• Tayanch iboralar
  • 2-ma’ruza. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ulardan texnik tizimlarda foydalanish. (Cad / cae / cam-tizimlari) Mashinasozlik sohasida alt. Altda qo’laniladigan modellar va parametrlarini tasnifi




    Download 151.93 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana27.02.2024
    Hajmi151.93 Kb.
    #163050
    Bog'liq
    2-ma’ruza. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va
    Sirt taranglik - Vikipediya, Birikma ulamalardagi tirqishlar, Kiberxavfsizlik yuzasidan xalqaro xujjatlar va chet el mamlakatlari tajribasi.., Meva va sabzavotlarni MGM usulida saqlash, Meva va sabzavotlarni MGM usulida saqlash, krassvord, Torf va ko’mir konlari, Neft va gaz uyumlarini ōrganish usullari, Chuchuk yer osti suvlari mustaqil ishi, CAD- CAM- va CAE- tizimlari bilan ishlash., Gruntlarning mexanik xossalari.docx22, Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to\'G\'risidagi qonun ban-fayllar.org, Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to\'G\'risidagi qonun ban-fayllar.org, Axborot texnologiyalar fanining taraqqiyot darajasi, Axborot texnologiyalar fanining taraqqiyot darajasi


     
    2-ma’ruza. 
    Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ulardan texnik tizimlarda 
    foydalanish. (CAD / CAE / CAM-tizimlari) Mashinasozlik sohasida ALT. ALTda 
    qo’laniladigan modellar va parametrlarini tasnifi. 
     
     

    Reja: 
    1. Loyihalshning avtomatlashtirilgan tizimi va uning vazifalari. 
    2. Loyixalashni avtomatlashtirish jarayonining asosiy bosqichlari. 
    3. Loyihalshning avtomatlashtirilgan tizimi. Ularning turlari va modellari.

    Tayanch iboralar:Loyixalash, texnik obyektlar, murakkab obyektlar, CAD System, 
    ALT , DesPM, CASE, CAE, CAM, SAPR, MCAD, CALS 
    Loyihalshning avtomatlashtirilgan tizimi va uning vazifalari. 
    Texnik ob’yektlarni loyihalash – hali mavjud bo’lmagan ob’yekt obrazini yaratish, 
    o’zgartirish va taqdim etish jarayonidir. Ob’yekt yoki uni tashkil qilgan qismlar obrazi inson 
    hayolida ijodkorlik natijasida yaratilishi yoki kompyuter va insonning o’zaro aloqasi jarayonida
    ba’zi-bir algoritmlarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin. Nima bo’lishdan qat’iy nazar 
    muhandislik loyihalash jamoatning ba’zi bir texnik ob’yektlarga bo’lgan extiyogi borligi tufayli 
    boshlanadi. Texnik ob’yektlar qurulish ob’yektlari, ishlab chiqarish mahsulotlari yoki jatayonlar 
    bo’lishi mumkin. Barcha loyihalash jarayonini yoki uning bir qismini yechish inson va 
    kompyuterning o’zaro aloqasi orqali amalga oshiriladigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb 
    ataladi. Avtomatlashtirilgan loyihalashni amalgam oshiradigan tizim avtomatlashtirilgan 
    loyihalash tizimini tashkil qiladi. (ingliz tilidan olinganda CAD System — Computer Aided 
    Design System). 
    Murakkab ob’yektlarni loyihalash bir qator nazariya va yondashuvlarda ifodalangan g’oya va 
    prinsiplarni qo’llashga asoslangandir. Murakkab tizimlarni loyuhalshning turli usullarini o’zida 
    qamragan g’oyalardan tashkil topgan tizimli yondashuv har tomonlama umumiy yondashuv 
    hisoblanadi. Tizimli yondashuvning asosiy umumiy prinsipi murakkab tizimlarni ularning o’zaro 
    aloqasini hisobga olgan holda qabul qilishdan iborat. Tizimli yondashuv tizim tuzilishini yaratish, 
    aloqalarni turlarga bo’lish, atributlarni aniqlash, tashqi muhit ta’sirini tahlil qilish kabi jarayinlarni 
    qamrab olgan.
    Loyixalashni avtomatlashtirish jarayonining asosiy bosqichlari. 
    Loyihalash bosqichlari- vaqt o’tishi bilan rivojlanib boradigan jarayon kabi loyihalashning katta 
    bo’lagidir. Umumiy holda bosqichlar ilmiy-tadqiqot ishlari, loyiha eskizi yoki tajriba-konstruktorli 
    ishlari, texnik, ishchi loyiha, tajriba namunalarini sinab ko’rish kabi bosqichlarga bo’linadi. Ilmiy-
    tadqiqot ishlari bosqichi ayrim holda loyiha oldi tadqiqoti yoki texnik takliflar bosqichi deb ham 
    ataladi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish jarayonida loyihani ishlab chiqishdagi aniqlik va 
    puxtalik darajalari o’sib boradi, va ishchi loyiha tajriba namunalarini tayyorlash uchun yetarli 
    darajaga keltiriladi.
    Har qanday murakkab tizim kabi ALT(avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari) ham tizimostidan 
    tashkil topadi(1-rasm).Loyihalash va xizmat ko’rsatish tizimosti mavjud. Loyihalash tizimostlari 
    bevosita loyihalash proseduralarini bajaradi. Loyihalash tizimostiga misol qilib mexanik 
    obyektlarni geometrik uch o’chovli modellashtirish, konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash, 
    sxemotexnik tahlil qilish tizim ostilari kiradi. . 
    Xizmat ko’rsatuvchi tizimostilar loyihalanayotgan tizim ostini ishlashini tashkillashtiradi, ularning 
    birlashmasi ko’pincha ALTning tizim muhiti(yoki qobiq) deb ataladi. Xizmat ko’rsatuvchi 
    tizimostlari bo’lib loyiha kattaliklarini boshqarish(PDM — Product Data Management), 


