Neft ob’ektlarini ishlashda suv bostirish metodlari




Download 0,68 Mb.
bet2/12
Sana02.12.2023
Hajmi0,68 Mb.
#109551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7 Нефть ва газ конларини ишлатиш системалари ва уларни татбик этиш шароитлари (2-маъруза)

Neft ob’ektlarini ishlashda suv bostirish metodlari
Tabiiy suv bostirish. Uyumni ishlatishning bunday usuli qatlamning to’liq hajmi bo’yicha uyumni energiya bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lgan kuchli tabiiy suv bosimli sistema mavjud bo’lganda samara beradi. Bunday hollarda qatlamning kollektorlik xususiyatlari (ayniqsa o’tkazuvchanligi) yuqori bo’lishi, o’zi yaxlit, suyuqlik o’tkazmaydigan qatchalar bilan bo’linmagan bo’lishi kerak. Tabiiy suv bostirishning samaradorligi asosan neftning qovushqoqligiga bog’liq. Agar qatlam sharoitidagi neft qovushqoqligi 30-40 mPa·s atrofida bo’lsa, suv bostirish yaxshi natijalar bermaydi. Chunki qatlamda suv neftni turg’un front bo’ylab siqib chiqara olmaydi; o’z navbatida haydalgan suv qatlamning o’tkazuvchan qatchalari orqali siljib, uyumning asosiy hajmi esa ishlatilmay qoladi. Neft va suv qovushqoqligi nisbati μ0=5÷6,( μn/ μs= μo), neftning harakatchanligi (kx/μ) 0,2·10-12 μ2/mPa·s dan kam bo’lmasligi lozim. Bunday hollarda tabiiy neft bera olishlik koeffitsientining eng yuqori qiymatiga erishiladi – 0,6-0,7 gacha, ba’zan 0,8 (Rossiya Federatsiyasining Oktyabr konida XVI qatlam va b.). Uyumni ishlatish chog’ida ishlatish quduqlari qatori neftlilik chegarasiga parallel joylashtiriladi, bunda birinchi to’rt qatorning tashqi tomonidagi ishlatish quduqlari samarali ishlaydi. Agar uyum o’lchami katta bo’lib, burmaning har bir qanotiga to’rt qatordan ko’p ishlatish quduqlarini loyihalash imkonini bersa ham, barcha quduqlar baravar ishlagandagi samaradorlik neftlilik chegarasidan eng uzoqda joylashgan qatorlarda kam bo’ladi, samaradorlikni oshirish uchun esa qatlamga qo’shimcha energiya kiritish kerak bo’ladi. Bunday holat to’rtinchi qatordagi quduqlar chekka suvlarning tabiiy bosimini to’sib qo’yishi natijasida yuzaga keladi.
Chegara tashqarisiga suv bostirish. Suv bostirish usullarining bir turi bo’lib, haydash quduqlari mahsuldor qatlamning tashqi neftlilik chegarasidan ma’lum masofada joylashtiriladi. Bunday suv bostirish usuli nisbatan bir xil geologik tuzilishdagi, kengligi kichik, neftining qovushqoqligi past va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan qatlamlardagi uyumlar uchun alohida yoki yirik uyumlarni ishlatishda chegara ichra suv bostirish usuli bilan birga qo’llaniladi. Uyumni ishlatishning bu sistemasi dastlab 1948 yilda Rossiya Federatsiyasining Tuymazin konida devon davri (D1 va D2) qatlamlarini sanoat miqyosida ishlatishda qo’llanilgan. Keyinchalik chegara tashqarisiga suv bostirish sistemasi Zolniy, Ovrag, Bavlina, Shkapova va b. konlarda ham joriy etildi. Uyumni ishlatishning bu usuli bilan tabiiy suv bostirish usuli orasida umumiylik mavjud bo’lib, ikkinchi usul birinchisidan faqat qatlamning suvli qismida neftlilik chegarasi bo’ylab qazilgan maxsus haydash quduqlari mavjudligi bilan farqlanadi (rasm). Hozir neft uyumini ishlatishda chegara tashqarisiga suv bostirish amaliyotda keng qo’llaniladi. Bunda haydash va ishlatish quduqlari neftlilik chegarasi bo’ylab halqasimon qatorlar ko’rinishida joylashtiriladi. Uyumni ishlatishning bunday sistemasi platformada joylashgan yassi strukturalardagi maydoni kichik uyumlarni ishlatishda samarali hisoblanadi. Chegara tashqarisiga suv bostirish yo’li bilan uyumni ishlatish sistemasini chegara tashqarisidagi maydonning neft olish zonasi bilan gidrodinamik bog’liqligi yaxshi bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiq.

Download 0,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft ob’ektlarini ishlashda suv bostirish metodlari

Download 0,68 Mb.