• Tayanch iboralar
  • Android, iOS, Windows Phone, BlackBerry OS, CyanogenMod, Cyanogen OS, Fire OS, Flyme OS, Firefox OS
  • Windows Mobile, Palm OS, webOS, Maemo, MeeGo, LiMo.
  • 2-ma’ruza. Mobil operatsion sistemalar




    Download 457,9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana20.02.2024
    Hajmi457,9 Kb.
    #159180
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-Maruza



    2-MA’RUZA. MOBIL OPERATSION SISTEMALAR 
    Reja: 
    1. Mobil operatsion sistemalar haqida. 
    2. Android OS haqida. 
    3. Apple iOS OS haqida. 
    4. Windows Mobile OS haqida. 
    Tayanch iboralar: mobil operatsion sistema, Android OS, Apple iOS, Windows Mobile, Google 
    Street View, i‘mWatch, iTunes. 
    Mobil qurilmalar uchun mobil operatsion sistemalar ishlatiladi. Mobil operatsion sistemalar–bu 
    mobil qurilmalar (smartfonlar, tabletlar, PDA va boshqa mobil qurilmalar)ni boshqarish uchun 
    mo‗ljal- langan sistemalar hisoblanadi. Mobil operatsion sistemalar ikkita asosiy platforma, ya‘ni 
    ―user-facing‖ dasturiy ta‘minot platformasi va qurilmalarni boshqarish uchun mo‗ljallangan quyi 
    sathdagi ―real-time‖ operatsion sistemaidan iborat bo‗ladi. 
    Mobil operatsion sistemalar personal kompyuterlarning operatsion sistemalari funksiyalarini 
    o‗zida uyg‗unlashtirib (biriktirib), mobil va cho‗ntak qurilmalar uchun: sensorli ekran, sotali aloqa, 
    Bluetooth, Wi-Fi, GPS-navigatsiya, kamera, videokamera, nutqni tanishi, diktafon, musiqali pleer 
    va infraqizil masofali boshqarishni amalga oshiradi. 
    Mobil qurilmalar uchun zamonaviy operatsion sistemalar quyidagilardir: Android, iOS, 
    Windows Phone, BlackBerry OS, CyanogenMod, Cyanogen OS, Fire OS, Flyme OS, Firefox 
    OS, Sailfish OS, Tizen, Ubuntu Touch. 
    Bugungi kunda ishlatilmayotgan va eskirgan operatsion sistemalar quyidagilardir: Symbian, 
    Windows Mobile, Palm OS, webOS, Maemo, MeeGo, LiMo. 
    So‗nggi bir necha yillardan beri, mobil divayslar sanoati shunchalik ulkanlashib kettiki, Internet- 
    dan umumiy foydalanish va faollik bo‗yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. 
    Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma‘lumotlar tarmog‗i bo‗yicha muntazam aloqa 
    tezligi sababidandir. 
    Xuddi kompyuterlar o‗tmishidagi singari, mobil operatsion sistemalari ishlab chiqaruvchilari 
    orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgor operatsion sistemalar 
    ro‗yxati- dan Android, iOS va Windows Phonelar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. 
    Keling bugungi kunda eng ko‗p tarqalgan va ommalashib borayotgan operatsion sistemalar bilan 
    tanishib chiqaylik. 

    Download 457,9 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 457,9 Kb.
    Pdf ko'rish