|
2. Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari. Sobiq ittifoq respublikalarining ijtimoiy rivojlanish modellari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
|
bet | 1/7 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 231,49 Kb. | | #258398 |
Bog'liq XX asr oxirida Boltiqbo\'yi mamlakatlari rivojlanishning o\'ziga xos xususiyatlari
Mavzu: XX asr oxirida Boltiqbo'yi mamlakatlari rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlari.
Reja:
Kirish
1. Model tushunchasi va zamonaviy modellarning qisqacha tasnifi
2. Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari.
3. Sobiq ittifoq respublikalarining ijtimoiy rivojlanish modellari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
XX asrnining ikkinchi yarmidan boshlangan chuqur iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar natijasida rivojlanishning zamonaviy modellari shakllana boshladi. ―Model‖ tushunchasining talqinlari turlicha bo‘lib, ularda ba‘zan umumiylik jihatlariga ega bo‘lsa-da, ko‘pincha bir-biriga unchalik mos kelmaydi. Ba‘zi olmlar modelni ―davlat tuzumi‖ desa, boshqalari ―ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya‖ deb talqin etadi. Yana ba‘zilari esa uni ―ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘li shaklining chizgilari (ko‘rinishi)‖, deb talqin etadi. Ba‘zi o‘zbek olimlari fikricha, model – ―iqtisodiy bazisning asosi bo‘lgan huquqiy, ma‘muriy, xo‘jalik (bank, kredit, soliq va boshqa) mexanizmlar yordamida muvofiqlashadigan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarning ko‘lamli tizimidir. Shuningdek, model ko‘pincha ―rivojlanish modeli‖ yoki ―iqtisodiy rivojlanish modeli‖ tushunchasi sifatida ilmiy muomalaga kira boshladi. Aksariyat olimlarning fikricha, model ―jamiyatda amal qilayotgan mulkiy munosabatlar va tashkiliy shakllar asosida ro‘y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlar yig‘indisi mazkur jamiyatning iqtisodiy modelini tashkil etadi‖ 55 . Model mohiyatini tushunish asnosida jamiyatning xo‘jalik hayotining ko‘plab qonuniyatlarini anglab etish mumkin. Keyingi o‘n yilliklarda bozor, buyruqbozlik va aralash modellarni bir-biridan ajratib ko‘rsatish rusumga kirdi. Aksariyat mamlakatlar intilayotgan model – bu bozor iqtisodiyoti modelidir.
1. “Model” tushunchasi va zamonaviy modellarning qisqacha tasnifi
Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti tarmoqlanib ketgan biznes huquqiy me‘yorlari muhitida bir-biriga o‘zaro ta‘sir etuvchi, turli tuman ishlab chiqaruvchi, tijoriy, moliyaviy va axborot kabi ko‘plab tuzilmalaridan iborat - bozor deyiladigan yagona tushunchada o‘z ifodasini topadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy printsiplari quyidagilardan iboratdir:
-xo‘jalik faoliyatining erkinligi;
-bozor sub‘ektlarining teng huquqli bo‘lishi;
-iqtisodiy mas‘uliyat va tadbirkorlar tavakkal qilishga moyilligi;
-iqtisodiy raqobat;
-mollarga baho belgilash erkinligi;
-moliyaviy ko‘rsatkichlarning yetakchilik roli;
-bozorning barchaga taalluqli bo‘lishi;
-bozorning ochiqligi;
-davlat tomonidan muvofiqlashuvi;
-aholini ijtimoiy himoyalash.
Iqtisodiy jihatdan zaif mamlakatlarda an’anaviy iqtisodiy tizimga amal qilinadi. Iqtisodiy tizimning bu xili uchun qoloq texnologiya, qo‘l mehnatining keng tarqalishi, ko‘p ukladli iqtisodiyotning mavjudligi xosdir.
Ma’muriy-buyruqbozlik (markazlashgan-rejali) tizim ilgari SSSR, Sharqiy Yevropa mamlakatlari, XXR, Kuba, Vetnam, KXDR kabi mamlakatlarda hukmronlik qilgan edi56.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimi iqtisodiy rivojlanishning turli modellarini shakllanishini taqozo etdi. Ularning ichida rivojlanishning amerikan, yapon, nemis, shved, frantsuz va janubi Koreya modellari o‘zining samarali va rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi.
Amerika modeli aholini faol qismini boyishiga, tadbirkorlik faolligini har tomonlama rag‘batlantirish tizimi asosiga qurilgan. Aholining kam ta‘minlangan guruhlari uchun turli imtiyozlar va ko‘mak berish hisobidan maqbul hayot darajasi yaratiladi. Bu modelda ijtimoiy tenglik masalasi qo‘yilmaydi. Bu model yuqori mehnat unumdorligiga va shaxsiy muvafaqqiyat qozonishga asoslanadi. umuman amerikan modeliga iqtisodiy muvozanat va barqaror vaziyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat ta‘sirini qo‘llash xarakterli jihatdir.
