E.YU.K
. hosil bo’ladi.
5.Yonilg’i sarfi.
Yonilg’i sarfi og’irlik va hajmni o’lchab aniqlanadi. Birinchi usulda yonilg’i
sarfining vaqti o’lchanib, shu vaqt ichida sarf bo’lgan yonilg’i tarozida o’lchanadi.
Bu usulning afzalligi shundaki, yonilg’ining zichligi harorat ta’sirida o’zgarsa ham
o’lchashdagi xatolikka ta’sir etmaydi. Bu usul stendda o’tkaziladigan sinovda
qo’llaniladi.
Yonilg’i sarfini hajm bo’yicha o’lchash usuli stend yoki yo’l sinovlarida
qo’llaniladi (rasm)
Rasm. Yonilg’i sarfini hajm bo’yicha o’lchash stendining sxemasi.
Bu usulda yonilg’i nasosi yonilg’i bilan yaxshi ta’minlanadi. Bugungi kunda
TCHP turidagi 4 silindrli yonilg’i o’lchagichlar ishlatiladi. Ularning 0,5-401/soat
va 3-101/soat unumdorlikka ega turlari bo’lib, xatolik ±1%.
Shovqin va zirillash
Shovqin va zirillashni o’lchashning prinsipial sxemasi rasmda ko’rsatilgan.
Rasm. Shovqin va zirillashni o’lchash tizimi
1-mikrafon; 2-zirillashni qabul qilgich; 3-integrator; 4-shovqinni o’lchagich; 5-
manitograf; 6-tahlil etgich; 7-EHM.
Bu parametrlar asosan bir vaqtda o’lchanadi. Shovqinni o’lchashda chastota
diapazoni 10-8000 G
s
va bosim diapazoni 30-140 dB bo’ladi. Ma’lumki “desi”-
lotin tilida o’ndan birni, “bel”- logarifmik nisbiy raqamni, desibel-belning o’ndan
birini, ya’ni 1dB-0,1B ni anglatadi. Detsibil-tovush bosimi R ning darajasini
bildirib, quydagi nisbat bilan aniqlanadi L-201g P÷P
o
-1.
Bu yerda P
o
tovushning chegaraviy bosimi, u 2·10
-5
Pa ga teng.
1Pa=1N/m
2
=9,8·10
-7
atm.
|