|
2-ma‘ruza mavzu: Konchilik qurilmalari elektr ijro mexanizlarida asinxron dvigatellarBog'liq 2-ma\'ruza
2-MA‘RUZA Mavzu: Konchilik qurilmalari elektr ijro mexanizlarida asinxron
dvigatellar.
REJA
1. Asinxron mashinaning tuzilishi
2. Ishlash prinsipi.
3. Asinxron mashinaning ishlash rejimlari.
Maruza matni bo‘yicha tayanch iboralar:
1. Texnik holat; 2. Ishlash qobiliyati; 3. Agregat va tizimlarning texnik holat ko‘tsatkichlari;
4. Ishlash davomiyligi; 5. Resurs; 6. TXK davriyligi; 7. Texnik holatning boshlang‘ich qiymati; 8.
Texnik holatning oxirgi qiymati; 9. Buzilish; 10. Nosozlik; 11. Buzilishlarning tasnifi; 12. Ishlash
sharti; 13. Konstruksion buzilishlar; 14. Ishlab-chiqarish bo‘yicha buzilishlar; 15.
Yekspluatatsion buzilishlar; 16. Tasodifiy buzilishlar; 17. Asta-sekin buzilishlar; 18. Talab
bo‘yicha bo‘ladigan buzilishlar; 19. Bog‘liqli buzilishlar; 20. Bog‘liqsiz buzilishlar.
Asinxron motorlar
elektr yuritmaning asosini tashkil etib, xalq xo‘jaligining
barcha sohalaridagi boshqarilmaydigan va avtomatik boshqarish jarayonlarida, kon
ishlaridagi yirik, o‘rta va kichik quvvatli elektr jihozlari yuritmalarida, qishloq
xo‘jaligida va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Asinxron mashinalari motor,
generator va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlash imkoniga ega bo‘lsalar xam,
aksariyat motor rejimiga mo‘ljallanib ishlab chiqarilmoqda. Rotor aylanish tezligini
o‘zgartirib boshqarish imkoni bo‘lgan faza rotorli asinxron motorlar sanoatning
ba’zi sohalarida ishlatilsa, yaqin o‘tmishgacha boshqarish imkoniyati cheklangan
deb kelingan, eng arzon, ekspluatatsiyasi eng qulay deb topilgan qisqa tutashgan
rotorli asinxron motorlari xalq xo‘jaligining barcha sohalarida eng ko‘p tarqalgan
elektr motori sifatida ishlatilmoqda. Yarim o‘tkazgichli o‘zgartkichlar texnikasi va
elektromexanika fanlarining keyingi 20-30 yillar mobaynidagi keskin rivojlanishi
natijasida chastotali boshqarish imkoniyati ochib berilgan qisqa tutashgan rotorli
asinxron motorlari xalq xo‘jaligining ko‘plab sohalarida o‘z o‘rnini topmoqda.
|
| |