Windows Mobile operatsion sistemasi




Download 457,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana20.02.2024
Hajmi457,9 Kb.
#159180
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Maruza

Windows Mobile operatsion sistemasi. Windows Mobile – Microsoft firmasining mobil 
qurilmalar uchun yaratilgan operatsion sistemasidir. Bu operatsion sistemasi Windows CE 
(Consumer and Embedded) oilasiga 
mansub bo‗lib, Windows Mobile yadrosi Windows CE operatsion sistemasiga asoslanadi. 2010 
yildan Windows Mobile operatsion sistemasi – Windows Phone deb yuritila boshladi, ya‘ni 
Windows Phone Classic 6.5 versiyasi yaratilgandan keyin. Bugungi kunda bu operatsion 
sistemaning ommalashganligi jihatidan mobil qurilmalar ichida uchinchi o‗rinni egallamaoqda (1- 
jadval). Windows Mobile operat- sion sistemasi PocketPC, smartfonlar, kommunikatorlar mobil 
qurilmalarida ishlatiladi. Windows Mobile ning birinchi versiyasi 1996-yilda yaratilgan. Windows 
Mobile turli xildagi dasturiy ta‘minot va imkoniyatlarga ega: 
Office Mobile mobil qurilmalar uchun yaratilgan bo‗lib, Microsoft Office dasturining analogi, 
formatlari to‗liq mos keladi; 
Windows Media Player – multimediali pliyer, shaxsiy kompyuterining Windows operetsion 
sistemasi anologi; 
Internet Explorer Mobile - veb-brauzer, shaxsiy kompyuterining Windows operetsion sistemasi- 
dagi Internet Explorer dasturining anologi; 
Bluetooth va Wi-Fi – kommunikatsiyaning zamonaviy turlarini qo‗llaydi. 
1- jadval 
Turli mobil operatsion sistemalar bilan mobil qurilmalarning munosabatlari 
 
Platformalar 
2007-y. 
2008-
y. 
2009-
y. 
2011-
y. 
2012-
y. 
2013-
y. 
2015-
y. 
Nokia (Symbian OS) 
62,3 % 
52,4 % 
47,2 % 
20,9 % 
2,4 % 
— 
— 
BlackBerry (BlackBerry 
OS) 
10,9 % 
16,5 % 
20,8 % 
14,9 % 
5,3 % 
2 % 
1,1 % 
Apple (iOS) 
5,2 % 
9,6 % 
15,1 % 
15,7 % 
13,9 % 
14 % 
13,6 % 
Microsoft 
(Windows 
Mobile, 
Windows Phone 8) 
11,9 % 
13,9 % 
8,8 % 
5,5 % 
2,4 % 
4 % 
5,3 % 
Google (Android) 
— 
0,5 % 
4,7 % 
39,5 % 
72,4 % 
80 % 
79,9 % 


Samsung (Bada) 
— 
— 
0,1 % 
1,9 % 
3,0 % 
— 
— 
Boshqalari (Linux, Palm 
OS) 
9,6 % 
7,2 % 
3,4 % 
3,5 % 
0,97 % 
0,3 % 
0,1 % 
 
2013-yilda shaxsiy kompyuterlar, palnshetlar va smartfonlar uchun universal bo‗lgan yangi 
Windows Phone 8.1 operatsion sistemasi yaratildi. Windows Phone yopiq kodli sistemadir. Bu 
platfor- mada HTC, Nokia, LG, Samsung, Dell kompaniyalari mobil qurilmalarni ishlab 
chiqmoqdalar. 
―Microsoft‖ korporatsiyasining ―Windows‖ operatsion sistemasi bazasida ishlovchi gadjetlar 
soni hozirgi kunda 1,5 milliard donadan iborat bo‗lsa, oradan to‗rt yil o‗tib bu raqam 2,28 
milliardga yetadi. Ana o‗shanda Android bu borada ―Windows‖dan o‗zib ketadi. Ekspertlarning 
ta‘kidlashicha, 2018- yilga kelib odamlar shaxsiy kompyuterlrga qaraganda ko‗proq smartfon, 
planshet kabi mobil qurilma- larni ishlatadigan bo‗ladi. 
Apple turli qurilmalarni o‗zi ishlab chiqarsa ham unda foydalanuvchi uchun lozim bo‗lgan 
barcha qurilmalar uchun takliflar bor: desktop kompyuteri sifatida Mac-mini, iMac, Mac-pro; 
noutbuklar - Macbook, Macbook-air, Macbook-pro; iPhone, ipod-touch, ipad va hokazo. Microsoft 
ham Windows ning so‗nggi versiyalaridan so‗ng planshet uchun ham operatsion sistemaga ega. Ikki 
kompaniyada ham to‗liq ekotizim inobatga olingan. Ushbu kompaniya qurilmalaridan dunyoning 
deyarli barcha davlatlarida foydalanish mumkin. 
Stiven Elop so‗zlariga ko‗ra, ―Nokia‖ Windows Phone asosida yarata olgan innovatsion yechim- 
laridan to‗la qoniqishga ega. Kompaniyaning oxirgi mahsuloti – ―Microsoft‖ yaratgan Windows 
Phone 8 operatsion sistemasiga asoslangan Nokia Lumia 920 smartfonining muvaffaqiyati bu 
qoniqishning asosli ekanligini ko‗rsatadi. 
«Biz ―Microsoft‖ bilan ―Windows Phone‖ asosida muvaffaqiyatli innovatsiya yarata oldik va 
endi uning narxini tushirishga e‘tibor beramiz, - deya va‘da berdi Stiven Elop: – Vaqti kelib, siz 
uning Android bilan qanday raqobat qilishini ko‗rasiz. Shu bilan birga, biz qat‘iy ishonch bilan ayta 
olamiz: Asha bazasida smartfonlar chiqarishni davom ettiramiz va bu bilan Androidga eng quyi 
narxli smartfonlar bozorida zarba beramiz». 
Uning aytishicha, kompaniya bundan keyin ham ―Microsoft‖ bilan hamkorlikni davom ettiradi 
va o‗zining arzon smartfonlari liniyasi – Nokia Asha ilgari surishga katta e‘tibor beradi. Ushbu 
qurilmalar Android iPhonlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlarda bemalol raqobatlasha oladi. 
Nazorat savollari 
1. Operatsion sistema va mobil OS lar haqida gapiring. 
2. Android OS, Apple iOS va Windows Phone OS larning ishlanish prinsipi qanday? 
3. Mobil Oslarni taqqoslang. 

Download 457,9 Kb.
1   2   3   4   5




Download 457,9 Kb.
Pdf ko'rish