaytirish maqsadida, xorijiy investorlar sanoat korxonalariga o’z
    investsiyalarini joylashtirish uchun yangicha imkoniyatlar taklif etilmoqda.
    Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi
    farovonligini yuksaltirish ko'p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi
    navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga
    bog'liqdir. Shuning uchun - elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish,
    energiya iste'molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish
    choralarini amalga oshirish - bu inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan
    kompleks chora-tadbirlarning asosiy vazifalardan biridir.



    Download 311,17 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 311,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm O'zbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar zaruriyati

    Download 311,17 Kb.