|
Ekspertiza departamenti. Axborot tizimlari ekspertizasi bo‘limi
|
bet | 5/6 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #251345 |
Bog'liq 2-ma\'ruza (2)Ekspertiza departamenti. Axborot tizimlari ekspertizasi bo‘limi - Texnik ekspertiza o'tkazishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro va milliy standartlar O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, va normativ hujjatlarining talab va normalariga rioya etilishini kuzatish;
- Topshiriqlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertizadan o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Axborotni Markazga axborot uzatish kanallari orqali qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini yaratish, joriy etish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona texnik siyosatni ta'minlash;
- Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining aloqa sohasidagi tashkilotlari doirasida loyiha ekspertizasini tashkil qilish va takomillashtirish bo'yicha ishlarni amalga oshirish;
- Bo’lim vakolatiga kiradigan loyihalarni ekspertizadan o'tkazish va loyihalarni tezkor boshqarish bo'yicha nazoratni amalga oshirish;
- Belgilangan talablarni inobatga olgan holda bo'lim va boshqarmaning vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha maslahat va axborot xizmatlarini taqdim etish;
- Bo'lim va Markaz faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Ekspert xulosalarini tayyorlash bo'yicha ishlarni amalga oshirish;
- Loyihalarni texnik ekspertizasini o'tkazish bo'yicha jahon tajribasini o'rganish va tahlil qilish.
Xizmat ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va texnik jihatlar:
Zarur hujjatlar va texnik jihatlar
- belgilangan shakldagi ariza;
- axborot tizimini yaratish uchun ishlab chiqilgan texnik topshiriqning tasdiqlangan elektron nusxasi (skanerlangan nusxasi);
- axborot tizimining klonlangan versiyasi;
- axborot tizimining klonlangan versiyasiga masofadan kirish uchun ruxsat;
- ushbu axborot tizimida foydalaniladigan har bir rol uchun alohida qayd ma’lumotlari, shu jumladan super administrator qayd ma’lumoti (uchetnaya zapis).
|
| |