Mavzu. Xayriya va diniy e’tiqod. Reja




Download 195,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana13.06.2024
Hajmi195,5 Kb.
#263402
1   2   3   4   5   6
3-savolning bayoni
Yahudiylik davomchilari maxsus ehsonlik kassalari tuzishgan. 
Kambag‘allar ularda ro‘yxatda turishgan. Kassalar asirlarni qaytarib 
olish va kambag‘al kelinlarni sep bilan ta^minlash vazifalarini ham 
bajargan. Kambag‘allar uchun maxsus tamaddixonalar ham barpo 
etilgan.
20


Kelgusida, yaxudiylikda ijtimoiy yordamning quyidagi yo‘nalishlari 
muhim o‘rin egalladi:
— xayr-ehson kassasi orqali pul berish;
— oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatish;
— kiyim-kechak berish;
— dafn marosimlari haqida g‘amxo‘rlik qilish.
Xayriya mablag‘larining manbalari:
- jamiyat a’zolariga solinadigan soliqlar;
— ehsonlar;
— me’roslar;
— vasiyatnomalar;
— jarimalar;
— umumiy mulkdan foydalanishdan tushgan ijara to‘lovlari.
Qarzlarni kechish amaliyoti, qarzdorlik majburiyatlarini bekor qilish 
qadimiy yaxudiylarda mehr-muruvvatlilikning yana bir shakli bo‘lgan. 
Ushbu narsa har bir yubiley yilida takrorlangan (har 50 yilda). 
Kambag‘allar uchun xayr-ehson yig‘ini Allohga xizmat qilishning 
asosini tashkil etgan. Yahudiylar hukumati tomonidan xalqdan xayr- 
ehson yig‘ish va muhtojlarga taqsimlash borasida maxsus tadbirlar 
uyushtirish yo‘lga qo‘yilgan.
Tavrotda (talmudda) xayr-ehson “idaka” so‘zi bilan ifodalanadi
ya’ni “adolatlilik” yoki “eTiqodlilik”. Kambag‘al olishga haqlidir, 
o‘ziga to‘q esa, berishga majburdir.
Mehr-muruvvat ko‘rsatishdan boy-badavlat ham, kambag‘allar 
ham ozod etilmaydi. “Sadaqa hisobiga kun ko‘ruvchi ham sadaqa 
ulashishi lozimdir”.
Xayr-ehsondan foydalanishda ayollar ustunlikka ega boTgan. 
Kambag‘al qarindoshga begona kambag‘aldan oldinroq yordam 
ko‘rsatish kerak. 0 ‘z shahrining kambag‘allari boshqa shaharlik 
kambag‘allar oldida ustundir. Mol-mulkning 1/10 qismini ehson qilish 
xayrli ish hisoblangan, 1/20 va undan kam miqdordagi ehson— 
hasislikdir. qolaversa, ehson uchun 1/5 qismidan yuqorisini sarflash rad 
etilgan (o‘zi qashshoqlashib, sadaqaga muhtoj boTib qolmasligi uchun).

Download 195,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 195,5 Kb.
Pdf ko'rish