Rasm. Harorat (a) va suyuqlik bosimini (b) o’lchash
datchiklari
Suyuqlik bosimlari o’lchash datchigining yana bir turi rasm, v da ko’rsatilgan.
Rasm, v. Suyuqlik bosimini o’lchash datchigi.
Bu turdagi datchiklarning kamchiligi inersionlik xususiyatdir. Shuning uchun u
sekin o’zgaruvchi bosimni (1Г
ц
gacha) o’lchashda asqatadi.
Membranali va induktiv datchiklar 5 kГ
ц
chastotali o’zgaruvchi tokda ishlab,
0,001; 0,01; 0,2; 1; 2 MPa bosimlarni o’lchaydi.
4.Yo’l, tezlik, burchak tezlik, harorat.
Bosilgan yo’l va tezlik “beshinchi” g’ildirak yordamida aniqlanadi.
“Beshinchi” g’ildirak kardan sharniri yordamida avtomobilga ulanadi.
G’ildirakning yo’l bilan kontaktini ta’minlash uchun prujina bor. Yo’lni
g’ildirakning aylanish sonini,
vaqtni yozish natijasida V
A
va J
A
ni aniqlash
mumkin. Keyingi vaqtda kontaktsiz o’lchagichlar ishlatilmoqda. U optik
korrelyasiya usuliga asoslangan.
Burchak tezlikni aniqlashning mexanik, elektrik usullari mavjud.
Mexanik
asbobga taxometr, taxoskop kiradi. Taxometrda yukchalar bo’lib, u markazdan
qochma kuch ta’sirida strelkani buradi. Taxoskopda esa ma’lum vaqt ichida
aylanishlar soni yoziladi. Elektrik taxometr taxogenerator deb ataladi. U statorning
aylanish chastotasiga mos ravishda tok ishlab chqaradi.
Avtomobillarni sinash vaqtida (masalan,
tortish va tormozlanish
dinamikasida) uning bosib o’tgan yo’li, tezligini kata aniqlik bilan o’lchash kerak.
Masalani hal etishda “beshinchi g’ildirak” nomli moslama asqotadi. “Beshinchi
g’ildirak” deyilishiga sabab, har qanday harakatlanuvchi ob’ekt ko’pincha to’rtta
g’ildrakka tayansa, moslama “beshinchi g’ildirak” sifatida avtomobil ramasining
ketiga ulanadi va o’z vazifasini bajaradi.
Rasim. “Beshinchi g’ildirak”ning konstruksiyasi ishchi holatida.
“Beshinchi g’ildirak”ning turli konstruksiyalari mavjut bo’lib, uning ishlatilgan
turining tuzilishini ko’rib chiqamiz (rasm). U quyidagilardan iborat:
1-g’ildirak vilkasi;
2-parallelogirammli mexanizm;
3-yumshoq shinali g’ildirak;
4-vilka katta burchakka chetlashganida uni sinishdan saqlovchi moslama;
5-g’ildrakni yo’lga jipslovchi prujina;
6-g’ildrak o’qi;
7-yo’l va tezlikni o’lchash bloki;
8-mahkamlash kronshteyni;
9-avtomobil bamperi.
“Beshinchi g’ildirak”ning vazifasi sinash vaqtida avtomobilning o’tgan yo’li
va tezligini yuqori aniqlik bilan o’lchashdir.
G’ildirak vilkasi (1) g’ildirakka tayanch bo’lib,
u umumiy ramaga
mahkamlaydi. Parallelogrammli mexanizm g’ildrakning gorizantal va vertikal
yo’nalishlarda kinematik harakatlanishini ta’minlaydi. G’ildirak (3) ma’lum bir
radiusga ega bo’lib, uning har bir aylanishi avtomobil o’tgan yo’lni, uning vaqt
birligida o’zgarishi esa harakat tezligini aniqlash uchun kerak. Purjina (5) g’ildirak
notekis yo’lda harakatlangani uchun, uning yo’l bilan kontaktini doim ta’minlab
turadi va o’lchash aniqligini kafolatlaydi. Yo’l va tezlikni o’lchash bloki (7)
g’ildirak o’qi
bilan aylanadigan disk bilan, unda yolni o’lchash uchun 63 teshik,
tezlik uchun esa 54 teshik mavjud. Disk yorug’lik va fotodiodlar bilan
ta’minlangan bo’lib, ularning signallari elektronik qayta ishlanib, yo’l va tezlik
sifatida kompyuter-noutbuk tablosida ko’rsatiladi
hamda tegishli faylga ham
surunkali yoziladi.Ishchi holatida “beshinchi g’ildirak” mahkamlash kronshteyni 8
yordamida sinaluvchi avtomobil bamperiga mahkamlanadi.
Harorat termometrlar yordamida o’lchanadi. U monometrik termometr yoki
aerotermometr deb ataladi. Ularning o’lchash aniqlik 2-3% (rasm, a). Yuqori
haroratni (300
o
-350
o
C) o’lchash uchun termorezistor ishlatiladi. U temir oksid,
nikel, marganes kukunini qovushtiruvchi suyuqlik bilan qotiriladi. Qotishmaning
xususiyati shundaki, u qizdirilganida elektr qarshiligi kamayadi 400
o
C
dan ortiq
harorat termopara yordamida o’lchanadi. Agar ikki xil metall birlashtirib qizdirilsa,
unda termo