    loyihalash jarayonini bosqarish(DesPM — Design Process Management), kompyuter bilan 
    mutaxassis o’rtasida aloqa o’rnatadigan foydalanuvchi interfeysi, ALTning dasturiy ta’minotini 
    ishlab chiquvchi -CASE (Computer Aided Software Engineering) ALTda qo’llaniladigan 
    foydalanuvchi texnologiyasini o’rganuvchi o’quv tizimostlari xizmat qiladi.
    Loyihalshning avtomatlashtirilgan tizimi. Ularning turlari va modellari. 
    САPR klassifikasiyasi ilovalari, maqsadi, ko’lami, ALT yadrosi baza tizimostining xarakteri kabi 
    bir qator belgilari orqali amalga oshiriladi. Quyida ilovalari bo’yicha ko’proq ishonchli va keng 
    qo’llaniluvchi ALT guruhlari keltirilgan: 
    1. Mashinasozlik sohasida qo’llaniladigan ALT. Uni ko’pincha ALT mashinasozlik bo’yicha yoki
    MCAD (Mechanical CAD) tizimi deb ataladi.
    2. Radioelektron 
    ika uchun ALT. Uning nomlari — ECAD (Electronic CAD) yoki EDA 
    (Electronic Design Automation) tizimlar. 
    3. Arxitektura va qurulish sohalaridagi ALT. 
    Belgilangan maqsad bo’yicha loyihalashni turli jihatlarini ta’minlovchi ALT yoki ALT 
    tizimostlari ajratiladi. Shunday qilib MCAD tarkibida CAE/CAD/CAM tizimlar paydo bo’ladi: 
    1) Funksional loyihalovchi ALT, boshqacha aytganda ALT-F yoki САЕ (Computer Aided 
    Engineering) tizimlari; 
    2) Umumiy mashinasozlikning konstruktorlik SAR — ALT-К, u ko’pincha СAD-tizim deb 
    ataladi; 
    3) Umumiy mashinasozlikning texnologik САПРi — САПР, boshqacha qilib aytganda ishlab 
    chiqarishni texnologik tayyorlashni avtomatlashtirilgan tizimlari yoki САМ (Computer Aided 
    Manufacturing) tizimlari. 
    Qo’llanilish ko’lami bo’yicha ALTning alohida dasturiy-uslubiy komplekslari mavjud. Masalan, 
    so’nggi elementlar usuli bilan mos ravishda mexanik buyumlarning chidamlilik tahlili kompleksi 
    yoki elektron sxemalar tahlili kompleksi, dasturiy(software) va texnik(hardware) ta’minotning 
    noyob arxitektura tizimlari kompleksi. 
    Baza tizimosti xarakteri bo’yicha ALTning quyidagi ko’rinishlari mavjud: 
    1. Mashina grafikasi va geometrik modellashtirish подсистемыsi bazasidagi ALT. Bu ALT 
    konstruktorlash loyihalashning asosiy prosedurasi hisoblangan ilovalarga yo’naltirilgandir. 
    Konstruktorlash jarayoni bu fazoviy forma va ob’tektlarni o’zaro joylanishini aniqlashdir. Shuning 
    uchun bu guruhga mashinasozlik sohasidagi ALTning ko’pgina grafik yadrolari kiradi.
    2. MMBT bazasidagi ALT. Ular qiyin bo’lmagan matamatik hisoblashlar orqali ko’p miqdordagi 
    kattaliklarni qayta ishlovchi ilovalarga mo’ljallangan. Bunday ALT iqtisodiy-texnik ilovalarda 
    ko’proq uchraydi. Masalan, biznes –rejalarni loyihalashda. Umuman bular mustaqil ishlatiluvchi 
    dasturi-uslibiy komplekslardir. Bularga masalan, ishlab chiqarish jarayonini imitasion 
    modellashtirish, oxirgi elementlar usuli bilan chidamlilikni hisoblash, avtomatlashtirilgan 
    bosgqaruv tizimini sintez va analiz qilish komplekslari kiradi. Ko’pincha bunday ALT CAE 


