2. ma’ruza: Muhandislik grafikasi. Dizayn hujjatlari. Standartlar




Download 378,92 Kb.
bet4/5
Sana13.05.2024
Hajmi378,92 Kb.
#229701
1   2   3   4   5
Bog'liq
Drawing geometry and engineering graphics week 2 Engineering graphics (1)

Chizma chiziqlari
Chizma chiziqlari standartlari ko‘rsatmalarga binoan turli yo‘g‘onlik va rasmga ega bo‘lgan chiziqlardan foydalanib bajarilanadi. Chizma chiziqlarining nomi, ko‘rinishi, ularning asosiy tutash chizig‘iga nisbatan yo‘g‘onliklari va vazifalari haqidagi ma’lumot 4-jadvalda keltirilgan.
Asosiy tutash chiziqning yo‘g‘onligi chizmaning kattaligi yoki murakkabligiga qarab 0,5 mm dan 1,4 mm gacha qalinlikda tanlab olinishi mumkin. Talabalarga A3 formatda bajarayotgan topshiriqlarida asosiy tutash chiziqning qalinligini 1 mm qilib olish tavsiya etiladi.


2.4-jadval

T/r



Chiziqlar nomi

Chizilish



Chiziqlar- ning asosiy tutash chiziqqa nisbatan yo‘g‘onlik-lari

Asosiy tasvirlashda
ishlatiladi

1.

Asosiy tutash chiziqlar



s
s=0,51,4mm

Ko‘rinar kontur, o‘tish kesim (chiqarilgan) va qirqim tarkibiga kiruvchi chiziqlar

2.

Ingichka tutash chiziq







Ustiga chizilgan kesim konturi, o‘lcham va chiqarish chiziqlari hamda shtrixovka chiziqlarni. Chiqarish chiziqlari, tochkalari va yozuv osti chiziqlari, chegaralovchi tasvir chiziqlarni. Ko‘rinish,qirqim vakesimlarda bog‘lovchi chiziqlari.Sirtlardagi ravon o‘tish chiziqlari

3.

Tutash to‘lqinsimonchiziq







Ko‘rinish va qirqimning uzish va chegara chiziqlari

4.

Shtrix chiziq





Ko‘rinmas kontur va o‘tish chiziqlari.

5.

Ingichka shtrix-punktir chiziq







Markaz va o‘q chiziqlarini.

6.

Yo‘g‘on shtrix-punktir chiziq







Issiq ishlov yoki qoplashni talab qiluvchi sirtlarni belgilash chiziqlarini. Kesuvchi tekislikdan oldinda joylashgan-yotgan elementlarni tasvirlovchi chiziqlarini.

7.

Uziq chiziq





Kesim chizig‘ini – kesuvchi tekislik izini

8.

Ingichka tutash siniq chiziq





Uzun chiziq-larning uzilishi

9.

Ikki nuqtali shtrix-punktir ingichka chiziq









Yoyilmalarda bukilish chiziqlarini. Buyum qismlarining chetki va oraliq holatla-rini tasvirlash chiziqlarini. Ko‘rinishga joylashtiril- gan yoyilmani tasvirlash chiziqlarini

Asosiy tutash chiziq (2.2-rasm,1) buyumning ko‘rinar konturini, sirtlarning ko‘rinar kesishuv chiziqlarini, chetga chiqarilgan kesimning rasmini, qirqim tarkibiga kiruvchi ko‘rinar chiziqlarni tasvirlashda ishlatiladi.


Ingichka tutash chiziq chiqarish va o‘lcham chiziqlarini, shtrixlash chiziqlarini, chetga chiqarish va tokcha chiziqlarini (2.2-rasm, 2), OX, OY, OZ - proeksiya o‘qlarini, yondosh detallarni tasvirlovchi chiziqlarni, tasavvur qilinayotgan o‘tish chiziqlarini, tekisliklarning izlari va maxsus yasashlarda xarakterli nuqtalarni topish yo‘llarini ko‘rsatuvchi chiziqlarni chizishda ishlatiladi. Shtrix chiziq ko‘rinmaydigan kontur va o‘tish chiziqlarini tasvirlashda ishlatiladi (3.2-rasm, 3).
Shtrixpunktir chiziq o‘q va markaz chiziqlarini, chetga chiqarib yoki bevosita ko‘rinishda bajarilgan kesimlarning simmetriya o‘qlarini tasvirlashda ishlatiladi (2.2-rasm, 4). Tutash to‘lqin chiziq ko‘rinish va qirqimlarda kesilish, chegaralash chiziqlarini tasvirlashda ishlatiladi (2.2-rasm, 5). Yo‘g‘on uzuq chiziq kesuvchi tekislikning holatini belgilash uchun ishlatiladi (2.2-rasm. 6)
Ingichka tutash siniq chiziq uzun o‘yiq chiziqlarni tasvirlashda ishlatiladi (2.2-rasm, 7). Yo‘g‘on to‘lqin shtrixpunktir chiziq buyum yuzalarining termik ishlov beriladigan yoki qoplanadigan joylarini belgilashda (2.2-rasm, 8) va kesuvchi tekislik oldida joylashgan elementlarni tasvirlashda ishlatiladi.
Ingichka ikki nuqtali shtrixpunktir chiziq yoyilmalardagi bukilish (2.2-rasm, 9) va ko‘rinish bilan ustma-ust joylashgan yoyish chiziqlarini tasvirlashda ishlatiladi.






Download 378,92 Kb.
1   2   3   4   5




Download 378,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. ma’ruza: Muhandislik grafikasi. Dizayn hujjatlari. Standartlar

Download 378,92 Kb.