mavzu. Xayriya va diniy e’tiqod.
Reja:
1. Ilk sivilizatsiyalarda xayriya g' oyalarining vujudga kelishi.
2. O'rta asrlardajamoaviy xayriya.
3. Xayriya va diniy e’tiqod. Iudaizm va xayr- exson.
4. Katolik, protestant va pravoslavlarda xayriya faoliyati.
5. Islom dinida muruvvat amrlari.
1-savolning bayoni
Ijtimoiy ishni ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan javob sifatida qabul
qilish an’anasi bor. Biroq, bu ishning ildizlari turli xalqlarning uzoq
tarixiga, odamlar boshqa odamlarning taqdiri uchun axloqiy majburiyat
olgan davrlarga borib taqaladi. Ijtimoiy ish amanalarining dunyo
dinlaridagi tarixiy ildizlarini osongina topish mumkin: yahudiylarda -
“tsedaka”, xristianlarda - “xayriya”, “zakot” esa islom dinining besh
arkonidan biridir.
15
Dinning (I.N.Yablokovga ko‘ra) dunyoqarash, kompensator,
kommunikativ, regulyativ, madaniy translyasiya va boshqa funksiyalari6
ko‘rsatiladi.
Din o‘zining dunyoqarashlik funksiyasini avvalo o‘zidagi insonga,
jamiyatga, tabiatga nisbatan mavjud qarashlari orqali amalga oshiradi.
Din dunyoni tushunish (dunyoni umuman va undagi alohida hodisalar va
jarayonlarni) tushuntirish, dunyoni hissiy qabullash (dunyoni sezgilar va
idrokda aks ettirish), dunyoni his qilish (emotsional qabul qilish yoki rad
qilish), dunyoga munosabat (baholash) va h.k. Mavjudlikka mazmun
bag‘ishlash dinga ishonuvchilar uchun hech bo‘lmasa tasavvurlarida
cheklanganlik doirasidan chiqish, yorqin kelajakka, farovonlikka
erishish, azob-uqubat, baxtsizliklar, yolg‘izlik, axloqsizlikdan qutulishga
umid baxsh etadi.
Din
kompensator
funksiyani
bajarar
ekan,
odamlarning
tasavvurlari, ongini qayta qurishdagi, shuningdek, mavjudlikning
ob’ektiv sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanganligi, ojizligini to‘ldirib
turadi. Real mazlumlik “ruhdagi erkinlik” tomonidan yengiladi, ijtimoiy
tengsizlik aybdorlik, azob-uqubatdagi “tenglik”ka aylanadi; cherkovning
xayr-saxovati,
mehribonligi,
daromadlarni
qayta
taqsimlashi
qashshoqlarning qiyinchiliklarini yengillashtiradi; bo‘linganlik va
ihotalanganlik jamoadagi va “xudo oldidagi birodarlik” bilan almashadi;
bir-birlariga befarq bo‘lgan individlarning shaxsiyatsiz, moddiy
munosabatlari xudo bilan shaxsiy muloqot va diniy jamoadagi
muloqotlar bilan qoplanadi. Kompensatsiyaning ruhiy jihati - stresslar
oldini olish, taskin, ruhiy lazzat berish va boshqalar muhim ahamiyatga
ega.
Din muloqotni ta’minlar ekan, kommunikativ funksiyani bajaradi.
Muloqot diniy va nodiniy faoliyatlarda, jumladan, axborot almashish,
o‘zaro ta’sir qilish, insonning inson tomonidan idrok qilinishi
jarayonlarida vujudga keladi. Diniy ong ikki asnodagi:
1) dindorlarning bir-birlari bilan;
6https://chairoflogicpMloscult.files.wordpress.com/2013/02/dl80d0b5d0bbd0b8d0b3d0b8d0bed0b2d0b5d0b4d0b5d
0bdd0b8d0b5-dl8fd0bld0bbd0bed0bad0bed0b2.pdf
16
2)
dindorlarning
ilohiy
mavjudotlar
(xudo,
farishtalar,
odganlarning ruhlari, aziz-avliyolar va h.k.) bilan, ya’ni insonlarning
o‘zaro muloqotlari - liturgiya, ibodat, meditatsiya kabilarda ideal
mediatr vazifasini o‘tovchilar bilan muloqotni taqdim qiladi.
