sirpanishlar o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradilar. Bunda elektromagnit moment
M
ham
o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib
tormozlovchi
bo‘ladi, ya’ni asinxron mashina
generator
rejimiga
o‘tadi. Asinxron mashina generator rejimda birlamchi motordan mexanik
energiya olib, uni elektr energiyaga aylantirib tarmoqqa uzatadi. Bunda sirpanish
0>s> –
oraliqda o‘zgaradi.
Agar asinxron mashinaning rotori boshqa motor bilan stator magnit maydoni
aylanishiga teskari yo‘nalishda aylantirilsa, rotor chulg‘ami o‘tkazgichlaridagi
EYK va
tokning aktiv tashkil etuvchisi motor rejimidagi singari yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni
mashina tarmoqdan energiya oladi. Lekin bu rejimda
elektromagnit moment rotor
aylanishiga teskari yo‘nalib, tormoz-lovchi bo‘ladi (6.3,
s
-rasm). Bu rejim – asinxron
mashinaning
elektromagnit tormoz rejimi
deyiladi. Bunda rotorning aylanish yo‘nalishi
aylanuvchi magnit maydonnikiga nisbatan teskari bo‘lgani uchun rotor aylanish
chastotasi
n
<0, sirpanishi esa 1< s <
oraliqda o‘zgaradi. Bu rejimda asinxron
mashina rotor tomonidan mexanik energiya, stator tomonidan esa elektr energiya oladi.
Asinxron mashinaning elektromagnit tormoz rejimi amaliyotda kranlarda va
ko‘targich mexanizmlarda yukni tushirish jarayonida uning tezligini kamaytirish
yoki zarur bo‘lganda ularni tezda to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Bu maqsadda stator
chulg‘amiga tarmoqdan ulangan xohlagan ikki faza simining o‘rnini
almashtirib
ulash kerak bo‘ladi. Bu holda statorning aylanuvchi magnit maydoni o‘z yo‘nalishini
o‘zgartiradi va tormoz momentini hosil qiladi. Bu rejimda sirpanish katta (s =1)
bo‘lganligidan, rotor chulg‘amidagi EYK, demak, tok ham katta bo‘ladi. Bu tokni
kamaytirish uchun faza rotorli motorda rotor chulg‘amini aktiv qarshilikka –
tormozlovchi reostatga ulaydilir.
Sanoatda qo‘llanilayotgan asinxron motorlar nominal yuklama bilan
ishlaganda sirpanish
s
N
3
5 % ni, maxsus asinxron motorlarning ayrimlarida
esa
s
N
12
15% ni tashkil qiladi.
Maruza matni bo‘yicha nazorat savollari:
2.1 AS texnik holati deb nimaga aytiladi?
2.2 AS ishlash qobiliyati deb nimaga aytiladi?
2.3 ASda qanday texnik holat ko‘rsatkichlari mavjud?
2.4 ASni ishlash qobiliyat shartini yozing?
2.5 Buzilishlar qanday turlarga bo‘linadi?
2.6 Maruza matni bo‘yicha tayanch iboralar: