4- rasm. iOS 9.1 iPhone (chapda) va iPad Pro (o‘ngda)
Apple iOSning versiyalari bilan tanishaylik.
Apple iOS 1- versiyasi 2007-yilning iyun oyida ishlab chiqarilgan. 1.1 versiyasi 2007-yilning
sentabrda iTunes servisiyasini qo‗shgan holda va avvalgi xatolarni to‗g‗rilagan holda ishlab
chiqarildi.
1.1.4
versiyasi 2008-yilning fevralida sistema tezligi oshirilgan holda ishlab chiqarildi.
2.1 versiyasi 2008-yilning sentabrida batareyka uzoq muddatga xizmat qilishini ta‘minlash
maqsadida sistemaga yangi o‗zgartirishlar kiritildi. Ular quyidagilardir:
Batareyka qismi uzoq
muddat ishlaydigan qilindi;
iTunesda ma‘lumotlarning rezerv ko‗chirish davomiyligi qisqartirildi;
Elektron
pochta bilan ishlash ishonchliligi oshirildi. POP va Exchange pochtalar bilan
ishlash imkoniyati oshirildi;
Dasturni o‗rnatish
tezligi oshirildi;
Ko‗p dastur o‗rnatilganda tizimning xatolik berilishi tuzatildi;
SMS olish va yuborish modulining ishlash tezligi oshirildi;
Kontaktlarni yuklash va qidiruv tizimining ishlash tezligi oshirildi;
3G signallarini ushlovchi kuchliroq indikator o‗rnatildi;
Matn xabarlarini olishda ogohlantirishlar (2 martagacha) qismi qo‗shildi;
Geniuspleylist yaratildi.
2008-yilning 21-noyabrda Apple iOS sistemaining 2.2 versiyasi yaratildi. Bu versiyada quyidagi
qo‗shimchalar qo‗shildi.
Google Street View servisi qo‗shildi. Bu servis manzil bo‗yicha piyoda, avtomobilda yoki
jamoat transport qanday borish, masofa uzunligi, borish yo‗llari haqida umumiy ma‘lumot beradi.
Pochta orqali foydalanuvchining turgan joyi koordinatsiyasini yuborish
ham bu modul vazifasiga
kiradi.
iTunesning dizayni o‗zgartirildi. Ovoz sifati, vizual ovozli xabarlar olish maqsadida sifatli
qilindi. 3G modem esa 02.28.00 versiyasiga yangilandi.
-Trafik hisoblagich xatoligi (avvalgi versiyalarda 4 gb gacha hisoblar edi xolos) to‗g‗rilandi.
SMS sig‗imi 10000 donadan 75000 donagacha kengaytirildi.
Keyinchalik Apple iOS sistemasinig yangidan yangi versiyalari chiqarildiki, Apple iOS dastur-
chilarning bu tizim uchun dastur yozish ishlari osonlashgan bo‗lsa, foydalanuvchilarga esa qulay
imkoniyatlar yaratildi. Apple iOS sistemasining so‗ngi versiyasi 5.1 (Build 9A405) 7-mart 2012-
yilda ishlab chiqildi. Hozirgi paytda Apple iOS sistemasining quyidagi standart dasturlari mavjud:
-Xabarlar (Xabarlar qabul qilish va yuborish)
-Kalendar (iCal, MicrosoftOutlook, Gmail bilan sinxronizatsiya qilish mumkin)
Fotografiya/Kamera (videoga olish,
rasmga tushirish, iPhone 3GS)
Soatlar (Xalqaro soat, budelnik, taymer, sekundamer)
Telefon (audiokonferensiya bunda gaplashish payti boshqa dasturlarga ishlash imkoniyati
mavjud.)
Diktofon (ovoz yozish qurilmasi. iTunes orqali o‗rnatiladi)
Musiqa (iTunes orqaliyuklanadi)
Safari ( Internet brauzer)
Kalkulyator
Karta (Google maps)
Kontaktlar
Tizim sozlanmalari (nastroyki)
iTunes
App Store
Ob - havo ma‘lumotlari.
O‗yin modullari.
iBook dasturi (AppStore dan olingan kitoblarni o‗qish)
Spot light (Internet yoki Wikipediadan qidirish tizimi)
Kiosk (gazeta va jurnallarni ko‗rish, ularga obuna bo‗lish imkonini beruvchi dastur).
Apple iOS operatsion sistemasi uchun ilovalar dasturlar Xcode muhitida yaratiladi. Bunday
dasturlar esa dasturlash tillaridan - Objectiv C da yoziladi.
Apple kompaniyasi o‗zining ishlab chiqaruvchilar tarmog‗ida
yangi hisobotni chop etdi, unga
ko‗ra shu yilning 18-aprel holatiga binoan barcha iOS-qurilmalarning 84 foizi eng so‗nggi iOS
9 operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlamoqda. Fevral oyida bu ko‗rsatkich 77 foiznigina
tashkil etgan. Shuni ta‘kidlash joizki, foydalanuvchilar iOS 9 ni o‗tgan yili iOS 8 ga qaraganda
tezroq o‗rnatishgan. Shunday bo‗lsa-da, iPhone, iPad va iPod touch egalari iOS 7 ga to‗qqizga
nisbatan faolroq o‗tishgan.