— katta akaning kichikka nisbatan do‘stona munosabati;
— kichik ukaning kattaga nisbatan hurmat ko‘rsatishi;
— er-xotin o‘rtasidagi totuvlik.
Adolatli tartibni saqlash vositasi sifatida Konfutsiy
qonunni emas,
an’anaviy va axloqiy asoslarga rioya etishni e’tirof etgan. “Syao”
to‘g‘risidagi tadimot, ya’ni “farzandlik e’zozi”— bu eng avvalo
insoniylik va rahmdillilik tuyg‘ulari bilan oziqlangan tadimotdir. Yaxshi
farzand butun umri davomida ota-onaga g‘amxo‘rlik qilish, ularning
xizmatida bo‘lish, har qanday holatda ham ularga hurmat bilan qarash.
“Rahmdilliksiz hattoki, o‘z xotini va farzandlarini ham himoya qilib
bo‘lmaydi”, degan g‘oyalarni qadimiy
Xitoy yozmalarida uchratish
mumkin.
Qadimiy
Hindiston
ma’naviy
madaniyatiga
rahmdillilik,
yaqinlariga nisbatan insoniy munosabat, hamdardlilik kabilar xos
bo‘lgan. “Rigveda” madhiyalarida quyidagi so‘zlar mavjud: “Ehson
beruvchining mol-dunyosi kamaymaydi ...”. Ezgu inson Allohning
qonunlariga itoatkor insondir.
Rahmdillilik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, xayriya faoliyati g‘oyalari o‘z
rivojini antik dunyo ma’naviy madaniyatida topgan. Qadimiy
Yunonistonda kambag‘allarni qo‘llash har bir o‘zini
hurmat qiluvchi
insonning burchi hisoblangan. Aynan shu erda xayriya faoliyati va nafrat
hissini davlat tomonidan tasarruf etish asoslari vujudga kelgan.
Yunoniston shaharlarida kambag‘allarni qo‘llab-quvvatlash asosiy
g‘amxo‘rliklardan biri hisoblangan (oziq-ovqat ulashish, pul tarqatish va
hokazolar). U yerlarda be’morlar alohida e’tiborda bo‘lganlar va ular
“etreya”larda joylashgan. Shu bilan birga oilalari bilan davlat
ta’minotida bo‘lgan harbiy nogironlarga nisbatan
nafratlanish hissini
yoyishga oid choralar ko‘rilgan.
Qadimiy Rim hukmdorlari oldida ham ijtimoiy yordamni
tashkillashtirish muammosi mavjud bo‘lgan. Mamlakatda tartibni
saqlash maqsadida maxsus lavozimlar joriy etilgan — ijtimoiy ishlarni
tashkillashtiruvchilar,
xalq
orasida
non
ta’minoti
bilan
shug‘ullanuvchilar, yetimlarni otaliqqa oluvchilar.
19
Davlat tasarrufidan tashqari tashkilotlar ham faoliyat yurita
boshlagan.
Misol uchun, “janoza o‘tkazish (dafn etish) shirkatlari”.
Ularning maqsadi har bir a’zosiga munosib dafn etishni ta’minlash
bo‘lgan.
Muhtojlarga davlat ko‘magi tuzishni tashkil etish g‘oyalari
zaruriyati ham ijtimoiy ongda paydo bo‘lgan. Lekin hammada ham bu
ishlar bir xil
fikrni uyg‘otmagan.
Masalan Goratsiy
“kir
kambag‘allik”ni mazax qilgan.
Milloddan avvalgi II—millodiy II asrlar mobaynida “Rim huquqi”
deb ataluvchi qadimiy Rimning huquqiy tizimi shakllandi. Unda
nafratlanish muammolariga bevosita va yoki, bilvosita bog‘liq bo‘lgan
moddalar mavjud bo‘lgan. Bular:
— farzandlikka olish;
— otaliq va vasiylik (voyaga etmaganlarga;
ayollarga; aqldan
ozganlarga; nogironlarga nisbatan).
Shunday qilib, qadimiy Yunonistonda ham, qadimiy Rimda ham
davlat va jismoniy shaxslar tomonidan olib borilgan ijtimoiy faoliyat
alohida rivojlandi. Unda barcha ezgu ishlar mujassam bo‘lgan.
Lekin
kambag‘al bo‘lish qo‘rquv hissini uyg‘otib, uni ko‘rish yomonlika
deyilgan. Xayriya ham faqatgina erkin va ozod fuqarolarga berilgan,
qullarga nisbatan bu ezgu faoliyat joriy etilmagan. Binobarin,
xayriyaning bir qismi shaharlar obodonlashtiruviga, umufoydali
inshootlar barpo etish va ommaviy tadbirlar
uyushtirishga sarflangan
hamda bu mulkdan nafaqat muhtojlar balki, boylar ham bahramand
bo‘lishgan.
Xayriya mavzusi turli falsafiy an’ana va maktablarda turlicha talqin
etiladi. Zamonaviy tadqiqotlar xayriya faoliyati vujudga kelishini diniy
qarashlar bilan bog‘lashadi.