• 1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)
  • QQS solig‘i to‘lovchilari.
  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i reja




    Download 28.46 Kb.
    bet1/10
    Sana15.04.2023
    Hajmi28.46 Kb.
    #51647
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Referat
    Doc1, tagor, SHERZOD, 2 5323307377196276083, Integralni taqribiy hisoblash, lambert-attivo-24-fx-3-esanjorlu-yogusmali-kombi-ce-belgesi, VytkhgkNqkHmPuPHjzjw5hXQzIDu9QKnQ1og3M0c, mustaqil ish, 798285, кимёнинг замонавий муаммолари — копия, Jild-obloshka, @MrNiner 30 Speaking structures, Yoqut tilining leksik xususiyatlari, ДИЛШОД ЛЛО

    QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I VA AKSIZ SOLIG‘I
    REJA:
    1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS).
    2. Aksiz solig‘i.
    3. Soliq solinadigan oborotni belgilash.

    Kalit so‘zlar: qo‘shilgan qiymat solig‘ini ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tovar, mahsulot, ko‘chmas mulk, binolar va inshootlar shu kabilar.

    1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)
    Qo‘shilgan qiymat solig‘i jahon amaliyotida oxirgi 50 yildan buyon qo‘llanilib kelinmoqda. Mohiyatan QQS iste’mol solig‘idir. QQS mahsulotlarni sotish yoki xarid qilib olishdagi qo‘shilgan qiymatdan olinadi.
    O‘zbekiston Respublikasida QQS milliy soliq tizimini halqaro tizimlarga uyg‘unlashtirish maqsadida kiritilgan bo‘lib, davlat byudjeti- ning deyarli 50% uning hissasiga to‘g‘ri keladi.
    QQS tartibga solishning huquqiy hujjati O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hisoblanadi (237-238 moddalar).
    QQS tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo‘shilgan qiymatning bir qsmining byudjetga ajratilishidir.
    QQS solig‘i to‘lovchilari.
    O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi):
    1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
    2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard so‘mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
    3) O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa;
    4) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari;
    5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
    6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
    Quyidagilar soliq to‘lovchilar hisoblanmaydilar:
    1) davlat hokimiyati va boshqaruv organlari – o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida; Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar.

    Download 28.46 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 28.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i reja

    Download 28.46 Kb.