• Servis dasturiy ta’minot
  • Стандартные
  • Стандартные
  • Laboratoriya ishini bajarish tartibi




    Download 0,72 Mb.
    bet2/3
    Sana22.11.2023
    Hajmi0,72 Mb.
    #103440
    1   2   3
    Bog'liq
    2-laboratoriya ishi. Kompyuterlarda xizmat ko‘rsatish dasturlari

    1. Laboratoriya ishini bajarish tartibi
    Mavzuga oid tayanch tushunchalarni o‘rganish.
    Kompyuterlarda xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda - servis dasturiy ta’minotlari nazarda tutiladi.
    Servis dasturiy ta’minot – bu bazaviy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini oshiruvchi (kengaytiruvchi) va foydalanuvchilarni kompyuterda ishlashi uchun muhitini yaratuvchi dasturlar, dasturlar majmuidir.
    Servis dasturiy ta’minot - bu foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlash uchun qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturiy mahsulotlar majmuidir
    Dasturiy ta’minot kompyuter tizimining ajralmas qismidir.
    Dasturiy ta’minot texnik vositalarning mantiqiy davomidir.
    Muayyan kompyuterni qo‘llanish doirasi uning uchun yaratilgan dasturiy ta’minot bilan belgilanadi.
    Kompyuterning o‘zi biron bir bilimlarga ega emas. Kompyuter bilimlarining barchasi unda ishlaydigan dasturlarda mujassamlanadi. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti millionlab - o‘yinlardan tortib to ilmiygacha bo‘lgan dasturlarni o‘z ichiga oladi.
    Odatda tizimli dasturiy ta’minot ikkiga: 1)bazaviy dasturiy ta’minot va 2) servisli dasturiy ta’minotlarga ajratiladi.
    Bazaviy dasturiy ta’minotlar: 1)operatsion tizimlar; 2)operatsion qobiqlar; 3) tarmoq operatsion tizimlardan iborat bo‘ladi.
    Servis dasturiy ta’minotlari: 1)kompyuter ishlashini ta’minlovchi diagnostika dasturlari; 2) antivirus dasturlari; 3)disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlari; 4)ma’lumotlarni arxivlash dasturlari; 5) tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish dasturlaridan iborat bo‘ladi.
    Servis dasturiy ta’minot – bu bazaviy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini oshiruvchi (kengaytiruvchi) va foydalanuvchilarni kompyuterda ishlashi uchun muhitini yaratuvchi dasturlar, dasturlar majmuidir.
    Servis dasturiy ta’minot - bu foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlash uchun qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytirish dasturiy mahsulotlar majmuidir
    https://qipu.ru/yota/chto-vhodit-v-programmnoe-obespechenie-sistemnoe -programmnoe-obespechenie.html-
    Bazaviy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytirish uchun qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan servis dasturlari (yoki operatsion tizimlar bilan bevosita ta’minlangan dasturlar) majmui bo‘lib, ularni funksional xususiyati bo‘yicha quyidagicha tasniflash mumkin:

    • kompyuter ishlashini diagnostika qilish dasturlari;

    • kompyuterni himoya qiluvchi, zararlangan fayllarni aniqlovchi va tiklovchi antivirus dasturlari;

    • disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar, fayl tizimini mantiqiy va fizik darajadagi xavfsizligini nazorat qilish, disklarni siqish, disklarning zaxira nusxalarini yaratish, tashqi tashuvchilarda malumotlarni rezervlash dasturlari;

    • ma’lumotlarni arxivlash dasturlari, fayllarni kompyuterda saqlash uchun ularni siqish jarayonini ta’minlovchi dasturlar;

    • tarmoq xizmat dasturlari.

    Bu dasturlar ko‘pincha utilitalar deb ataladi. Utilitalar-ma’lumotlarni qayta ishlash yoki kompyuterlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish kabi (diagnostika, apparat va dasturiy ta’minotlarni testlash, disklar makonidan foydalanishni optimallashtirish, magnit diskda yo‘qotilgan axborotlarni tiklash va h.k.) yordamchi operatsiyalarni bajarishga xizmat qiluvchi dasturlar.
    Zamonaviy operatsion tizimlarda bunday utilita xizmatlarni, masalan, Windowsda standart (Стандартные'>Стандартные) va xizmat (Служебные) dasturlari guruhlari ko‘rsatish mumkin. Ularga bir qator foydali dasturlar: kalkulator, ovoz yozish, bloknot va boshqalar kiradi. Operatsion tizimni xizmat dasturlari guruhida operatsion tizimning imkoniyatlarini kengaytiruvchi bir qator dasturlar mavjud: diskni tozalash va defragmentatsiya, tizimni tiklash va boshqalar.
    Odatda tizimli dasturiy ta’minot kompyuterlar bilan birgalikda, servis dasturiy ta’minotlari esa qo‘shimcha ya’ni alohida sotib olinadi.
    Demak, utilita (yordamchi) - tor doiradagi aniq vazifalarni bajaradigan uskunalar va operatsion tizimlarning standart imkoniyatlarini kengaytiradigan kompyuter dasturlaridir









    Windows OTni “Стандартные” utilitasi

    Windows OTni “Служебные” utilitasi




    Download 0,72 Mb.
    1   2   3




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishini bajarish tartibi

    Download 0,72 Mb.