    tizimiga kiradi. Unga VHDL bazasida yaratilgan mantiqiy loyihalash dasturlari, MathCAD 
    matematik paketi misol bo’ladi.
    3. Kompleks (integrallashgan) ALT-avvalgi turdagi подсистемlarni birlashmasidan tashki topgan. 
    Kompleks ALTga mashibasozlikdagi CAE/CAD/CAM-tizimlari yoki ALT BIS kiradi. ALT BIS 
    MBBT va prinsipial, mantiqiy va funksional sxemalar, kristallar topologiyasi, mahsulotni 
    yaroqliligini tekshirish testlari komponentalarini loyihalash tizimostlaridan tashkil topgan. 
    Bunday murakkab tisimlarni boshqarish uchun ixtisoslashtirilgan tizimli muhitlar ishlatiladi.
    CAE/CAD/CAM-tizimlarning vazifalari, xarakteristikasi va unga misollar 
    Mashinasozlikda CAD-tizim vazufasi ikki o’lchamli(2D) va uch o’lchamli(3D) loyihalashdan 
    iborat. 2D loyihalashga chizmachilik, konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirish, 3D loyihalashga 
    uch o’lchamli modellarni olish, metrik hisoblashlar, real vizuallashtirish, 2D va 3D modellarini 
    o’zaro o’zgartirish funksiyalari kiradi. 
    CAD-tizimlari “engil” va “ogir” tizimlarga bo’linadi. Engil tizimlar 2D grafikaga yo’naltirilgan 
    bo’lib, arzon va hisoblash resurslariga nisbatan talab kamroq. Ogir tizimlar 3D geometrik 
    modellashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, yniversal, qimmat hisoblanadi. Ularda chizma hujjatlarni 
    rasmiylashtirish uch o’lchamli geometrik modellarni qayta ishlash orqali amalga oshiriladi.
    САМ-tizimning asosiy vazifasi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, sonli boshqaruv dasturli 
    texnologik qurilmalar uchun boshqaruvchi dasturlar sintezi, qayta ishlash jarayonlarini 
    modellashtirish, shu bilan birga asbobni nisbiy harakat trayektoriyasi qurish, ishlov berish 
    jarayonini tayyorlash, ishlov vaqti normalarini hisoblashdan iborat 
    САЕ-tizim vazifalari turli-tumandir. Sababi ular tahlil proseduralarini loyihalsh, modellashtirish, 
    loyiha qarorlarini optimallashtirish bilan bog’liqdir. Mashinasozlik CAE tizimi tarkibiga quyidagi 
    proseduralar uchun tuzilgan dasturlar kiradi: 
    • 
    chidamlilik tahlili kabi fizik kattalik maydonlarini modellashtirish; 
    • 
    makro darajada o’tish jarayonlari va holatini hisoblash
    • 
    ommaviy xizmat ko’rsatish modellari asosida murakkab ishlab chiqarish tizimlarini 
    imitasion modellashtirish. 
    ALTni aniq takliflarga bo’lgan ehtiyojini qulay moslashtirish, uni rivojlantirish uchun ALT 
    tarkibida moslashtirish asboblari vositasi bo’lish maqsadga muvofiqdir. Bu vositalar kengaytirish 
    tillarini qo’shgan holda u yoki bu CASE-texnologiyalarida taqdim etilgan. Ayrim ALTlarda 
    original asboblar muhiti ishlatiladi.
    CALS-texnologiyalari tushunchasi. 
    CALS-texnologiya — bu sanoat ishlab chiqarishini kompleks kompyuterlashtirishdir. Uning 
    maqsadi sanoat mahsulotini uning faoliyat davri barcha bosqichlarida o’ziga xos xususiyatlarini 
    standartlashtirish va unifikasiyalshdir. Asosiy o’ziga xos xususiyatlar loyiha, texnologik, ishlab 
    chiqarish, marketing, ekspluatasiya hujjatlarida taqdim etilgan. CALS-tizimlarda kompyuter 
    muhitida ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish ko’zda tutilgan. Avtomatlashtirishning 
    mos tizimlari avtomatlashtirilgan mantiqiy tizimlar yoki CALS(Computer Aided Logistic 
    Systems) deb nomlangan. Sababi mantiqiy deganda odatda zahiralarni boshqarish va ta’minlashga 
    qaratilgan masalalar tushuniladi, CALS vazifalari esa kengroq bo’lib, sanoat mahsulotlari faoliyat 
    davrining barcha bosqichlari bilan bog’liqdir. Bularni e’tiborga olgan holda CALS ni quyidagicha 
    shifrdan chiqarish mumkin CALS — Computer Acquisition and LifeCycle Support. 
    CALSni qo’llash loyihalash ishi ko’lamini qisqartirish imkonini beradi. Sababi oldindan 
    loyihalangan jixozlar qismlari, mashinalar va tizimlar tarkibining tavsiflari CALS texnologiyasi 
    foydalanuvchilariga kirish mumkin bo’lgan tarmoq serverlarining ma’lumotlar bazalarida 
    saqlanadi. Turli tizim va sohalardagi mahsulotlarning yaroqliligi va integrasiyasi yechimi, 
    ekspluatasiya sharoitlarini o’zgarishiga moslashuvi, loyihalash tashkilotlarini ixtisoslashtirish va 
    boshqa shu kabi muammolar ancha yengillashadi. Murakkab texnik mahsulotlarning bozordagi 
    yutug’ini CALS texnolosiyasiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
    Sanoatda loyihalsh va boshqarish uchun ochiq taqsimlangan avtomatlashtirilgan tizimni qurish 
    zamonaviy CALS-texnologiyasining asosini tashkil qiladi. Ularni qurishdagi asosiy muammo 


