Atom elektr stansiyalari (AES)




Download 25,55 Kb.
bet2/3
Sana29.11.2023
Hajmi25,55 Kb.
#107492
1   2   3
3.Atom elektr stansiyalari (AES)
Atom elektr stansiyasi (AES) ning prinsipial sxemalari keltirilgan. AESda energiya, uran yadrosining parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan energiyadan issiq bug‘ yoki gaz olinib undan elektr energiyasi hosil qilinadi. Uran yadrosining parchalanishi uni neytronlar bilan bombordimonlash hisobiga sodir bo‘ladi, buning natijasida yadro parchalari-neytronlar va boshqa parchalanish mahsulotlari hosil bo‘ladi. Ular katta tezliklarga, ya’ni kinetik energiyaga ega. YAdro bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan energiya to‘liq issiqlikka aylantiriladi. Boshqariladigan zanjirli yadro bo‘linish reaksiyasi ketadigan qurilmaga yadro reaktori deyiladi.
Oddiy IESsi AESdan bug‘ qozonlardagi organik yoqilg‘ini yoqish natijasida olingan ishchi jismning issiqligi bilan farq qiladi. IESda suvni qizdirib undan bug‘ olish uchun, ko‘mir yoqib uni issiqligidan foydalaniladi. AESda esa boshqariladigan yadro bo‘linish reaksiyasidan olingan issiqlikdan foydalaniladi.
Ishchi kanallarning aktiv doira qismida metal qobiq bilan germetik ravishda uran yoki pluton o‘zak ko‘rinishda yadro yoqilg‘isi joylanadi. Bu o‘zaklarda katta issiqlik ajralishi bilan kechadigan yadro reaksiyasi sodir bo‘ladi. SHuning uchun yadro yoqilg‘ili o‘zaklarni issiqlik chiqaruvchi element yoki qisqacha TVELlar (teplovshelyayuщiy elementы) deb nomlanadi. Aktiv doiradagi tvellar soni bir necha mingta etadi. Aktiv doiraga neytronlarni sekinlashtiruvchi, issiqlik tashish uchun xizmat qiluvchi modda, joylashtiriladi. Issiqlik tashuvchi modda sifatida oddiy suv, og‘ir suv, suv bug‘i, suyuq metallar va inert gazlardan foydalaniladi. Issiqlik tashuvchi majburiy sirkulyasiya yordamida ishchi kanaldagi TVEL yuzalarini yuvib qiziydi va issiqlikni foydalanish uchun olib ketadi.
Oddiy suv yordamida eng tijorat reaktor bo‘linish jarayonida hosil issiqlik olib tashlash uchun. Ular engil suv reaktori deyiladi. Suv ham engillashtirish yoki bo‘linish jarayonida sekin neytronlar uchun xizmat qiladi. zanjir reaktsiya moderator sifatida xizmat qilish, suv paydo bo‘lishi mumkin emas, deb, shuning uchun reaktor, bu turdagi, nazorat qilish mexanizmlari ishlatiladi. Amerika Qo‘shma SHtatlarida, ikki ishlatiladigan inshootlar osonlik suv reaktor alohida turlari, bosimli suv reaktori (BR) va qaynoq suv reaktori (BR) bor.



Download 25,55 Kb.
1   2   3




Download 25,55 Kb.