TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.09.2024
Hajmi0,74 Mb.
#271776
1   2   3
Bog'liq
YO\'PA 0110

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 
E’tirof etish joizki, elektr energiyasini hosil qiluvchi quvvatlarni oshirish, magistral va 
taqsimlash elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha “O‘zbekenergo” davlat-
aksiyadorlik kompaniyasi qabul qilgan dasturlar asosida bir qator istiqbolli loyihalar, chora-
tadbirlar, xalqaro kredit institutlarining mablag‘larini jalb etgan holda qator investitsion 
loyihalar amalga oshirilayapti. 
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklanadigan energiya 
turlarini energetika sohasida keng qo‘llash yuzasidan bir qancha qator qaror va farmonlar 
imzolandi. Bugungi kunda dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish 
miqyosini kengaytirish tobora dolzarb masalaga aylanmoqda. Energiya resurslariga bo‘lgan 
talabning oshayotgani, uglevodorod xomashyosi zaxiralarining kamayib borayotgani yangi 
muqobil energiya manbalarini topishni va joriy etishni taqozo etmoqda. 
Ushbu hujjatlarda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali qayta tiklanuvchi energiya 
manbalarini yanada rivojlantirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish 


48 
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
2-JILD, 1-SON (YOʻPA) 
umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish, qayta tiklanadigan energiya 
manbalaridan va ulardan olingan elektr energiyasini tarmoqqa yetkazib berishning maxsus 
xarid tarifini (“yashil tarif”) joriy etish belgilandi. 
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining o‘rtacha yillik miqdori 
69-72 mlrd. kVt/soatni tashkil etib, 2030 yilgacha ushbu ko‘rsatkichni 2 barobarga oshirish 
nazarda tutilmoqda. Energetika sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish natijasida davlat-
xususiy sheriklik asosida qiymati 7,4 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan jami 19 ta loyiha 
amalga oshirilib, shundan bugungi kungacha 12 ta loyiha bo‘yicha tegishli bitimlar 
imzolangan. 
Bugungi kunda rivojlangan davlatlar energetika tizimida ishlab chiqarilayotgan 
energiyaning 40-60 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga to‘g‘ri kelayotgan bir 
vaqtda, ushbu ko‘rsatkich mamlakatimizda 5 foizni ham tashkil etmasligi ushbu yo‘nalishda 
olib borilayotgan ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi. 
Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan 
ishlarning natijadorligi past darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Davlat- xususiy sheriklikni 
rivojlantirish asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yuzasidan 
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bugungi kunda yetarli 
darajada emas. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi resurslarni va 
energiyani tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish yuzasidan 
ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Oxirgi yillarda biogaz energiyasi bo‘yicha ko‘pgina tajribalar qilindi va kerakli 
natijalarga erishildi. Bir tonna hajmdagi chiqindi saqlaydigan biogaz qurilmasi bir oilani 6 oy 
mabaynida gaz bilan ta’minlashi mumkin [4]. Hozirda olimlarimiz bunday qurilmalarni 
yanada takomillashtirish usulida ish olib bormoqda. Respublikamizda shamol energiyasidan 
foydalanish bo‘yicha ham ko‘plab tajribalar qilinmoqda. Amaliy loyihalar ilgari surilmoqda. 
Chunki mamlakatimiz ba’zi hududlarida doimiy (Bekobod va Qo‘qon) boshqa joylarida esa 
mavsumiy shamol esishi kuzatiladi. Muqobil energiyadan foydalanishning iqtisodiy tomonlari 
odamlarga tushuntirish kerak. Bu doimiy energiya, tekin energiya, cheksiz energiya 
manbaidir. 
Masalan, 1 KVt quyosh fotoelektrik stansiyasi bitta xonodonga bemalol yetadi, buni 
laboratoriya sharoitida ishlab chiqadigan bo‘lsa, 15 million so‘m atrofida mablag‘ talab qilinar 
ekan. Eshitilganda bu katta mablag‘ tuyuladi, lekin o‘rtacha 50 yilga taqsimlaganda bu arzimas 
bo‘lib qoladi [5]. Masalaning yana muhim jihati shundaki, quyosh panellari yordamida olingan 
elektr energiyaning tannarxi asosan yarim o‘tkazgichli kremniy bahosiga bog‘liq. Ayniqsa, 
umumta’lim maktablarida quyosh energiyasidan foydalanishga mo‘ljallangan yangi turdagi 
laboratoriya asboblarini yaratganligi taqsinga sazovordir.

Download 0,74 Mb.
1   2   3




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish