|
2-Mavzu. Axborotlarni stenografik himoyalash
|
bet | 1/5 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 12,76 Kb. | | #152076 |
Bog'liq 2-Mavzu. Axborotlarni stenografik himoyalash-fayllar.org
2-Mavzu. Axborotlarni stenografik himoyalash
2-Mavzu. Axborotlarni stenografik himoyalash
“Tanlov fanlari(Axborot xavfsizligi)”
modulI bO’yicha
Ma’ruzachi: Namangan viloyat XTXQTMOHM Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Abdulxamid Jumaboyev
REJA
Zamonaviy kompyuter stenografiyasi;
Konfidentsial axborotlarni ruxsatsiz kirishdan hamoyalash.
Stenografik dasturlar to’grisida kisqacha maьlumot
Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar.
Simmetriyali kriptotizim asoslari.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:
Tinglovchilarga axborot xavfizligining asosiy qismlaridan bo’lgan zamonaviy kompyuter steganografiyasi,
konfidentsial axborotlarni ruxsatsiz kirishdan hamoyalash, stenografik dasturlar to’grisida kisqacha maьlumot,
kriptografiya haqida asosiy tushunchalar,
simmetriyali kriptotizim asoslari haqida ma’lumot berish.
Tayanch iboralar: steganografik usullar, suv himoya belgisi, inverslash, ma’lumotni qurish, kriptografik himoyalash, ochiq kalit, maxfiy kalit.
Zamonaviy kompyuter steganografiyasi
Ruxsat etilmagan kirishdan axborotni ishonchli himoyalash muammosi eng ilgaritdan mavjud va hozirgi vaqtgacha hal qilinmagan.
Maxfiy xabarlarni yashirish usullari qadimdan ma’lum, inson faoliyatining bu sohasi steganografiya degan nom olgan.
Bu so’z grekcha Steganos (maxfiy, sir) va Graphy (yozuv) so’zlaridan kelib chiqqan va «sirli yozuv» degan ma’noni bildiradi. Stenografiya usullari, ehtimol, yozuv paydo bo’lishidan oldin paydo bo’lgan (dastlab shartli belgi va belgilashlar qullanilgan) bo’lishi mumkin.
Zamonaviy kompyuter steganografiyasi
Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo’llaniladi.
Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo’yicha o’tkazish jarayoniga aytiladi.
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni maxsus algoritm bo’yicha o’zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo’li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga tusiq quyish usuliga aytiladi.
|
| |