6.1-rasm. “
BROWN BOVERI
” (Shvetsariya) firmasi ishlab chiqargan katta
quvvatli faza rotorli asinxron motori (
a
); qisqa tutashgan rotorli asinxron motori
(
b
)
Asinxron motor rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bo‘ladi:
1) qisqa tutashgan rotorli asinxron motor;
2) faza rotorli asinxron motor.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor – rotorining magnit o‘zagi pazlariga
eritilgan alyuminiy quyilib chulg‘am o‘tkazgichlari (sterjenlar) hosil qilinadi va
ularning pazlardan tashqari uchlari ikki tomondan quyma alyuminiy halqalar orqali
qisqa tutashgan bo‘ladi. Natijada, yaxlit "olmaxon katagi" (6.2,
a,b
-rasmlar)
ko‘rinishidagi qisqa tutashgan chulg‘am hosil qilinadi.
6.2-rasm. Qisqa tutashgan rotor chulg‘amlari turlari:
a
) olmaxon qafasi;
b
)
quyma alyuminiyli rotor;
d
) bir katakli;
e
) ikki katakli;
f
) chuqur katakli
chulg‘amlar
Faza rotorli asinxron motori ham val, valga o‘rnatilgan magnit o‘zak, uning
pazlariga bir-biriga nisbatan 120
0
ga siljigan uch fazali chulg‘am joylashtiriladi.
Rotorning faza chulg‘amlari keti yulduz usulida ulangan bo‘ladi va boshlari esa
valning bir tomonida o‘rnatilgan uchta mis yoki jez (mis va rux aralashmasi)
halqalarga ulanib, shchetkalar yordamida tashqi zarjir bilan ulanadi.