Mavzu. Xayriya va diniy e’tiqod. Reja




Download 195,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.06.2024
Hajmi195,5 Kb.
#263402
1   2   3   4   5   6
4-savolning bayoni
21


Cherkovlar dasturi deyarli kambag‘allar foydasiga sadaqa 
so‘rashga qaratilgandi. Sadaqa berishning o‘ziga xos qoidalari tuzilgan 
edi:
1) qo‘ldan-qo‘lga berilgan sadaqagina yuqori baholanib, qimmatga ega 
bo‘lgan;
2) pinhona sadaqa, yo‘l-yo‘lakay ulashilgan;
3) “so‘qir” sadaqa muhim hisoblangan, ya’ni kambag‘allik sabablari va 
ushbu sadaqa nimaga ishlatilishi so‘ralmagan;
4) kambag‘al sadaqa beruvchi kimligini bilishi shart bo‘lgan, chunki u 
uning uchun cherkovda iltijo qilgan. Sadaqa ulashuvchi sadaqa 
oluvchini bilishi shart bo‘lmagan.
U vaqtlarda yomon ovqatlanish va tibbiyotning achinarli holati 
turli davosiz yuqumli kasalliklarni olib kelgan va aholi o‘rtasida o‘lim 
holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Umr ko‘rishning o‘rtacha 
davomiyligi 30 yoshdan oshmagan. Shulardan vabo kasalligining paydo 
bo‘lishi sanitariya qonunchilik va shahar sanitariya xizmati joriy 
etilishiga asos bo‘lgan.
Xayriya faoliyati katolik adabiyotda 2 yo‘nalishga bo‘lingan—
moddiy
va 
ma ’naviy.
Ezgulikning an ’anaviy ro ‘yxati quyidagilardan iborat bo ‘Igan:
—ochiqqanni to‘ydirish;
—tashnani chanqog‘ini qondirish;
—yalang‘ochni kiyintirish;
—musofirni o‘z uyida qabul qilish;
—be’mor holidan xabar olish;
—mahbusni dafn qilish.
Ushbu ro‘yxatning davomini quyidagi aqidalar davom ettiradi:
—gunohkorni kechirish;
—savodsizga ilm berish;
—ikkilanuvchiga yaxshi maslahat berish;
—aziyat chekuvchining ko‘nglini ko‘tarish;
—qiyinchiliklarni sabot bilan yengish;
—xafagarchilikni unutish;
—tiriklar va o‘liklar haqqiga duo qilish.
22


Cherkov qonunchiligiga ko‘ra cherkovning foydasi 4 ga bo‘lingan:
1. Cherkov rahbariga;
2. Mullaga;
3. Cherkovlar barpo etilishiga;
4. Kambag‘allarga.
Katolik cherkov kambag‘allik va qashshoqlikni ideallashtirgan, 
ya’ni ko‘klarga ko‘targan. 
Xristianlik (nasroniylik) yetimlarga 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni ilk faoliyatidan targ‘ib etishni yo‘lga qo‘ygan. 
Protestantlik (XYI asr) paydo bo‘lishi bilan ezgulik va xayriya faoliyati 
tushunchalarining asl mohiyati o‘zgarib borgan. Ular “Inson Alloh 
yordamida qutqariladi” degan katolik tadimotini inkor etishdi, 
kambag‘allik va qashshoqlikni ideallashtirilishini qoralashdi. Bu 
ayniqsa, Kalvinizm tadimotida yaqqol ko‘zga tashlanardi (inson 
tug‘ilguniga qadar Alloh tomonidan jannati yoki do‘zaxi bo‘lishi 
belgilab qo‘yilgan). Kalvin qashshoqlarni ta’qib etgan va sadaqa 
so‘ralishini ta’qiqlab qo‘ygan. “Kambag‘al bo‘lish istagi bemor bo‘lish 
istagi qatori—gunohdir”.
Ushbu tadimotda, o‘limdan keyingi muvaffaqiyatlarni yerdagi hayot 
muvaffaqiyatlari bilan bog‘lashgan. Tadimotda, muhtojga ehson berish 
emas, “uning ruhini qutqarish” muhimroq hisoblangan.
Protestantlik xayriya faoliyatini institutlashtirilishi (alohida sohaga 
ajratilishi)ga asos solgan va ushbu faoliyat ijtimoiy ishning shakli 
sifatida namoyon boTgan.
“Ochiqqanni baliq bilan to‘ydirma, uni baliq tutishga o‘rgat va 
ushbu amal orqali unga o‘zini kelajakda ta’minlashiga imkon yaratib 
ber”
Rossiya tomonidan pravoslavik (vizantiya dini)ni qabul qilishi 
azaliy yuzyilliklar mobaynidagi mamlakatlararo munosabatlarning 
mevasidir. Rossiyaliklarning cho‘qintirilishi bilan xayr-ehsonlik diniy 
aqidalar bilan belgilana boshlagan: “Sendan so‘rayotgan va qarz 
olmoqchidan yuz o‘girma”; “kambag‘alga ehson ulashuvchi Allohga 
qarz berayapti va U uni munosib taqdirlaydi”; “Mehr-muruvvat 
ko‘rsating va har bir insonga hamdard boTing”.
Cherkov amaliyotida yordam ikki yo‘nalishda ko‘rsatilgan:
23


1) yordamning monastir tizimi;
2) aholidan tushgan ehsonlardan iborat yordam tizimi.
Monastirlar xayr-ehson ijtimoiy faoliyat markazlariga aylangan. 
Ularning asosiy vazifalari:
— Davolash;
— Muhtojlarga birlamchi tabiiy oziq-ovqat resurslarini yetkazish;
— Muhtojlarni bilim olishgayoki, hunarlarga o‘qitish;
— Nazorat olib boorish.
Cherkov (Allohning uyi) gunohkor ayollar (sadoqatsizlar) uchun 
jazo o‘tash maskani hisoblangan (knyaz Yaroslav Nizomi).
Cherkovga bemorlar va nogiron qashshoqlarni nazorat qilish 
yuklatilgan, zeroki, ular ko‘chama-ko‘cha sadaqa so‘rab yurmasdan, 
Allohning maskanlarida tin topishi zikr etilgan.
Mehr-muruvvat, insoniylik g‘oyalari va xayr-ehson amaliyoti 
qadimiy yaxudiylarga xos bo‘lgan va u aksini muqaddas kitob Yethiy 
Zavetda topgan. Ushbu kitob diniy va madaniy tarixiy yodgorlik 
hisoblanadi. Ularda ham ahloqiy me’yorlar mavjud bo‘lgan.
Xayr-ehson, hattoki, dushmanga nisbatan ham maqullanadi. 
“Dushmanning adashgan hayvonini topib olsang, uni dushmaningga olib 
borib ber”.

Download 195,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 195,5 Kb.
Pdf ko'rish