• O’choqsimon suv bostirish
  • Maydoniy suv bostirish
  • Qatlamga сhiziqli suv bostirish sxemasi.
  • Uyumni chegara iсhra suv bostirib ishlatish sxemasi




    Download 0,68 Mb.
    bet5/12
    Sana02.12.2023
    Hajmi0,68 Mb.
    #109551
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    7 Нефть ва газ конларини ишлатиш системалари ва уларни татбик этиш шароитлари (2-маъруза)

    Uyumni chegara iсhra suv bostirib ishlatish sxemasi. a – gumbaz bo’ylab (yoki o’q bo’ylab) suv haydash; b – markaziy suv bostirish 1 – uyumning yuqori chegarasi; 2 – neftlilik chegarasi; 3 – haydash quduqlari; 4 – ishlatish quduqlari
    Markazdan suv bostirish – neft uyumining eng yuqori – gumbaz qismiga suv bostirish. Bu metod dastlab Apsheron yarimorolidagi ayrim konlarda chegara tashqarisi zonasidagi jinslarning kollektorlik xususiyati past va neft qovushqoqligi yuqori bo’lganda qo’llanilgan. Haydalgan suv Binagada maydonining ayrim uchastkalarida tutash front bo’ylab 30 m/oy tezlikda harakatlangan. Ta’sir samarasi yaxshi bo’lib, bir qator ishlatish quduqlaridan qo’shimcha neft olingan.
    O’choqsimon suv bostirish – asosiy (chegara ichi yoki chegara tashqarisiga) suv bostirish usullarini jonlantirish uchun qo’llanilib, burg’ilangan suyuqlik chiqaruvchi quduqlarga suv haydash orqali uyumni ishlatishda uning kuchsiz qatnashayotgan qismini ishga solib yuborishga yo’naltiriladi. Bu metoddan ayrim linzalardagi neft zaxiralarini chiqarib olishda ham foydalaniladi. SHuningdek, quduqlarni o’choqsimon ko’rinishda joylashtirish metodi qatlamlar uzilib-uzilib yotganda yoki o’tkazuvchanligiga ko’ra har xil tarkibli bo’lganda va uyumning ayrim qismlari haydalgan suv ta’sirida neft siqib chiqarish jarayoni bilan qamrab olinmaganda qo’llaniladi.
    Maydoniy suv bostirish – o’tkazuvchanligi yomon, lekin nisbatan bir tarkibli qatlamlarda neft kamayganda maydon bo’ylab suv bostirish yo’li bilan neft olish metodi. Bunda haydash va ishlatish quduqlari maydon bo’ylab bir xil joylashtiriladi. Odatda bu sistemada quduqlar chiziqli (10.9-rasm), yohud besh nuqtali, etti nuqtali va b. ko’rinishda joylashtiriladi (10.10-rasm).
    Qatlamga сhiziqli suv bostirish sxemasi. 1 – ishlatish quduqlari; 2 – haydash quduqlari; 3 – haydash quduqlari sifatida ishlatilayotgan ishlatish quduqlari
    Qatlamga may-doniy suv bostirish sxemasi. a – besh nuqtali; b – yetti nuqtali. Shartli belgilar 10.9 rasm-dagidek
    Tanlab suv bostirish – maydoniy va o’choqsimon suv bostirishning bir turi bo’lib, bu metod mahsuldor qatlamning qalinligi keskin o’zgaruvchan va neft uyumlaridagi kollektorlarning tarkibi har xil bo’lganda qo’llaniladi. Bunday hollarda uyum bir maromda joylashgan uchburchak yoki kvadrat to’r bo’yicha kavlangan quduqlar bilan ochiladi va hamma quduqlar ishga tushiriladi. So’ngra quduqlarni tajribaviy ishlatish va ularning geologik kesimlarini taqqoslash asosida burg’ilangan quduqlar orasidan suv haydashga yaroqli qatlamlar tanlab olinadi. Ushbu haydash quduqlarining geologik kesimida o’tkazuvchan jinslarning qalinligi katta, o’tkazuvchanligi yuqori va qo’shni quduqlar bilan aloqasi yaxshi bo’lishi va suv bostirilganda uyumning katta maydoni qamrab olinishi lozim.
    Uyumni tanlab suv bostirish sistemasi Tataristondagi quyi karbon davri yotqiziqlaridagi yuqori qovushqoqlikka (18-20 mPa·s) ega bo’lgan neft konlarida muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda.
    G’ovakli tipdagi, karbonat kollektorli neft qatlamlari o’zining gidrodinamik tavsifiga ko’ra terrigen kollektorli qatlamlarga juda yaqin turadi, shu sababli bunday qatlamlarga suv bostirish sistemasi umuman olganda qumli kollektorlar uchun yuqorida qayd qilingan sistemalardan farq qilmaydi.
    Karbonat kollektorlardagi neft uyumlari o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularda suv bosimli sistema bilan uyum oralig’idagi gidrodinamik bog’liqlik juda qiyin kechadi, shu sababli karbonat kollektorlardagi uyumlarning chegara tashqarisiga suv bostirib ishlatish samara bermaydi. Bunday uyumlarni ishlatishda chegara ichra suv bostirish usuli qo’llaniladi. Mahsuldor karbonat qatlamlarning suyuqlikni singdiruvchanlik ko’rsatkichi past, kollektor har xil tarkibli jinslardan tuzilgan va qatchalar uzuq-uzuq shaklda bo’lganligi sababli uyumga chegara ichra suv bostirish sistemasini qo’llash samarali hisoblanadi.

    Download 0,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uyumni chegara iсhra suv bostirib ishlatish sxemasi

    Download 0,68 Mb.