bo‘lganga, hattoki, ezgu niyatlarga intilayotganda ham yordam berishga
tayyorligini ko‘rsatish xususida batafsil qayd etilgan.
Islom tadimoti yetim-yesirlar xususida alohida g‘amxo‘rlik
qilishni ta’kidlaydi va ularga zakot uchun ajratilgan mablag‘lar
sarflanadi (majburiy ehson yoki muhtoj musulmonlar foydasi uchun
beriladigan soliq). Yetimlar mol-mulki daxlsizdir. Unga xiyonat qilgan,
Qur’onga ko‘ra, jahannam olovida kuyadi.
Bundan tashqari, Qur’on
“ortiqcha” farzandlarni ota-onalari tomonidan o‘ldirilishini ta’qiqlab
qo‘ydi. “Kambag‘allikdan qo‘rqib farzandlaringizni nobut qilmang. Biz
ularni ham, sizlarni ham to‘ydiramiz: chindan ham ularni o‘ldirish katta
gunohdir”. Zakotni barcha layoqatli yoshi katta musulmonlar to‘lashi
shartdir. U insonni “poklaydi”, to‘plangan mol-mulkdan foydalanishni
gunohsiz qiladi. Zakot aniq miqdorning yuqorisidan to‘lanadi, ya’ni:
— Yer mahsulotlaridan 2,5 %;
— qimmatbaho materiallar, toshlar qazib olish foydasidan 10 %;
— dengiz mahsulotlaridan 20 %.
Ushbu toifa odamlar mablag‘larni olishga haqlilar: kambag‘allar,
to‘lashga layoqatsiz qarzdorlar, e’tiqod uchun kurashlar qatnashchilari,
qaytishga mablag‘i yo‘q musofirlar, zakot yig‘uvchilar.
Hayit kunlari har bir erkin (ozod) musulmon (chorvasi bor yoxud
ehsonlikka hayvon olishga yetarli mablag‘i bor) qurbonlik keltirishi
shartdir (bir kishi uchun bitta qo‘y, 1-7 kishi uchun bitta tuya yoki,
bitta
qora mol). Barcha go‘sht muhtojlarga tarqatilishi zikr etilgan.
Belgilangan an’anaga ko‘ra: go‘shtning 1/3 qismi bayram dasturxoniga
tortiladi (so‘ygan oila va mehmonlar uchun), qolgani esa, muhtojlarga
tarqatiladi. Terisi xo‘jalik ehtiyojida ishlatiladi yoki, sotilib foydasi
sadaqa qilinadi. Albatta, ungacha um biror kimsa bepul olishdan bosh
tortsa.
Agar qurbonlik amalga oshmasa, ushbu inson uning narxidagi
mablag‘ni ehson qilishi zarurdir.
Qufonda shuningdek, qullarga g‘amxo‘rlik haqida ham aytilgan.
“0 ‘z qulini urgan inson—eng yomon insondir, qulni ozod etgan esa,
Alloh oldida gunohini yuvgan hisoblanadi”, — deb payg‘ambar eTon
qilgan.
25
Muhammad payg‘ambar qashshoqlikni oldini olish bo‘yicha ham
g‘amxo‘rlik qilgan, deb hisoblanadi. U “muhtojni ishlashga o‘rgatish
kerak, zeroki u yashashga mablag‘ ishlab topsin va o‘zini sadaqa bilan
boqishdan ozod etsin” deydi. Sadaqa so‘rash—gunohdir (faqatgina olov
bilan yuviladigan gunoh).
Islom majburiy sadaqadan (zakotdan) tashqari,
undan yuqorisini
ehson qilishni zikr etadi. qarzlardan kechish: qullarni ozod qilish,
bemorlar va o‘lganlarni ziyorat etish; vafot etganlarni dafn
marosimlariga
ko‘maklashish;
mehmondo‘stlik
ko‘rsatish
va
mehmonlarni himoyasini ta^minlash; musofirga yo‘l ko‘rsatish. Bular
ruhiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda bajariladi, o‘z manfaatini
ko‘zlamasdan, beminnat xayr-ehson sifatida.
Sadaqa, unga imkoniyati mavjud
inson tomonidan tarqatilib, 3
turga bo‘linadi:
a) bir marotabalik xayriya harakati;
b) gunohlarini yuvishga oid ehson, ya’ni jarima (kaffora) — bironta
islomiy ko‘rsatmani buzish (masalan, ro‘za tutish qoidalarini). Ushbu
ehson xayriya maqsadlariga qaratiladi;
v) mulkdorlarning foydaning bir qismini muhtojlarga ajratishi.
Sadaqani o‘zi bunga qodir bo‘lmagan insongina olishi mumkin.
O'zbekistonda ijtimoiy ish tarixini davrlashtirish o'ziga xso
xususiyatga ega va quyidagicha bo'ladi:
(islomgacha bo' lgan davr VIII asrgacha)
Umumiy xayriya davri (jamoaviy, diniy) ( VIII asrgacha.). O'rta
Osiyo hududida yordam va o'zaro ko'makning qabilaviy va jamoa
shakli zardushtiylik davrida vujudga keldi.
Ijtimoiy yordam qadimgi
Muvorounnahrda mavjud edi.
Diniy-davlat xayriya davri (XIY-XX asr.). Diniy xayriyana ega
aholiga ijtimoiy yordam berishning davlat tizimi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy rejalashtirish davri (1917-1991). Ijtimoiy ta'minot
tizimining isloh qilinishi. Ijtimoiy ta'minot vazirligi pensiya ta'minoti,
nogironlar, yolg iz va ko p bolali oilalar, ota-onasiz bolalarni qo llab-
quvvatlashni amalga oshiradi. Bu davrda mamlakatda na tekinxo r, va
tilanchilar bo' lmagan.
26
Ijtimoiy ish institutining shakllanish davri ( 1990- yy dan.).
Ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning o'zgarishi, narxlarning erkinlashtirilishi,
ishsizlik ijtimoiy muammolarga olib keldi. Qisqa muddatli dasturlar
paydo bo'ldi. Muhtojlarga yordam berish tizimi shakllandi.
Shuning
uchun bu muammo bizda va xorijda qanday hal qilinayotganini
o'rganish muhimdir.
Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishini uch bosqichga bo'lish
mumkin. Birinchi bosqich ijtimoiy ishning kasb sifatida paydo bo'lishi
bilan xarakterlanadi. Ikkinchisi 20-asrda shimoliy Amerika va
Yevropada ijtimoiy ishning ijtimoiy institut sifatida o'zgarishidir.
Uchinchi bosqich ijtimoiy ishning butun dunyoda qo'llanilish bilan
bog'liq.