Regulyativ funksiya muayyan g‘oyalar, qadriyatlar, ustanovkalar,
stereotiplar, fikrlar, an’analar, urf-odatlar yordamida faoliyatlar va
munosabatlar, individ, guruh va jamoa xulq-atvorini boshqarishdan
iborat. Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.k.), ibrat
(taqlid qilish uchun ko‘plab namunalarning mavjudligi), nazorat
(qoidalarning bajarilishini tekshirish), rag‘batlantirish va jazolash (real
va va’dadagi farovonlik) muhim rol o‘ynaydi.
Dinning madaniy translyasiya funksiyasi shundan iboratki, din
o‘zi madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lishi bilan birga uning muayyan
qatlamlari bo‘lgan yozuv, matbaachilik, san’atni ba’zi dinlar qabul
qilgan, ba’zilari esa rad etgan. Diniy qadriyatlarning muhofaza etilishi
va rivojlanishi, jamlangan merosning bir avloddan ikkinchisiga o‘tishi
ta’minlangan.
Diniy an’analar, bir tomondan, yuqori baho berish orqali o‘ziga
bino qo‘yishni cheklasa, ikkinchi tomondan, shaxsning “ideal”ini taklif
qiladiki, oddiy fuqarolar unga yeta olmaydilar, biroq yaqinlashishlari
mumkin.
Ijtimoiy ishning ildizlari diniy saxovat va diniy axloqqa borib
taqaladi. Narigi dunyodagi jannat lazzatlari faqat halol, taqvodor
kishilarga, oxiratdagi umrboqiylik esa faqatgina yerdagi hayotni u yoki
bu (konfessiya) din aqidalariga rioya qilib kechirganlarga va’da
qilingan. Yaqinlarga yordam qilish barcha dinlarda savob ish hisoblanib
bu xayriya ishlarning din tomonidan boshqarilmaydigan norasmiy, biroq
jamoatchilik fikri tomonidan rag‘batlantiriladigan ijtimoiy ish sifatida
vujudga kelishi va rivojlanishiga ko‘mak bergan. Ibodatxona va
monastirlar xayriya ishlar markaziga aylanib, ularning faoliyati hatto
hozirgi kun nuqtai nazaridan ham juda keng ko‘lamli bo‘lgan.
Ibodatxonalar o‘z qavmlari orqali yetim-yesirlar, qariyalar va
nogironlarning boshini silagan, bechorahol odamlarga kiyim-kechak va
oziq-ovqat tarqatgan, ba’zan butun boshlik qishloqlarni ocharchilikdan
17
qutqargan, odamlarni davolagan, o‘qitgan, ko‘ngildagi yaralarga
malham bo‘lgan.
Dunyoviy jamoatchilik ijtimoiy ishni tashkil qilishni, uning
mazmuni va shakllarini cherkovdan o‘rgandi. Hozirgi kunda ham diniy
tashkilotlar o‘zlarining ijtimoiy ishga bo‘lgan ta^sirlarini yo‘qotganlari
yo‘q. Masalan, Yarshavadagi xristianlik tarbiyasi Salezia instituti
dunyoviy tashkilotlarda ishlaydigan ijtimoiy pedagoglarni quyidagi uch
yo‘nalish bo‘yicha tayyorlaydi: dezadaptatsiyalashgan bolalar va
o‘smirlar bilan ishlovchi mutaxassislar, oila ijtimoiy pedagoglari,
nogiron bolalar bilan ishlovchi xizmatchilar. Fin protestant cherkovi esa
Finlyandiya bolalari va qizlari uchun xristian uyushmasi (Christian
Association for Boys and Girls in Finland - PTK) faoliyatini qoTlab-
quvvatlab turadi. Unga cherkovlardan binolar ajratish, bolalarning yozgi
lagerlarini tashkil qilishda ko‘maklashib moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Ijtimoiy ishning har ikki yo‘nalishi-diniy va dunyoviy
yo‘nalishlar bir biri bilan o‘zaro aloqadorlikka rivojlanishi bu soha
rivooji uchun muhim hisoblanadi.
|