Yana rivojlanishning amerikan modeli uchun quyidagilar xarakterlidir:
-davlat mulki ulushining kamligi va davlatning muvofqlashtirish rolini kamligi;
-tadbirkorlikni har tomonlama rag‘batlantirlishi (80 % yangi ish o‘rinlari kichik biznes hisobiga ochiladi);
-aholini boy va kambag‘allarga keskin tabaqalashuvi;
-aholining kam ta‘minlangan guruhlari uchun maqbul hayot darajasining mavjudligi;
-fuqarolarning mulkiy va ijtimoiy jihatlardan o‘zaro notengligini qisqartirishning oldindan ko‘zlanmasligi.
Yapon modeli uchun mehnat unumdorligining o‘sishiga nisbatan aholining hayot darajasini (jumladan, ish haqi darajasi ham) orqada qolishi xarakterli jihatdir. Ana shu hisobdan mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi, bu mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshib boradi. Bu kabi model milliy o‘zini o‘zi anglashning yuqori darajasiga erishish, ayrim olingan inson manfaatlaridan millat manfaatlarini ustuvorligini ta‘minlash, aholini mamlakatni gullab-yashnashi uchun fidoyilik qilish salohiyatini rivojlanishi natijasi asosidagina yashay oladi. Yapon modelining yana bir hususiyati iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida (ayniqsa, uning boshlang‘ich davrida) davlatning faol roli bilan izohlanadi.
Rivojlanishning yapon modeli uchun xos jihatlar:
-iqtisodiyotning asosiy sohalariga davlat ta‘sirining yuqori darajada ekanligi;
-iqtisodiyotni rivojlantirishni oldindan belgilanishi;
-firma rahbarlari bilan xizmatchilarning ish haqlari darajalari farqlarining kamligi;
-modelning ijtimoiy yo‘naltirilganligi.
GFR ijtimoiy bozor xo’jaligi. Bu model fashistlar davridagi kontsernlarni tugatish, barcha turdagi xo‘jalik yuritish shakllariga (yirik, o‘rta, mayda) barqaror rivojlanish imkoniyatlarini yaratish asosida shakllandi. Shu bilan birga, mittelshtand deb ataluvchi, ya‘ni mayda va o‘rta korxonalar, fermerlik xo‘jaliklari homiylikning alohida turidan keng foydalanadi. Davlat baholashlar, bojlar va texnikaviy me‘yorlarni o‘rnatishga faol ta‘sir etadi. Bu tizim asosida yotadigan bozor iqtisodiyoti yuqori samarali xo‘jalik faoliyatiga undaydigan rag‘batlantirishlarga ega bo‘ldi.
Nemis modelining xarakterli jihatlari:
-iqtisodiyotga davlat ta‘sirining yuqori darajada ekanligi;
-asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni olindan bashorat qilinishi;
-firma rahbarlari bilan xizmatchilarning ish haqlari darajalari farqlarining kamligi;
-modelning ijtimoiy yo‘naltirilganligi.
Shved modeli aholining kam ta‘minlangan qatlamlari foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash hisobiga mulkiy tengsizlikni qisqartirishga mo‘ljallangan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish bilan ajralib turadi. Bu davlat hammasi bo‘lib 4 % asosiy fondlarga egalik qilsada, o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab davlat harajatlari yalpi ichki mahsulotning 50 %idan ortiqrog‘ini tashkil eta boshladi. Biroq, bu harajatlarning yarmidan ko‘prog‘i ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo‘naltiriladi. Tabiiyki, bunga yuqori soliq yuki (ayniqsa, jismoniy shaxslar hisobiga) sharoitidagina erishish mumkin. Bu model ishlab chiqarish funktsiyasi raqobatdosh bozor asosida faoliyat yuritayotgan xususiy tadbirkorlar elkasiga tushadigan, yuqori hayot darajasini ta‘minlash (bandlik, ta‘lim, ijtimoiy sug‘urtalarni ham) va infratuzilmalarning ko‘plab unsurlari (transport, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar) davlat funktsiyasi hisoblanadigan ―funktsional sotsiallashtirish‖ ham deb ataladi.
Shved modelining xarakterli jihatlari:
-iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi;
-mulkiy tengsizlikni milliy daromadni taqsimlash vositasida qisqartirilishi;
-aholining kam ta‘minlangan qatlamlariga g‘amxo‘rlik qilish;
-davlatning mollarga baho belgilash va uni o‘rnatish jarayonlariga faol aralashuvi;
-mulkchilikdagi davlat sektorining nodavlat va shaxsiy sektorga nisbatan yuqori ulushga ega ekanligi.
Frantsuz modeli:
-davlatning yuqori muvofiqlashtiruvchi roli (1947 yildan buyon rivojlanishning besh yilliklar bo‘yicha istiqbolni belgilashga amal qilinadi);
-davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik faoliyatining ancha keng miqyosli ekanligi;
-davlatning kapital jamg‘arish jarayoniga aralashuvi.
Janubiy Koreya modelining yapon modeliga o‘xshash umumiy jihatlari mavjud. Ularga mamlakat aholisining psixologik taxliti, yuqori darajada mehnat sevarligi va o‘z burchiga mas‘uliyat bilan yondashuvi, shuningdek konfutsiychilik axloqiy me‘yorlarga asoslanishini misol tariqasida keltirish mumkin. Har ikkala model uchun xos jihat sifatida davlat organlarining iqtisodiyotni qayta qurishda faol ishtirok etishlarini keltirish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2. Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari. Sobiq ittifoq respublikalarining ijtimoiy rivojlanish modellari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
|