|
Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari
|
bet | 2/7 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 231,49 Kb. | | #258398 |
Bog'liq XX asr oxirida Boltiqbo\'yi mamlakatlari rivojlanishning o\'ziga xos xususiyatlari2. Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari.
Milliy mustaqillik va demokratiyaning uzviy bog‟liqligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng kelajakda qanday yo‘ldan borishi masalasi kun tartibiga qo‘yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘ldi. Uning dolzarb bo‘lib qolishining bir qator ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning obektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo‘qligi va bo‘lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi ob‟ektiv sababi – ma‘muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo‘liga kirishi uchun ma‘lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo‘ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an‘analari asosida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo‘lmas, yangi kontsepsiya ishlab chiqish zarur edi.
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko‘pchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yo‘liga o‘ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo‘li: 1) kapitalistik; 2) sotsialistik; 3) milliy ozodlikka erishgan davlatlarning aralash yo‘nalishi haqidagi qarashlar bor edi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat‘iy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yo‘llari (modellari) ancha keng ko‘lam va maqsadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o‘z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog‘i zarurligi ma‘lum bo‘ldi.
Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo‘li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli, N.To‘xliev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko‘ra, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo‘lib, u huquqiy, ma‘muriy hamda xo‘jalik mexanizmlari orqali boshqariladi58. Bunday munosabatlarning sub‘ekti mulk egalari, xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy me‘yorlar ma‘lum darajada o‘z ta‘sirini o‘tkazadi.
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo‘ladi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global quyidagi modellari mavjud:
|
| |