    global mashtabga ega bo’lgan umumiy tizimda joy va vaqtdan qat’iy nazar kattaliklar 
    interpretasiyasini va ularni bir hilda tavsiflashni ta’minlashdir. Loyiha, texnologik va 
    ekspluatasion hujjatlar tuzilmasi hamda uni tasvirlash tillari standartlashgan bo’lishi kerak. U 
    holda turli CAE/CAD/CAM tizimlarni ishlatadigan, vaqt va fazoda bo’lingan turli kollektivlarning 
    umumiy loyihasi ustida olib borilayotgan ishning muvoffaqiyatli bo’lishi muqarrardir. Bitta 
    konstruktorlik hujjati turli loyuhalarda ko’p marotaba ishlatilishi mumkin. Texnologik hujjat esa 
    turli ishlab chiqarish talablariga moslashgan. Bu esa loyihalash va ishlab chiqarish umumiy davrini 
    qisqartirish va arzonlashtirishga olib keladi. Bundan tashqari tizim ekspluatasiyasi soddalashadi. 
    Sinov savollari: 
    Loyihalashni avtomatlashtirilgan tizimi nima? 
    Loyihalashning qanday bosqichlarini bilasiz? 
    ALT turlari va modellari? 
    Ilmiy ishlarni avtomatlashtirishning qandau vositalarini bilasiz? 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    Kadirov M.M. Axborot texnologiyalari. Oʻquv qoʻllanma, 1-qism. –T.: “Fan va 
    texnologiya”, 2018. -316 b. 
    M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M.Mamarajabov. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma.- T.: “Noshir”, 2009. 

    Download 151.93 Kb.




    Download 151.93 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-ma’ruza. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ulardan texnik tizimlarda foydalanish. (Cad / cae / cam-tizimlari) Mashinasozlik sohasida alt. Altda qo’laniladigan modellar va parametrlarini tasnifi

    Download 151.93 Kb.
    Pdf ko'rish